Baxtiyor mengliyev
Download 1.62 Mb. Pdf ko'rish
|
3 b.mengliyev-hozirgi o‘zbek tili (darslik)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustaqil o‘zlashtirish uchun PIYOLA
Mantiqiy mushohada uchun
1.Mavjudlik shaklsiz bo‘lmaydi, degan hukmni qanday tushunasiz? 2.Ongdagi har bir lisoniy birlik (UMIS) tafakkur mahsuli degan hukmni qanday tushunasiz? 3.“Dialektik yaxlit” bo‘lgan narsa bo‘linuvchanmi yoki bo‘linmas? “Nutq” tushunchasi haqida ma’lumot. Nutq lisoniy birlikning jamiyat a’zolari ongida o‘rnashgan me’yor asosida muayyan moddiy (yozma, og‘zaki va h.) shakllardan birida voqelanishidir. Masalan, a fonemasi og‘zaki nutqda eshitiladigan tabiatga ega bo‘ladi, bu eshitilish tovushning baland/pastlik, cho‘ziq/qisqalik, kuchli/kuchsizlik, urg‘ulilik/urg‘usizlik kabilarni o‘z ichiga oladi. So‘zlovchi fonemalarni nutq tovushiga qanday sharoitda qay tarzda aylantirish qoidalarini biladi va bu qoidalarni til jamiyatidan o‘zlashtirib oladi. Ana shu qoidalar me’yor deyiladi. Mustaqil o‘zlashtirish uchun PIYOLA Oldimizdagi piyolani kuzataylik. U go‘yoki nutqiy hodisa. U o‘ziga xos UMISning voqelanishi. 25 Aslida har qanday AHVO faqat o‘z UMISining voqelanishidan iborat bo‘lmaydi. Unda har xil boshqa UMISlarning tajallilari ham aks etadi. Masalan, Men o‘qiyman jumlasini olaylik. U nutqiy hodisa – gap. Unda gap UMISi voqelanishi bilan birga boshqa UMISlar ham tajallilangan. Masalan, fonetik UMIS, leksik UMIS, morfologik UMIS va h. Bular lisoniy UMISlar zarralari. Unda yana nolisoniy UMISlar ham bor. Masalan, so‘zlovchi, tinglovchi, nutq vaziyati, muhiti va h.k. Yana piyolaga qaytamiz. Piyolada ham faqat piyolaga xos UMIS tajallisi bilan birga boshqa UMISlar zarralari ham mavjud. Narsaning o‘ziga xos sof UMISini aniqlash uchun boshqa UMIS zarralarini aqliy yo‘l bilan piyola AHVOsidan soqit qilish kerak. Piyolada qum, rang, harorat, qum zarralarini birlashtiruvchi modda va h. UMISlar mavjud. Xullas, Siz piyoladagi o‘z va o‘zga UMIS tajallilarini farqlab, ajrata olsangiz, nutqdagi tegishli AHVOlar zamiridagi UMISlarni aqliy yo‘l bilan tiklay olasiz. Marhamat, o‘zingizni sinab ko‘ring. Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling