Baxtiyor mengliyev
“Me’yor” tushunchasi haqida ma’lumot
Download 1.62 Mb. Pdf ko'rish
|
3 b.mengliyev-hozirgi o‘zbek tili (darslik)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Abstrakt sistema
- Muayyan sistema
“Me’yor” tushunchasi haqida ma’lumot. Me’yor – lisoniy
birlikning nutqda voqelanishi uchun tanlanish omil va usullari majmuyi. Masalan, o‘lmoq fe’li o‘rnida asfalasofilinga ravon bo‘lmoq iborasini qo‘llab bo‘lmaydigan vaziyat va holatlar mavjud. Ana shu vaziyat va holat – me’yorning bir ko‘rinishi. Me’yorni lisonning nutqqa aylanish muhiti, sharoiti deyish ham mumkin. Insonning nutqiy qobiliyati qaysi birlikdan qay vaziyatda qaysisini qo‘llash malakasidir. Bu qobiliyat nutqiy muhitni his etib, lisonga murojaat qilishni ta’minlaydi. Bir-birini taqozo etuvchi, o‘zaro bog‘liq bo‘lgan lison – me’yor – nutq zanjirida faqat nutq tashqi (moddiy) shaklda (og‘zaki, yozma) namoyon bo‘ladi va sezgi a’zolarimizga ta’sir qiladi. 26 Mustaqil o‘zlashtirish uchun Sistema nima? Har qanday sistema quyidagi talablarga javob berishi kerak: 1) sistema kamida ikki elementdan tashqil topadi; 2) bu elementlar orasida aloqa-munosabat (struktura) mavjud bo‘ladi; 3) sistema elementlari birlashib, yaxlitlikni tashkil qiladi. Demak, sistema munosabatlar asosida yaxlitlashgan elementlar majmuyidir. Sistemaning turlari ko‘p. Ularni umumlashtirib, ikki guruhga bo‘lish mumkin: 1) abstrakt sistemalar; 2) muayyan sistemalar. Abstrakt sistema ongda mavjud bo‘ladi. U aqliy faoliyat natijasida tiklanadigan umumiylik bo‘lib, bunday sistemalar borliqda mavjud bo‘lmaydi. Masalan, unlilar sistemasi, ruboiylar sistemasi, g‘oyalar sistemasi. Eslatib o‘tish joizki, borliqda unlilar, ruboiylar, janrlar, she’rlar mavjud, ammo ular shu nomdagi sistema sifatida mavjud emas. Masalan, ijod mahsuli sifatidagi ruboiylar o‘zaro tarqoq, sochilgan, bog‘lanmagan, uzilgan holda yashaydi. Inson tafakkuri ularni bog‘laydi, birlashtiradi – natijada abstraksiya mahsuli bo‘lgan mavhum (abstrakt) sistema vujudga keladi. Muayyan sistema borliqda mavjud bo‘ladi. Ularni sezgi a’zolari vositasida his etish (ko‘rish, o‘qish, eshitish, hidlash va b.) mumkin. Masalan, har qanday she’r, har qanday sintaktik qurilma, umuman, borliqdagi har bir narsa muayyan sistemadir. Lison – abstrakt, nutq muayyan sistemadir. Ferdinand de Sossyur lison-nutq munosabatini shatranj o‘yini qoidalari asosida tushuntirib berishga harakat qilgan. Shaxmat donalari va har bir donaning yurish qoidasi ongdagi lisoniy birliklar va ularning birikish imkoniyatiga o‘xshaydi. O‘yinchi bamisoli so‘zlovchi, shaxmat o‘yinini bilishi esa so‘zlovchining nutq qobiliyatiga monand. Donalarning harakatlantirilishini nutqqa qiyoslash mumkin: 27 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling