1-Laboratoriya
Tuproq mexanik tarkibini Rutkovskiy yoki Robinzon usullarida aniqlash.
Tuproq mexanik tarkibini Rutkovskiy yoki Robinzon usullarida aniqlash.
Turli kattalikdagi zarralarni ajratib olish.
Tuproq mexanik tarkibini Rutkovskiy usulida aniqlash.
Bu
usul tuproqdagi qum, chang
va loyqa zarralarini quritish,
tortish ishlarini amalga
oshirmasdan ajratib olish imkoniyatini beradi. Uning moxiyati
loyqa zarralarini bwkish
koefitsientini aniqlashga asoslangan bwlib, bu ish bir necha bosqichda bajariladi. :
I. Yirik va wrta qum (diametri 1-0,25 mm) zarralari miqdorini aniqlash.
1. Kwzlari 1 mm li elakdan wtkazilgan tuproqdan 30 gr tortib olinadi va xovonchaga solinib,
rezina kiydirilgan tayoqcha bilan maydalaniladi.
2. Maydalangan tuproq kwzlari 0,25 mm li elakdan wtkaziladi.
Elakdan wtmay qolgan
zarralar yana xovonchada maydalaniladi va elanadi. Bu ishni elakchadan wtmay qolgan zarralar
barmoqlar bilan ezilganda barmoqlarga chang yukmay qolgunga qadar davom ettiriladi.
3. Shundan swng elakdan qolgan zarralar extiyotlik bilan toza qog`ozga olinadi, og`irligi
aniqlanadi va proportsiya yordamida bu zarralarning protsent miqdori
topiladi va jadvalning
tegishli xonasiga yozib boriladi.
II. Mayda qum va yirik chang (0,25 – 0,05 mm) zarralari miqdorini aniqlash.
Bunda 0,25 mm elakdan wtgan tuproq namunasidan chang va
loyqa zarralarini bwtanalab
ajratib olinadi.