Baxtiyor mengliyev
Download 1.62 Mb. Pdf ko'rish
|
3 b.mengliyev-hozirgi o‘zbek tili (darslik)
Mantiqiy mushohada uchun
1. Til tafakkurni shakllantiradi degan hukmni qanday tushunasiz? 2.Til tafakkurni qay tarzda shakllantirishini izohlashga harakat qiling. 3.Tilning akkumulyativ vazifasi deganda nimalarni tushunasiz? “Lison” tushunchasi haqida ma’lumot. Lison – ma’lum bir til jamiyatning barcha a’zolari uchun ajdodlar tomonidan tayyor holga keltirib qo‘yilgan, umumiy va majburiy, fikrni shakllantirish, ifodalash, uzatish va boshqa maqsadlar uchun xizmat qiladigan vosita (birlik)lar hamda ularning o‘zaro birikish qonuniyatlarining ongdagi sistemasi. Ajdodlar tomonidan bizga tegishli fonemalar, leksemalar, iboralar, morfemalar hamda ularning o‘zaro birikish qoidalari qoldirilgan. Ular bizning ongimizda nutqda qo‘llanish uchun shay holatda turadi. Lisonga xos birliklar lisoniy birlik deyiladi. Lison va nutq tilshunoslikda sath atamasi bilan yuritiladi. Demak, til lisoniy va nutqiy sathlardan iborat. Har qanday lisoniy birlik virtual xususiyatga, ya’ni ongda mavjudlik tabiatiga ega. Shu bilan birga, ular quyidagi ikki tomonning bir butunligidan iborat: a) shakliy jihat; b) mazmuniy jihat. Lisoniy birlik mazmunan UMIS sifatida mavjud ekan, u moddiylikdan xoli bo‘lmog‘i lozim. Bunda “lisoniy birlikning shakliy jihati” moddiylikka ishora qilmaydimi, degan savol tug‘ilishi tabiiy. To‘g‘ri, lisoniy birlik moddiylikdan xoli. Biroq ular ongda qandaydir ramz sifatida saqlanadi. Masalan, [a] fonemasining talaffuz xususiyati haqida umumlashma tasavvur o‘zbek tilida so‘zlashuvchi barcha jamiyat a’zolari ongida mavjud. Bu [a] fonemasining shakli, tashqi tomoni hisoblanadi, uning ma’no farqlash tomoni ichki, mazmuniy jihati sanaladi. [a] 24 fonemasi ana shu nisbiy shakl hamda mazmunning yaxlitligi sifatida ongda mavjud. Har qanday lisoniy birlik (UMIS) ongda ma’lum bir mavjudlik sifatida yashaydi. Mavjudlik shaklsiz bo‘lmaydi. Har bir fonemaning ma’no farqlash (mazmuniy) va talaffuz (shakliy) xususiyatlarining ongdagi umumlashmasi o‘ziga xos, biriniki ikkinchisinikidan farqlanadi. Lisoniy birliklarning tashqi va ichki tomonini bir-biridan ajratish mumkin emas. Ular et bilan tirnoq kabi yaxlit bo‘lganligi sababli “dialektik birlikda” deyiladi. Boshqacha aytganda, lisoniy birlikdagi ichki va tashqi jihatlar bir varaqning ikki tomoniga o‘xshaydi, ularni ajratish mumkin emas. Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling