Qon aylanish sistemasi


Download 1.4 Mb.
bet1/7
Sana07.05.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1438721
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Qon aylanish sistemasi

Qon aylanish sistemasi

  • Reja:
  • Kirish
  • 1. Qonning yoshga xos xususiyatlari
  • 2. Qonning tarkibi
  • 3. Bolalar va o‘smirIarda kamqonlik va uning oldini olish.
  • 4. Qon guruhlari va qon quyish.
  • 5. Qon va limfa aylanish a’zolari
  • 6. Kichik qon aylanish doirasi
  • 7. Yurakning tuzilishi
  • 8. Yurakning yoshga qarab o‘zgarishi.
  • 9. Qon bosimi

Kirish

  • Qon organizm ichki muhitining bir qismi hisoblanadi. Organizmning
  • ichki muhitiga hujayra ichidagi va hujayra tashqarisidagi
  • suyuqliklar kiradi. Hujayra tashqarisidagi suyuqliklar o‘z
  • navbatida hujayralararo (to‘qima suyuqligi) va tomirlar ichidagi
  • (qon, limfa) suyuqliklariga bo‘linadi. Organizmning ichki muhiti,
  • ya’ni yuqoridagi suyuqliklarning miqdori, kimyoviy tarkib,
  • osmotik bosimi va barcha fizik-kimyoviy xususiyatlari nisbiy doimiydir.
  • Bu nisbiy doimiylik gomeostaz deb ataladi.
  • Gomeostaz organizmning ko‘pchilik organlar sistemasining
  • birgalikdagi faoliyati orqali ta’minladi.
  • Qon hujayra tashqarisidagi suyuqlikning tarkibiy qismi bo‘lib,
  • tana massasining o‘rtacha 7% ni tashkil etadi, shundan qon
  • plazmasi 4,5—5% ni tashkil etadi. Biror organning ish faoliyati
  • buzilsa (kasallik tufayli) organizm ichki muhitining nisbiy doimiyligi
  • ham buziladi. Masalan: me’da-ichak, jigar, buyrak kasalliklaridir.

1. Qon odamning yoshiga qarab o‘zgarib turadi, ayniqsa

1. Qon odamning yoshiga qarab o‘zgarib turadi, ayniqsa

  • 1 yoshgacha
  • qon o‘z xususiyatiga ko‘ra katta odmnikidan farq qiladi.
  • Moddalar almashinuvi, qon yaratuvchi organlarning tuzilishi va
  • funksiyasi, qon aylanishi yoshga xos xususiyatlarga bog‘liq bo‘ladi.
  • Bola qancha yosh bo‘lsa, moddalar almashinuvi shuncha kuchli
  • bo‘ladi. Yangi tug‘ilgan bolaning har kilogramm vazniga 150 sm3,
  • go‘dak bolada 110 sm3, 7 yoshdan 12 yoshgacha 70 sm3, 15 yoshdan
  • boshlab esa 65 sm3 qon to‘g‘ri keladi. Yangi tug‘jlgan bolada
  • qon tana umumiy vaznining 15% ni, 1 yoshda 11% ni, 6 yoshdan 14 yoshgacha 9% ni, katta odamda esa 7% ni tashkil etadi. 0 ‘g‘il
  • bolada va katta yoshli kishida qon miqdori qizlar va ayollardagiga
  • nisbatan ko‘proq bo‘ladi.

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling