Morfonologiya haqida umumiy ma’lumot


Oʻzak morfemalarning fonologik strukturasi


Download 0.72 Mb.
bet2/4
Sana09.01.2022
Hajmi0.72 Mb.
#267312
1   2   3   4
Bog'liq
Morfonologiya

Oʻzak morfemalarning fonologik strukturasi

Oʻzbek tilidagi eng qadimiy oʻzak morfemalarning strukturasi monovokalizmga ega boʻlgan bir boʻgʻinli soʻz tuzilishiga tengdir. Bular orasida CVC sxemasidagi boʻgʻinlar koʻpchilikni tashkil qiladi. Bu tipdagi boʻgʻindan boshqa boʻgʻinlar hosil boʻlgan: CVC, CVCC, CVCC, CVC, CVC.

Izoh: tushib qoluvchi harflar qavs ichida berilgan. Boʻgʻin strukturasi boʻyicha maxsus tadqiqot ishlari olib borgan S. Rizayevning ta’kidlashicha, hozirgi oʻzbek tilida SV (undoshQunli) sxemali boʻgʻinlar 49% ni, CVC (undosh+unli+undosh) sxemali boʻgʻinlar esa salkam 40% ni tashkil qiladi . Bu hisob oʻzbek tilidagi soʻzlarda keyingi vaqtlarda SV sxemali boʻgʻinlarning miqdori koʻpayganligini koʻrsatadi.

Hozirgi oʻzbek tilida oʻzak morfemalarning fonematik strukturasi quyidagi koʻrinishlarga ega: 1) CV (bu, shu); 2) CVC (tun, bir, kuch); 3) V (u-bir unlidan iborat oʻzak); 4) VC (u, osh, el); 5) VCC (ost, ust, ort); 6) CVCC (qirq, tort, toʻrt); 7) CCVC (shkaf, shlak); 8) CVCCC (tekst, punkt); 9) CCVCC (sport) kabi. Bulardan 7, 8 va 9-sxemalar asosan oʻzlashma soʻzlardagi oʻzak morfemalarga, qolganlari esa oʻz va oʻzlashgan qatlamlarning har ikkalasidagi oʻzak morfemalarga xos.

Affiksal morfemalarning fonologik strukturasi

Morfema va allomorf

Affiks soʻzga (leksemaga) zid qoʻyiladigan (leksik ma’noga ega boʻlmagan), oʻzi qoʻshiladigan asosning lugʻaviy yoki grammatik ma’nolarining shakllanishiga xizmat qiladigan morfema; qoʻshimcha. Mas., ish-chi-lar-imiz-ni. Affiksal morfemalar vazifalariga koʻra ikki asosiy turga boʻlinadi: 1) soʻz yasovchi affikslar; 2) forma (shakl) yasovchi affikslar .

Affikslar oʻzak morfemaning oxiridagi tovush turiga qarab turli oʻzgarishlarga uchraydi, bu hol morfemaning turli allomorflarini keltirib chiqaradi: tomga ("-ga"), chelakka ("-ka"), qishloqqa ("-qa") kabi. Keltirilgan misollardagi "-ga", "-ka" va "-qa" aslida bitta "-ga" affiksining (joʻnalish kelishigi qoʻshimchasining) turli koʻrinishlari -allomorflaridir. Ular bir morfemaning turli morfonologik formalarda namoyon boʻlishini ta’minlaydi.

Affiksal morfemalarning fonematik strukturasi quyidagi sxemalarda boʻlishi mumkin:

1) CVC: -gan (bor-gan), -man (talaba-man), -san (talaba-san), -miz (talaba-miz); 2) CV: -ga (uy-ga), -ma (bor-ma), -sa (kel-sa), -da (uy-da), -di (ket-di); 3) V - monovokalizm (bir unli) tipidagi affikslar: -i (kitob-i), -a (ket-a-qol); 4) S - monokonsonantizm (bur undosh) tipidagi affikslar: -m (ota-m), -ng (ota-ng), -t (ish-la-t), -sh (oʻqi-sh); 5) VCC: -ant (doktor-ant), CCV: -nchi (ikki-nchi); 6) VCVC: -imiz (kitob-imiz); 7) VCCV: -inchi (besh-inchi); 8) CVCV: -gacha (uy-gacha); 9) CVCCV: -guncha (bor-guncha); 10) CVCVC: -digan (oʻqimay-digan), 11) CVCCVC: -moqlik (yasha-moqlik); 12) VCCVC -iston (Oʻzbek-iston). 13) CCVC: -mtir(qora-mtir), 14) CVCVCC: parast (shuhrat-parast) kabi.


Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling