MORFONOLOGIK ALTERNATSIYALAR
Morfonema
Morfonema oʻzak bilan affiksal morfemaning birikuvi natijasida hosil boʻladigan, morfologik ma’no ifodalaydigan, morfonologik alternatsiyalarda qatnashadigan alternant fonemalar guruhidir. U (morfonema) morfologik funksiya bajaradi. Oʻzbek tilida oʻzak morfemaning oʻzida hosil boʻladigan morfonologik alternatsiyalar juda kam: ong - angla (o>a), tara - taroq (a>o), son - sana (o→a), sez - seskanmoq (z>s), toʻs - toʻgʻon (s>gʻ), soʻra - soʻrov (a>o), uzuk - uzugi (k>g) kabi. Bulardagi morfonologik alternatsiyalar kombinator-pozitsion jihatdan shartlangandir, chunki ular yendosh tovushlar, urgʻu, intervokal holat ta’sirida yuz bermoqda, ammo sodiq - sadoqat, raqs - raqqosa kabi arabcha soʻzlardagi morfonologik alternatsiyalar oʻzbek tili xususiyatiga koʻra shartlanmagan hisoblanadi, chunki ular aslida arab tilining oʻzida ichki va tashqi fleksiya mahsuli sifatida yuz bergan boʻlib, oʻzbek tiliga tayyor holda oʻzlashtirilgan .
Do'stlaringiz bilan baham: |