Baxtiyor mengliyev


-§. Lisoniy munosabat va uning turlari


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/144
Sana01.11.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1738753
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   144
Bog'liq
3 b.mengliyev-hozirgi o‘zbek tili (darslik)

 
5-§. Lisoniy munosabat va uning turlari 
 
Tayanch tushunchalar 
assosiatsiya, 
munosabat, 
sistema, 
struktura, 
element 
paradigma, paradigma a’zosi, fonologik paradigma, morfemik 
paradigma, morfologik paradigma, leksik paradigma 
O‘zlashtiriladigan tushunchalar 
munosabat, paradigmatik munosabat, sintagmatik munosabat, 
pog‘onali 
munosabat, 
partonimik 
munosabat, 
giponimik 
munosabat, totonim, giperonim 
“Munosabat” tushunchasi haqida. Falsafada munosabat 
muayyan sistemadagi elementlarning joylashish tabiati va ularning 
bir-biri bilan o‘zaro bog‘liqligi sifatida qaraladi. Masalan, shaxs 
jamiyatdagi boshqa shaxslar bilan bog‘liq holda yashaydi. Ushbu 
bog‘liqlik shaxsning munosabatidir. Oila a’zolari orasidagi 
bog‘liqlik bunga yaqqol dalil bo‘la oladi.
Oilada ota bilan ona, ular bilan farzandlar, farzandlar orasida 
o‘zaro o‘ziga xos munosabatlar oila sistemasining xususiyatini 
namoyon qiladi. Unda har bir a’zo (element)ning tutgan o‘rni bor. 
Bu o‘rin boshqa a’zolarga ta’sir qiladi. U – oila yaxlitligini va 
54


mustahkamligini ta’minlovchi munosabat. Ahillik, hurmat-e’tibor, 
farosat, oilaga e’tiqod oila sistemasidagi munosabatlarning yorqin 
ko‘rinishlaridir. 
Yoki ustoz-shogirdlik munosabatini olaylik. Ustoz shogirdiga 
ta’lim-tarbiya beradi, uning dunyoqarashini shakllantiradi. Ustoz 
ta’lim-tarbiya berishga ehtiyoj sezadi. Shuningdek, shogird ta’lim-
tarbiya olishga ehtiyojmand bo‘ladi. Bu ta’lim-tarbiya hodisasining 
sistema, uning asosiy elementlari ustoz va shogird ekanligidan 
dalolat beradi. Ustoz-shogirdlik tizimida har bir elementning 
mavqeyi, roli, vazifasi, majburiyat va burchlari bor. Ularga tegishli 
element (ustoz va shogird)ning amal qilish darajasi, ya’ni 
munosabat bu sistemaning barqarorlik va bardavomlik darajasini 
belgilaydi. 
Shaxs biror narsa yoki hodisaga nisbatan ma’lum bir mavqeda 
bo‘ladi: narsani o‘rganadi, uni vujudga keltiradi, isloh qiladi. Bu 
ham munosabatning bir ko‘rinishidir. Yoki kishi turli obyektlarni 
yoki biror obyektning turli tomonlarini fikran taqqoslaydi. Bunda 
ikki xil munosabat namoyon bo‘ladi: kishining obyektga va bir 
obyektning ikkinchi obyektga munosabati.
Bir narsaning ikkinchi narsaga munosabati masalasi haqida gap 
ketganda, kimyoviy elementlarning davriy jadvalini misol qilib 
keltirish mumkin. Kimyoviy elementlar jadvali mavhum (ongda 
mavjud) sistemaning bir ko‘rinishi. Bunda elementlar atom 
og‘irliklari asosida joylashgan. Boshqacha aytganda, ular atom 
og‘irliklari asosida tartiblangan. Bu tartib atom og‘irliklari 
asosidagi munosabat deyiladi. Yanada aniqroq tushunish uchun 
ko‘z oldimizga avtomobilni keltiraylik. Avtomobil muayyan 
(borliqda mavjud) sistema sifatida, avvalo, shassi, kuzov va 
dvigatel elementlaridan tashkil topgan. Bu elementlar bir-biri bilan 
zich bog‘langan. Biri boshqalarini taqozo etadi. Ulardan biri 
mavjud bo‘lmasa, sistema (avtomobil) harakatga kelmaydi.
Ko‘rinadiki, muayyan sistema elementlari o‘zaro munosabatga 
kirishmasa, sistema o‘z vazifasini bajara olmaydi. Munosabat 
bo‘lmasa, narsa element bo‘la olmaydi va elementning funksiyasini 
bajara olmaydi. Element sistema tarkibida munosabatlar asosida 
o‘z mohiyatiga ega bo‘ladi. Masalan, insonning ko‘zi inson 
55


tanasidagina element bo‘lib, undan uzilsa, element bo‘la olmaydi 
va o‘zining elementar mohiyatini yo‘qotadi.
Munosabatlar tegishli elementlardan turli darajadagi murakkab 
sistemalarni keltirib chiqaradi. Masalan, har qanday qonunlar 
jamiyatni sistema sifatida tartibga solib turadi. Agar bu qonunlar 
bo‘lmasa, jamiyat sistemasi ham mavjud bo‘lmaydi, sistema o‘z 
vazifasini to‘laqonli bajara olmaydi va barbod bo‘ladi. Shuning 
uchun mamlakatning xususiyati undagi asosiy munosabat – 
qonunlarga itoat qilish darajasi bilan belgilanadi.
Har bir narsa, shaxs ko‘p qirrali, ko‘p vazifali bo‘ladi. Shu 
boisdan ular har bir qirrasi asosida turli sistemalarga mansub bo‘la 
oladi va bu sistemalardagi munosabatlari ham turlicha bo‘ladi. 
Masalan, biror turmushga chiqqan talabani olaylik. U ta’lim 
sistemasida shogird, oila sistemasida turmush o‘rtog‘i/ona/kelin, 
ota-onasi oilasiga munosabatda farzand/opa/singil, yo‘l harakati 
tizimida yo‘lovchi, tushlik paytida xo‘randa. Har bir qirrasini 
namoyon qilganda u ma’lum bir sistema tarkibiga kirib, bu sistema 
tarkibidagi boshqa elementlar bilan o‘zaro munosabatda bo‘ladi. 
Bir 
sistemadagi 
munosabatlari 
boshqa 
sistemadagi 
munosabatlaridan farqlanadi.

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling