Baxtiyor mengliyev
Download 1.62 Mb. Pdf ko'rish
|
3 b.mengliyev-hozirgi o‘zbek tili (darslik)
sistem-struktur
davri. Bu davrda tillarning sistemaviy xususiyatlariga, til birliklarini lisoniy va 19 nutqiy turlarga ajratishga asosiy urg‘u berilib, lisoniy imkoniyatlarning nutqiy voqelanishiga e’tibor qaratilmadi; 4) tilshunoslikning antroposentrik davri. Bu davrda til sistemalarining amal qilish xususiyatlariga, lisoniy imkoniyatlardan kishilarning nutqda amaliy foydalanish samaradorligiga e’tibor qaratila boshladi. Mustaqil o‘zlashtirish uchun Tilshunoslikda substansial-pragmatik yo‘nalish Bugungi kunda taraqqiyot o‘zbek tilshunosligidan aniqlangan lisoniy imkoniyatlarning nutqiy voqelanishini tekshirishni, ona tili imkoniyatlaridan foydalanish samaradorligiga erishish muammosi bilan shug‘ullanishni talab qilmoqda. Yangi asr fani zimmasiga yuklatilayotgan bu ijtimoiy buyurtma tilni yangi – substansial- pragmatik (“imkoniyatdan voqelikka”) tamoyillar asosida tadqiq qilish asosida amalga oshiriladi. Tilshunoslikning yangi yo‘nalishini ifodalovchi substansial- pragmatik terminining tarkibiga kirgan pragmatika so‘zi yunoncha pragma, pragmatos so‘zidan olingan va “ish”, “harakat” ma’nolarini bildiradi, tilshunoslikda til birliklarining qo‘llanish xususiyatlarini o‘rganishni anglatadi. Substansial-pragmatik yo‘nalish muayyan til imkoniyatlarini egallab, undan amalda foydalanuvchilarning ushbu birliklar sistemasiga ongli, amaliy munosabatini tekshiradi. Substansial-pragmatik yondashuv – o‘zbek fanida shakllanayotgan tilshunoslikning yangi empirik yo‘nalishi. U lisoniy imkoniyatlarni so‘zlovchi, tinglovchi, ularning o‘zaro munosabati, muloqot vaziyati singari nolisoniy hodisalar bilan bog‘liq holda o‘rganadi. Shaxsning lisoniy imkoniyatlardan amaliy foydalanishi so‘zlovchi hamda tinglovchining shaxsiy sifatlari, nutq maqsadi, uning turlari (oshkora yoki yashirin), shakllari (xabar, so‘roq, buyruq, iltimos, maslahat, va’da berish, salomlashish, so‘rashish, xayrlashuv, uzr, tabrik, shikoyat kabilar), nutq strategiyasi va taktikasi, nutq odobi, muloqot madaniyati, so‘zlovchi yoki tinglovchining dunyoqarashi, bilim darajasi, qiziqishlari kabi qator nolisoniy omillar bilan mushtarak holda yuzaga chiqadi. 20 Substansial-pragmatik yo‘nalish Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida shakllanmoqda. Har bir davr o‘z fani oldiga muayyan maqsad va aniq talablarni qo‘yadi. “Fanlarning taraqqiyoti shu davrning ilg‘or falsafiy fikri, davr uchun yetakchi bo‘lgan fan sohalarining yutuqlari bilan uzviy bog‘liq. Turli fanlarning manbalari ko‘p qirrali bo‘lganligi sababli, davrning yetakchi falsafiy fikri fanlardan o‘rganish manbayining qaysi tomonlariga alohida e’tibor berish lozimligini, borliqdagi mavjud qonuniyatlarni mantiqiy kategoriyalarda qay usulda aks ettirish yo‘llarini belgilab beradi” (H.Ne’matov). Shu asosda aytish mumkinki, zamonaviy o‘zbek tilshunosligi sistem-struktur Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling