Baxtiyor mengliyev


Ularning otlari – Salim va Halim


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/144
Sana01.11.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1738753
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   144
Bog'liq
3 b.mengliyev-hozirgi o‘zbek tili (darslik)

Ularning otlari – Salim va Halim. Bundagi nutqiy birliklar turli 
munosabat bilan bog‘langan. Ular so‘zi otlari so‘zi bilan, u 
olmoshi -lar qo‘shimchasi bilan ketma-ket, zanjirsimon aloqada. 
Yoki otlari so‘zi 6 ta tovushning ketma-ketligidan iborat.
Gap ham, so‘z ham tarkibiy qismlarga bo‘linar ekan, butunlik, 
sistema sanaladi. 
Munosabat falsafada va xususiy fanlarda o‘ziga xos 
tushuniladi. Barcha fanlarda munosabat tushunchasi falsafiy 
munosabatning tor doiradagi ko‘rinishlari hisoblanadi. 
Tilshunoslikda 
munosabatning 
bir 
necha 
ko‘rinishlari 
farqlanadi. Ulardan eng muhimlarini ko‘rib o‘tamiz. 
Mantiqiy mushohada uchun 
1.Sizning turli munosabatingiz bir xil vaziyatda har xil natijani 
keltirib chiqargan holatlar bo‘lganmi? 
2.Insonning fe’liga qarab munosabatda bo‘lmagan kishilar 
holatini kuzatganmisiz? 
3. “Shaxslar, munosabat, vazifa” sistemasi mohiyatini hayotiy 
misol asosida dalillang. 
 
Paradigmatik munosabat. Avvalgi mavzularda qulf va 
kalitlarga oid misol keltirgan edik. Turli kalitlar shodasi 
paradigmaga qiyoslangan edi. Kalitlar orasidagi munosabat 
paradigmatik munosabatga o‘xshaydi.
Paradigma 
a’zolari 
orasidagi 
munosabat 
paradigmatik 
munosabat deyiladi. Paradigmatik munosabat bir sistemaga 
kiruvchi birliklarning o‘xshashlik va farqlilik munosabatlaridir. 
Masalan, kelishiklar o‘zaro “oldingi so‘zni keyingi so‘zga 
bog‘lash” o‘xshashligiga ega bo‘lsa, har bir kelishikning bu 
o‘xshashlik ostidagi tafovutlari farqlilik munosabati hisoblanadi. 
O‘xshashlik va farqlilik munosabati bir necha ko‘rinishlarda 
voqelanadi. Farqlilik munosabati tilshunoslikda ziddiyat termini 
bilan nomlanadi.
Pаradigmatik munosabat keskin ziddiyatli va darajalangan 
ziddiyatli ko‘rinishlarda bo‘ladi. Masalan, a va o o‘nli fonemalari 
59


orasida 
keskin 
ziddiyatli 
paradigmatik 
munosabat 
(lablanganlik/lablanmaganlik) mavjud bo‘lsa, a, e, i unlilari orasida 
darajalangan ziddiyatli paradigmatik munosabat mavjud. Bunda 
unlilar tilning tanglayga ko‘tarilish darajasiga ko‘ra farqlanadi. Bu 
uchlikdan o‘rtadagisi olib tashlansa, qolgan ikki unli o‘zaro keskin 
ziddiyatli bo‘lib qoladi. Chunki a va i unlilari “quyi keng” va 
“yuqori tor” belgilariga ega. Yoki аytishmоq – kоyishmоq – 

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling