Baxtiyor mengliyev


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/144
Sana01.11.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1738753
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   144
Bog'liq
3 b.mengliyev-hozirgi o‘zbek tili (darslik)

TIL 
LISON 
ME’YOR 
NUTQ 
Umumiylik 
Alohidalik 
Mohiyat 
Hodisa 
Imkoniyat 
Voqelik 
Sabab 
Oqibat 
Lisoniy va nutqiy sath o‘z birliklariga ega. Bu birliklar ham 
ham lison va nutq kabi o‘zaro UMIS va AHVO munosabatida 
bo‘ladi (4-jadval): 
4-jadval 
LISONIY BIRLIК 
NUTQIY BIRLIК 
Fonema 
Tovush 
Morfema 
Qo‘shimcha 
Leksema 
So‘z 
Qolip 
Yasama so‘z, so‘z birikmasi, 
gap 
 
Mustaqil o‘zlashtirish uchun 
Til – shartli belgilar sistemasi 
Guldasta – tabrik, gulchambar – xotira alomati. Fakultet 
binosida qo‘ng‘iroq chalinishi bilan hamma auditoriyaga kira 
boshlaydi. Telefoningiz ovoz bersa, javob berishga harakat qilasiz. 
Yo‘lda mashina signal bersa, o‘zingizni chetga olasiz. Lekin 
5
Alisher Navoiy, “Lisonut-tayr”. Sh.Sharipov nasriy bayoni // 
www.ziyouz.com 
30


tramvay qo‘ng‘irog‘i ovoz bersa ham, auditoriyaga shoshilasizmi? 
Mashinaning signalini eshitib, xonangizda ham o‘zingizni chetga 
olasizmi? Yo‘q, biz bunday kelishmaganmiz. Faqat o‘quv 
binosidagi qo‘ng‘iroqqa talabalarni auditoriyaga “haydash” 
vazifasi yuklatilgan. Mashina signalini yo‘lda “joningdan umiding 
bo‘lsa, qoch” degan ma’noda tushunamiz. Chunki ular shartli 
belgilardir. Svetoforning chiroqlari, yo‘l harakati ishoralari
xaritadagi belgilar ijtimoiy kelishuv asosida o‘rnatilgan. Yo‘l 
bo‘lmagan joyda qandaydir qizil chiroq yonib turgan bo‘lsa, 
mashinamizni to‘xtatmaymiz. Ular ma’lum bir makon va 
zamondagina bu vazifani bajaradi. 
O‘rtog‘ingizni ko‘rib, qo‘l silkiysiz – to‘xtashga ishora qilasiz. 
Bu ham shartli belgi. Avtobusdagi “100” raqamini ko‘rib, 
shoshildingiz, chunki shartli belgini ko‘rdingiz. Ko‘chada bir kishi 
yotibdi. Qon oqqan. “O‘lib qolgan bo‘lsa kerak” degan fikr 
miyangizga urdi. Qon, axir, o‘lim alomati. Lekin u shartli 
belgimikan? Ana muammo! Daraxt barg chiqara boshlabdi. Bahor 
alomati. U ham shartli belgi bo‘la oladimi? O‘ylab ko‘rish kerak.
Dunyoda qachon bitta til bo‘ladi? Har qanday shartli belgi 
to‘rtta muhim xossaga ega bo‘ladi.
Birinchidan, ifodalovchi, ya’ni belgi moddiy shaklga ega 
bo‘lishi lozim. Ovoz, rang, harakat va h.
Ikkinchidan, u nimanidir ifodalashi lozim. Qo‘ng‘iroq 
mashg‘ulot boshlanishini, yashil rang esa harakatlanishni, ikki 
qo‘lni xoch holatiga keltirish biror harakatni to‘xtatishni ifodalaydi.
Uchinchidan, belgi bilan u ifodalaydigan mazmun orasidagi 
aloqa shartli, kelishilganlik tabiatiga ega bo‘lishi lozim. Bu – eng 
muhimi. Masalan, eganing tagiga bir chiziq, kesimning tagiga ikki 
chiziq chizish kelishib olingan. Aslida, kelishilsa, svetofordagi qizil 
chiroqda harakatlanib, yashil chiroqda to‘xtash ham mumkin bo‘lur 
edi. Zero, svetofor ranglari bilan ular ifodalaydigan harakatlar 
orasida hech qanday bog‘liqlik yo‘q. Lekin qon o‘limning, daraxt 
chiqarayotgan barglar bahorning shartli emas, balki tabiiy belgilari. 
Til ifodalari ham borliq hodisalari bilan tabiiy emas, balki shartli 
bog‘lanishga ega. Agar til va borliq tabiiy bog‘lanishga ega bo‘lsa 
31


edi, dunyoda yagona til mavjud bo‘lar edi. Bu tilning shartli 
belgilar sistemasi ekanligini ko‘rsatadi.
To‘rtinchidan, shartli belgilar sistemasi a’zolari kamida ikkita 
bo‘ladi. Masalan, svetoforning uch rangi bor. Arifmetik amallar 
to‘rtta. Xaritadagi belgilar soni esa juda ko‘p. Ammo... liftdagi 
yonib-o‘chadigan chiroq bitta-ku? U shartli belgi emasmi? 

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling