Mustaqil o‘zlashtirish uchun
Til sistemasida sistemaviy qonuniyatlar
Til sistemasi o‘zaro munosabatlarga
kirishgan til birliklari
yaxlitligidir. Til sistemasi tarkibidagi til birliklarining belgilari ham
uch turga bo‘linadi:
1.Sistemani tashkil etuvchi belgilar.
2.Sistemada hosil bo‘luvchi belgilar.
3.Sistemaga betaraf belgilar.
Deylik, unli fonemalar – sistema. O‘zbek
tilidagi unlilar
sistemasi 6 ta elementdan tashkil topgan.
Ularning sistemaviy
belgilari quyidagilar:
1.Sistemani tashkil etuvchi belgi: sof ovozdan iboratlik.
2.Sistemada hosil bo‘luvchi belgilar: lablangan/lablanmaganlik,
keng/torlik
3.Sistemaga betaraf belgilar: til oldi/til orqalik.
Yo‘l-yo‘lakay bajarish uchun
Mustaqil
ravishda
undosh
fonemalarning,
kelishik
sistemasining, WPm sistemasining
elementlariga xos sistem
belgilarni aniqlashga harakat qiling.
Lisoniy paradigma turlari. Paradigma, qamroviga ko‘ra, katta
va kichik, tashqi va ichki paradigmalarga bo‘linadi. Bu
paradigmalar bir-biriga nisbatan olinadi. Masalan, undoshlar (katta
yoki tashqi) paradigmasi jarangli va jarangsiz undoshlar (kichik
yoki ichki) paradigmalariga bo‘linadi.
Fonemalar
sistemasi
Do'stlaringiz bilan baham: