5.Qon aylanish a’zolari. Qonning to'xtovsiz ravishda aylanishini yurak va tomirlar bajaradi. Yurak bir-biri bilan tutashmaydigan ikki qismdan iborat bo'lib, bu qismlar bir-biridan yaxlit to‘siq 5.Qon aylanish a’zolari. Qonning to'xtovsiz ravishda aylanishini yurak va tomirlar bajaradi. Yurak bir-biri bilan tutashmaydigan ikki qismdan iborat bo'lib, bu qismlar bir-biridan yaxlit to‘siq - bilan ajralgan. Qismlar har biri bilan qo‘shilgan ikki bo‘lakdan
- — yurak bo ‘Imachasi va yurak qorinchasidan iborat. Bu sistemada arteriyalar, venalar va kapillarlar boladi.
- Arteriyalar qalin devorli tomirlar bo‘lib, qon yurakdan ana shu tomirlarga chiqadi va barcha organlarga taqsimlanadi. Arteriyalarning devorlari uch qavat bo‘ladi: ichki qavat epiteliydan va biriktiruvchi to‘qimadan iborat, o‘rta qavat — silliq muskul tolalaridan va tashqi qavat — elastik tolalarga boy biriktiruvchi to‘qimadan iborat. Vena tomirlari — organlardan o‘tib chiqadigan qon yurakka tomon ana shu tomirlar orqali boradi. Venalarning
- devorlari arteriyalarning devorlari kabi tuzilgan, ammo bular arteriyalar devorlariga qaraganda yupqaroq bo‘lib, ularda muskul tolalari bilan elastik tolalar soni ozroqdir. Kapillarlar juda mayda tomirlar bo‘lib, mayda arteriyalarni kichikroq venalar bilan tutashtiruvchi tarmoqlar hosil qiladi, bitta kapillarning uzunligi 0,5 mm chamasida, yo‘g‘onligi soch tolasidan 50 marta kam bo‘ladi. Kapillarlarning devori bir qavat yassi epitelial hujayralardan
- iborat. Oziq moddalar va kislorod qondan hamma hujayralarni
- o‘rab turuvchi to‘qima suyuqligiga kapillarlar devori orqali o‘tadi;
- hujayralarda moddalarning parchalanishidan hosil bo‘ladigan
- mahsulotlar kapillarlar devori orqali to‘qima suyuqligidan qonga
- o‘tadi.
6. Katta qon aylanish doirasi. Qon yurakning chap qorinchasidan aorta deb ataladigan yirik arteriyaga o‘tadi. Aorta yurak yaqinida burilib yoy hosil qilib, ko‘krak bo‘shlig‘i orqali, undan keyin qorin bo‘shlig£i orqali pastga tushadi. Aortaning eng boshidan ikkita toj arteriya ajralib chiqadi. Bu arteriyalar yurakning o‘zida tarmoqlanadi. Bu arteriyalardan oquvchi qon yurak muskullariga oziq va kislorod olib keladi. Aorta yoyidan uchta katta arteriya chiqadi, bu arteriyalar bosh, bo‘yin va qo‘llarga qon olib boradi. Qon aylanish sistemasining chap qorinchadan aorta bilan boshlanib o‘ng bolmaga borib kiradigan, kovak venalar bilan tamomlanuvchi qismi katta qon aylanish doirasi deb ataladi. Butun gavda hujayralari shu doira kapillarlari orqali kislorod va oziq moddalar olib, karbonat angidrid va shu hujayralarda hosil bo‘ladigan parchalanish mahsulotlarini chiqarib yuboratii.
Do'stlaringiz bilan baham: |