Telekamunikatsiya texnologiyalari
Download 105.08 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- FANIDAN TAYYORLAGAN 2-MUSTAQIL ISHI
- ZARDUSHTIYLIKDA TABIATNING ULUG’LANISHI . Zardushtiylik ta’limoti.
- Axuramazda
- Muqaddasman
0`ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALARI VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI QARSHI FILIALI “TELEKAMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI” FAKULTETI 1 – BOSQICH “TT 11-23”- GURUH TALABASI “DINSHUNOSLIK Axmedova Nafisaning” FANIDAN TAYYORLAGAN 2-MUSTAQIL ISHI MAVZU: M2 Zardushtiylikda tabiatning ulug’lanishi. Zardushtiylikning diniy iyerarxiyasi. Buddaviylik dinining paydo bo‘lish tarixi, asosiy ta'limotlari, oqimlari va manbalari. O‘zbekistonda buddaviylik dinining tarixiy ildizlari (Qaratepa, Fayoztepa, Dalvarzintepa) va hozirgi zamon. Xristianlikning paydo bo‘lishi, aqidalari, asosiy yo‘nalishlari, taʼlimotlari va manbalari. Islom dinining paydo bo‘lishidagi ijtimoiy-siyosiy va madaniy sharoitlar. ZARDUSHTIYLIKDA TABIATNING ULUG’LANISHI. Zardushtiylik ta’limoti. Zardushtiylik ta’limoti Markaziy Osiyoda ibtidoiy davrda mavjud bо‘lgan tabiat kuchlarini ilohiylashtiruvchi e’tiqodlarga (Markaziy Osiyo qadimgi aholisining «eski dini»ga) nisbatan monoteistik ta’limotdir. U behuda qon tо‘kuvchi qurbonliklar, harbiy tо‘qnashuvlar, bosqinchilik urushlarini qoralab, о‘troq, osoyishta hayot kechirishga, mehnatga, dehqonchilik, chorvachilik bilan shug‘ullanishga da’vat etadi. Moddiy hayotni yaxshilashga urinishni yovuzlikka qarshi kurash deb hisoblaydi. Zardushtiylik dinida qо‘riq yer ochib, uni bog‘u rog‘ga aylantirgan odam ilohiyot rahmatiga uchraydi. Aksincha, bog‘lar, ekinzorlarni, sug‘orish inshootlarini buzganlar katta gunohga qoladilar. Zardusht insonlarga tinch-totuv yashashni, halol mehnat qilishni о‘rgatmoqchi bо‘ladi. Zardushtiylik diniy e’tiqodida dualizm (ikki hudolik)ni emas, yakka hudolik (monoteizm)ni targ‘ib qilgan. Zardusht dunyo yorug‘lik va zulmat, yaxshilik va yomonlik, hayot va о‘lim, ezgulik va yovuzlik, issiqlik va sovuqlik va h.zo kabi kuchlar о‘rtasida kechadigan kurash maydoni sifatida tasavvur qilinadi. Olamdagi barcha yahshilik, ezgulik, yorug‘lik kuchlarini Ahura Mazda yaratadi va boshqaradi. U о‘zining 6ta yordamchilari muqaddas ruhlar orqali insonlar, chorva, olov, yer, osmon, suv, о‘simliklar dunyosiga homiylik qiladi. Anhra Manyu barcha yovuzlik va zulmat kuchlarining timsoli sifatida Jin, Shayton, Iblis, Alvasti, Jodugar, dev, ajdaho, ilon kabilarni yaratib ular yordamida odamlar qalbiga qо‘rquv, dahshat solib, ularni о‘ziga tobe qilishga urinadi. Zardushtiylikning harakterli hususiyatlaridan biri kо‘pgina ahloqiy tushunchalar insoniy tus berilgan mavhum shaklda bayon etiladi. Kishilar tasavvuridagi yovuzlik va ezgulik kuchlari badiiy obrazli ifodalanadi, insoniy tus beriladi. Odamlar ikki qudrat о‘rtasida hayot kechiradilar. Yahshilik va yomonlik kuchlari doimo bir-birlariga qarshi kurashadilar. Kishilar о‘z amaliyishlari bilan, ahloqiy sifatlari bilan yovuz kuchlarga qarshi ezgu ruhlarga kо‘maklashuvi lozim. Avestoda uchta sо‘z muqaddas hisoblanadi. Yahshi fikr, yahshi sо‘z, yahshi amal. Mifologik dunyoqarashga asoslangan Zardо‘shtiylik ta’limotining markaziy muammosi odam Bilan olam о‘rtasidagi о‘zaro aloqadorlik jarayonini tahliliga qaratilgan. Bu ta’limotga kо‘ra, odam borlig‘i olam borlig‘i Bilan bevosita aloqador. Ushbu ta’limotga muvofiq butun olam borlig‘i tuproq, suv, xavo, olovdan iborat. Odam borlig‘i xam shu tо‘rt unsurdan iborat. Shuning uchun ushbu tо‘rt unsur muqaddas hisoblanadi. Odamzod tuproqda vujudga kelib, tuproqqa qaytishi lozim degan nuqtai nazar zardо‘shtiylik ta’limotining eng muhim g‘oyalaridan biridir. Odam о‘lgandan keyin uni muqaddas tuproqqa qaytarmoq uchun, avvalo, tanani gо‘shtdan ajratmoq lozim deb hisoblagan. Chunki, odam gо‘shti xarom bо‘lganligi bois muqaddas tuproqni bulg‘ashi mumkin. Shuning chun ham murdaning gо‘shti suyagidan ajralib qolgandan sо‘ng suyagi maxsus moslamaga solib kо‘milgan. Tabiatdan olingan odamzod tanasi Yana о‘ziga qaytarilgan. Zardо‘shtiylik ta’limotda insonning barkamolligini belgilashda nafaqat tashqi qiyofasi, balki ma’naviy dunyosi hal qiluvchi ahamiyatga ega. Avestoda bayon etilgan g‘oyalar, ya’ni olam ikki asos, ikki ibtidoning – yorug‘lik bilan zulmat, yaxshilik bilan yomonlikning tо‘xtovsiz kurashidan iborat degan g‘oya tasviriy san’atda keng in’ikos ettirildi. Yaxshilik va ezgulik xudosi Ahuramazda yer, о‘simlik va b. hamma tabiiy boyliklarni yaratgan. Uning timsoli ikki oltin qanotini keng yoygan qush ustida ketayotgandek tasvirlanadi. Yomonlik va yovuzlik timsoli Anxramaynu Ahuramazdaga qarshi tо‘xtovsiz kurashadi, ammo uni yengishga ojizlik qiladi. Bu kurash abadiy davom etadi. Yaxshilikni ifodalovchi kuchlar osmonda, yomonlikni ifodalovchi kuchlar yer ostida joylashgan, yer sathi esa, kurash maydonidir. Hayotdagi turfa о‘zgarishlar qaysi kuchning g‘alaba qilishiga bog‘liq. Inson ham tana va ruhning, axloq esa yaxshi va yomon xulqning о‘zaro kurashidan iborat. Cheksiz, abadiy fazo va vaqt ham ikki qarama-qarshi qismdan: yaxshilik, Ahuramazda hukmron bо‘lgan abadiy yorug‘lik bilan yomonlik, Anhramaynu hukmron bо‘lgan abadiy zulmatdan tashkil topadi. Dunyoni boshqarishda Axuramazda о‘ziga hamda 6 ta buyuk fazilatga tayanadi: Bularning birinchisi – ezgu fikr, ikkinchisi – eng oliy haqiqat, uchinchisi – muqaddas e’tiqod, tо‘rtinchisi – hukmronlik xohishi, beshinchisi – yaxlitlik hamda oltinchisi – mangulikdir. Bunday yuksak, oliy tushunchalar inson tafakkurining yuqori darajasida shakllangan. Biroq, zulmat kuchlarining timsoli sifatida Anhramaynu odamlarni о‘ziga tobe qilishda jin, shayton, iblis, alvasti, jodugar, dev, ajdaho, ilon kabilar yordamidan foydalanadi. Qadimgi dunyo va о‘rta asr tasviriy san’atida bu yovuz kuchlar juda yaqqol va imkoni qadar qо‘rqinchli qilib tasvirlangan. Ilohiylik hamma dinlarda ham ezgulik, yuksaklik, ulug‘vorlik, yorug‘lik tushunchalari bilan bog‘liq. Zardusht ta’limotida ham yaxshilik ilohiga olijanob fazilat va hislatlar qiyos berilgan. Avestodan olingan quyidagi parcha bunga dalildir: “Axuramazda dedi: mening nomim – Sо‘rovchidir, ikkinchisi – Matlub, uchinchisi – Qudrat, tо‘rtinchisi – Haqiqat, beshinchisi – Barcha Eyegulik, sakkizinchisi – Ta’limot, tо‘qqizinchisi – Men muallimman, о‘ninchisi – Avliyodirman, о‘n birinchisi – Muqaddasman men, о‘n ikkinchisi – men Axuraman, о‘z uchinchisi – Qudratlidirman, о‘n tо‘rtinchisi – yovuz emasman, о‘n beshinchisi – men Tolibdirman, о‘n oltinchisi – barcha narsaning Download 105.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling