Baxtiyor mengliyev


Mustaqil o‘zlashtirish uchun


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/144
Sana01.11.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1738753
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   144
Bog'liq
3 b.mengliyev-hozirgi o‘zbek tili (darslik)

Mustaqil o‘zlashtirish uchun 
MUNOSABAT [a. 
ﺖﺒﺻﺎﻨﻣ
munosiblik, muvofiqlik; joizlik; 
qarindoshlik; aloqadorlik]. 
1.Kishilar, tashkilotlar, davlatlar o‘rtasidagi bordi-keldi. oldi-
berdi muomalalari; tirikchilik, moddiy va ma’naviy hayot bilan 
bog‘liq bo‘lgan aloqa.  
2.Kishining voqelikka, voqelikdagi narsalarga, hodisalarga 
qarashi, yondashish prinsipi.  
3.Muayyan tizimdagi elementlarning joylashish xarakteri va 
ularning o‘zaro bog‘liqligini ifodalovchi falsafiy tushuncha.
4.Biror ish, harakat, gap va kabilarga daxli bo‘lgan narsa, 
tegishli asos; bois, daxl. Bu ishga sizning gapingizning hech 
qanday munosabati yo‘q.
NISBAT [а.
ﺖﺒﺼﻧ
— munosabat, aloqa; qarindoshlik; o‘zaro 
bog‘lanish; miqdor]
56


1.Narsalarning bir-biriga qaraganda katta-kichikligi, oz-ko‘pligi 
va h.  
2.Bir sonning ikkinchi songa qaraganda qiyosiy kattaligi, bir 
sonning ikkinchi songa bo‘linishidan hosil bo‘lgan bo‘linma.  
NISBATAN Boshqalariga qiyosan; qiyosan olganda.
Har qanday sistema (narsa)ni uni tashkil etuvchi elementlarning 
o‘zaro nisbati, munosabati deb qarash mumkin. Bu nisbat, 
munosabat o‘zgarishi bilan narsalar ham o‘zgaradi. Jamiyatda 
kishilarning 
faoliyati 
jarayonida 
yuzaga 
kelgan 
o‘zaro 
munosabatlar 
ijtimoiy 
munosabatlar 
sanaladi. 
Ijtimoiy 
munosabatlar jamiyat sistemasining o‘ziga xosligini keltirib 
chiqaradi.
Tillar ulardagi gaplarning ega va kesimi munosabatiga qarab 
turli sistemalar ekanligini namoyon qiladi. Masalan, agglyutinativ 
tillarda ega ma’nolari kesimdan anglashilib turadi va shuning 
uchun kesim egaga ko‘p ham ehtiyoj sezavermaydi. Flektiv tillarda 
kesim egasiz xabar ifodalishi qiyin. Demak, gap sistemasidagi 
elementlar (ega va kesim) munosabatining o‘ziga xosligiga qarab
tillar sistemalari farqlanadi. Shuning uchun ham agglyutinativ, 
flektiv va amorf tillar turli sistemali tillar deyiladi. Munosabatlar 
tillarning tabiatini belgilashini shunda ko‘rish mumkin. 

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling