Morfonologiya haqida umumiy ma’lumot


Otlardagi morfonologik alternatsiyalar


Download 0.72 Mb.
bet4/4
Sana09.01.2022
Hajmi0.72 Mb.
#267312
1   2   3   4
Bog'liq
Morfonologiya

Otlardagi morfonologik alternatsiyalar

Oʻzbek tilida otlarning kelishik qoʻshimchalari vositasida turlanishi jarayonida oʻzak bilan qoʻshimcha chegarasida ma’lum fonetik oʻzgarishlar yuz beradi. Masalan, joʻnalish, oʻrin-payt, chiqish kelishiklari affikslari ("-ga", "-da", "-dan" morfemalari) oʻzak oxiridagi jarangsiz undosh ta’sirida (progressiv assimilyasiya natijasida) "-ka", "-qa", "-ta", "-tan" shakllariga oʻtadi: chelakka (-ga>-ka), qatiqqa (-ga>-qa), qopda (-da>-ta), qopdan (-dan>-tan) kabi. Bular "-ga", "-da", "-dan" morfemalarining allomorflari sanaladi. Keltirilgan misollarda (chelakka, qatiqqa soʻz shakllarida) hatto geminatalar (kk, qq qavatlanishi) yuz berganligini ham koʻramiz. Ayrim shevalarda "-ga" morfemasining arxaik shakli ("-gʻa") ham namoyon boʻladi: boygʻa, loygʻa, moygʻa kabi. Bu allomorflar qiyoslansa, ularda fonetik qurshov taqozosi bilan g-k-q-gʻ almashinuvi yuz berganini koʻramiz.



Sifatlardagi morfonologik alternatsiyalar

Fe’l + "-gir" modelida yasalgan sifatlarda "-gir" morfemasining "-kir", "-qir", "-gʻir" allomorflari uchraydi: sezgir-oʻtkir-chopqir-olgʻir. Bularda g-k-q-gʻ alternatsiyasi mavjud.

Fe’l + "-kin" modelida yasalgan sifatlarda "-kin" morfemasining -qin, -gʻin>-gʻun allomorflari uchraydi: keskin-joʻshqin-ozgʻin kabi. Bularda k-q-gʻ undoshlari almashinuvi mavjud. Ozgʻin-turgʻun sifatlaridagi arxaik morfemalarida esa i-u almashinuvi bor. Fe’l + "-k (-ik)" modelida yasalgan sifatlarda -k (-ik) morfemasining quyidagi allomorflari uchraydi: -q (oqsoq), -iq (siniq), -uk (suzuk), -uq (buzuq), -ugʻ (yorugʻ) kabi. Bunda fe’l a tovushi bilan tugagan boʻlsa, a tovushi "o"ga oʻtadi: yaltira-q>yaltiroq, oqsa-q>oqsoq, yumsha-q>yumshoq kabi.

Fe’l yasovchi "-kin" affiksining -kun, -qin, -gʻin, -gʻun allomorflari ham bor: tushkun, joʻshqin, ozgʻin, turgʻun kabi. Bularda k-q-gʻ, i-u almashinuvi mavjud.

Sonlardagi morfologik alternatsiyalar

-ov morfema vositasida yasalgan jamlovchi sonlarda oʻzak oxiridagi "i" unlisi tushib qoladi: ikki-ov>ikkov, olti-ovGʻoltov, yetti-ovGʻettov kabi. Bu hodisa, asosan, beshgacha boʻlgan sonlarda yuz beradi. Oʻzakka -ovlab, -ovlashib, -ovlon qoʻshma affikslari qoʻshilganda ham oʻzakdagi "i" tushib qoladi: ikkovlab, ikkovlashib, ikkovlon; beshovlab, beshovlashib, beshovlon kabi.

Ellik (sanoq son) va elliginchi (tartib son)larda intervokal holatga tushgan "k" undoshi jarangli "g" bilan almashadi.

Morfonologiyaning alohida sath birligi sifatida ajratilishiga boʻlgan munosabatlar

Oʻzbek tilshunosligida morfonologiya masalalarini yoritgan tilshunoslardan yana biri prof. A. Nurmonovdir. U oʻzining 1990-yilda nashr etilgan. "Oʻzbek tili fonologiyasi va morfonologiyasi" asarida morfonologiyani tilshunoslikning alohida boʻlimi deb qaraydi . Asarda fonemaning soʻz va morfemalar ichida yashashi, bunda fonemalarning soʻz yoki morfema tarkibida diskret element sifatida oʻzaro sintagmatik munosabatda boʻlishi, har bir tilda soʻz va morfemalarning ma’lum fonetik struktura tiplari (modellari) mavjudligi, bu masalalarning tilshunoslikda hali yetarli oʻrganilmaganligi haqida gapiriladi, shundan soʻng tilshunoslik tarixida tovush almashinuvi nazariyasining ishlanganlik darajasi, bunda I. A. Boduen de Kurtene, N. V. Krushevskiy, N. S. Trubeskiy kabi tilshunoslarning xizmatlari xususida ma’lumot beriladi, fonemalar alternatsiyasi nazariyasining asoschisi I. A. Boduen de Kurtene boʻlsa, N. S. Trubeskoyning shu gʻoyalari asosida morfonologiyaga (fonomorfologiyaga) asos solganligi alohida ta’kidlanadi .

A. Nurmonovning bu ishida morfonologiyaning oʻrganish ob’ekti, morfonema va subforma, soʻz tuzilishi, affiks morfemalar tuzilishi, boʻgʻin tuzilishi, soʻz va morfemalarning ma’lum qurshovdagi variatsiyalari (agglyusinatsiya jarayonidagi almashinuvlar: unlilar almashinuvi, undoshlar almashinuvi), singarmonizm, kompozitsiyasi soʻz yasalishi va analitik shakl yasalish jarayonidagi almashinuvlar, reduplikatsiya jarayonidagi almashinuvlar xususida tegishli ma’lumotlar beriladi.



Keyinroq (XX asrning 90-yillari oxirlaridan boshlab) A. Nurmonov morfonologiyani tilshunoslikning bir boʻlimi sifatida qarash gʻoyasidan voz kechadi. Bu haqda u shunday deydi: "Asrimizning 80-yillaridan boshlab morfonologiya tushunchasi turkiyshunoslikga ham kirib keldi. Bu masalaga bagʻishlangan bir qator asarlar yaratildi.

Shunday boʻlishiga qaramasdan morfonologiya hali turkiyshunoslikda, xususan, oʻzbek tilshunosligida singib ketganicha yoʻq. bu esa morfonologiya predmetining, uning oʻrganish ob’ektining aniq-ravshan emasligi, morfonologiya birligining, ya’ni morfonema tushunchasining noob’ektivligi bilan bogʻliq.

Mustahkamlovchi savollar:

1. Morfonologiya nima? U nimani oʻrganadi?

2. Morfonologiyaga kim va qachon asos solgan?

3. N. S. Trubeskiyning fikricha, morfonologiya qanday nazariyalarni oʻz ichiga olishi kerak?

4. Morfemalarning fonologik tuzilishi haqidagi nazariyani qanday tushunasiz?



The and
Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling