Telekamunikatsiya texnologiyalari
- Xristianlikning paydo bo‘lishi, aqidalari, asosiy
Download 105,08 Kb.
|
- Xristianlikning paydo bo‘lishi, aqidalari, asosiy
yo‘nalishlari, taʼlimotlari va manbalari. Xristianlik. 1. Xristianlik jahon dinlaridan biri bo`lib, eramizning 1-asri 2-yarmida Rumo imperiyasining sharqiy viloyatlarida ko`p xudolik dinlari o`rniga qullar va mazlum elatlarning dini sifatida yakka xudolik (monoteistik) shakldagi tarzda shakllangan. Demak, u dastavval demokratik xususiyatga ega bo`lgan. SHuning uchun tez, oson tarqalgan. Davrlar o`tishi bilan uning ushbu xususiyati kamayib, hukmron tabaqalarning dini bo`lib qolgan. Mazlum tabaqalar o`zlarini g’oyat og’ir, musibatli va kulfatli hayotdan go`yo qutqaruvchi, xaloskor-messiya kelishiga umid bog’latadigan dini sifatida yuzaga kelgan. Xristianlikda xuddi yahudiylik, islomga o`xshab ajr, ya`ni taqdirlanish, rag’batlanish g’oyasi bo`lgan. Unga binoan, diniy taoqiqlarni buzganlik uchun jazo olish yoki dinga sadoqat bilan amal qilishlik, taqvodor hayot kechirganlik uchun g’ayri tabiiy kuchlarning taqdirlashidir. YAngi dinni tarqatuvchi mazlumlarni aldash uchun shu uydirmadan foydalanganlar. Bu ajr yakka xudolik dinlariga asoslangan ijtimoiy ahloqqa, ilohiyotga xos g’ayri ilmiy taolimotdir. Islomdagi kabi xristianlikda ham do`zax va jannat haqidagi taolimotida ajr kontseptsiyasi o`z ifodasini topgan. Unga binoan odamlar bu reja dunyodagi yaxshi yoki yomon xatti-xarakatlari uchun oxiratda ajrini tortadi deyiladi. Gunoxkorlar do`zax azobini tortar, taqvadorlar jannat rohatini ko`rar emishlar. "Dinshunoslik" ajrni, u bilan bog’langan jannat va do`zax tushunchasi faqat diniy g’oyada mavjud deyiladi. Ularni ibtidoiy din koxinlari o`ylab topgan; odamlarni dinga bo`ysundirish, unga ishonmaganlarni, ogohlantirish uchun o`ylab topilgan; bu diniy fikr dindan dinga o`tib, murakkablashib, butun boshli esxatologiya g’oyasi vujudga kelgan. Agar u rost bo`lsa, qiyomat bo`lib, er yuzi yakson bo`lishi, tiriklar halok bo`lib, hamma o`lganlar qayta tirilishi kerak. etnografiya bergan maolumotlarga ko`ra hozirgacha dunyoga 70 mld. Odam kelib ketgan. Barcha dinlar kabi xristianlik ham zamonlar o`tishi bilan sinfiy jamiyatlarda xukmron sinf va ijtimoiy tabaqalar maqsadlariga muvofiqlashtirilgan; IVasr boshlariga kelib Rumo imperiyasining davlat diniga, hukmron mafkurasiga aylangan. Xristianlik rivojiga Konstantinopolp patriarxi Nestoriy o`zining ilohiyotga doir qarashlari bilan muayyan xissa qo`shgan. Qandaydir sabablarga binoan VI asrdan boshlab, quvg’inga uchrab nestoriylar Markaziy Osiyoga ko`chib kela boshlaganlar. Ular faktoriyalar deb atalgan diniy uyushmalar tashkil etib, Sug’diyonada xristian dinini tarqatganlar. Natijada majusiylik dinlari zamon talablariga javob berolmay qolgach, ulardan yuz o`girib, xatto Turk xoqonlari, mo`g’ul xonlari orasiga ham xristianlik yoyilgan. Xristianlikning kosmopolitik, ya`ni elat, xalq, millat ajratmaydigan din ekanligi oldin mazlumlar manfaatlarini ifodalagan, unda missionerlik, ya`ni dinni tarqatish harakati kuchliligi, ijtimoiy siyosiy, ahloqqa xos dasturlarning mavxumligi, sinfiy va milliy farqlarni baravarlashtirish bu dinning nisbatan tez tarqalishiga imkon bergan. X asrda Kiev Rusi cho`qintirildi. SHundan boshlab, u Rusiyaga ham yoyila boshladi. Xristianlik butun Evropa, SHimoliy va Janubiy Amerika, Avstraliya qitoalariga yoyilgan. Missionerlik hozir ham keng ko`lamdadir. Masalan, O`zbekistonda koreyslar nisbatan bir joyga to`planib yashayotgan qishloqlarda rus cherkovlari qurilib, koreyslarni ham xristianlikka cho`qintirmoqda. Ilgari musulmon bo`lib, Amerikaga kelib qolgan negrlar ham xristian bo`layotir. Xulosa shuki, xristianlik 1-asrda Rumoda paydo bo`lib, so`ng hokim sinflarning davlat dini va xukmron mafkurasiga aylanib, pirovardida jahon diniga aylangan. Ilk xristianlik jamoalari iudaizm(yaxudiylik) doirasida paydo bo`lgan. SHuning uchun Bibliya har ikkala din uchun birday muqaddas yozuvdir. 2. Ilk xristianlik diniy taolimotining Pavel va uning shogirdu izdoshlari bayon qilganlar. 325 yili bo`lib o`tgan jaxon Nikeya sabori (maxsus yig’ini) xristianlikka xos asosiy aqidalarning qisqacha bayonini bitgan; bu xristian eotiqodining ramzi (simvoli) bo`lib, islomdagiga o`xshagan iymon kalimasi bo`lib qolgan. Xristianlik taolimotining asosiy mazmuni-xudoning o`g’li - xudo-odam Iso Masih haqidagi taolimotdir, rivoyatlarga qaraganda u go`yo osmondan tushib, odamlarni dastlabki gunoxlardan xolos etish uchun g’ayridinlarning qiynoqlari va o`limiga rozi bo`lgan; uni krestga o`xshagan parchinlab o`ldirgan; krest shundan kelib chiqqan; undan so`ng mo`jiza yuz berib, u tirilgan va yana osmonga chiqib ketgan emish. Bu dinga ko`ra oxiratda Iso yana 2-marta osmondan qaytib tushib, tiriklaru o`liklarni sud qilar ekan. Xristianlarni turli navolarga bo`lib, gunoxkorlarni duzaxga, savoblilarni jannatga jo`natar emish. Boshqa dinlar, chunonchi yahudiylikda ham shunday rivoyatlar bor. Iso o`gitlarida uning muhlislariga bu o`gitlar amal qilish, turli mashaqqatlarga Iso kabi chidash shartligi, buning evaziga esa ular oxiratda ajr (mukofot, rag’bat)ga erishishlari xristianlikdagi asosiy daovolar singdirilgan. Xristianlik ham boshqa dinlar kabi o`zga dinlar taosiriga duch kelgan. Uning taolimotining tarkib topishiga SHarq diniy eotiqodlari, ayniqsa yaxudiylarning mahdiylik haqidagi uydirmalari, yaxudiy-YUnon va undan keyingi davrlarning falsafiy g’oyalari taosir etgan. Xristianlik taolimotining shakllanish jarayoni bir necha asrga cho`zilgan. Jahon Nikeya va Konstantinapolp saborlari ishlab chiqqan eotiqod timsoli bir necha marta o`zgargan va to`ldirilgan. Bunda daxanaki janglar ko`p bo`lgan. Gunohlarni yuvish, xudoni zuhr etish, cho`qinish marosimlari, non va vinoni tatib ko`rish odatiga, ikona (but)larga topinish va hakozolarga munosabat bilan bog’liq bo`lgan kurash ayniqsa cho`zilgan. Muqaddas yozuvlar bular haqida har xil, goxo ziddiyatli fikrlar bayon etilgan. Tashkiliy jihatdan xristianlik hech qachon va hech bir mamlakatda yagonalik, yaxlitlik kasb etmagan. Hozir ham shunday. Bu hol ushbu dinning ham turli saviyadagi, har xil manfaatni ko`zlangan odamlar boshqa-boshqa sharoitlarda yashagan ruxoniylar ijod qilganliklaridan dalolat beradi. Bu xolatni xristianlikning o`rta asrlardayoq 3 yirik oqimga - pravoslavie, katolitsizm va protestantizmga bo`linib ketganligidan izoxlash mumkin. Bu ham etmagandek, bularning har birini yana turli yo`nalish, gurux, sektalarga bo`linib ketgan. Natijada xristianlik chuqur inqirozga uchragan, parchalangan; undan yuz o`giruvchi, unga qarshi chiquvchilar, g’oyat ko`paygan. Krizisdan qutilish, dinni halokatdan saqlab qolish, katolik cherkovi uchun XIII asrda inkivizitsiya, ya`ni cherkov sudi tashkil etilgan. Vatikanda Papa xokimiyati tuzilgan. Inkvizatsiya bidoatga, papa xokimiyati dushmanlariga, dunyoviy bilim vakillariga qarshi kurashish uchun tuzilgan. U yuz yillar davomida amal qilib, o`taketgan shafqatsizlik qilgan. Millionlab odamlarni jismoniy qiynoqlarga solgan, qamoqxonalarda chiritgan; hatto olovda kuydirgan. Masalan, ulug’ olim, faylasuf Djordano Bruno gulhanda yondirilgan. Galiley 27 yil qamoqxonada azob tortgan. Natijada xristianlikka qarshi qo`zg’olon, isoyon, g’alayonlar, refarmatorlik, zamonaviylashtiruvchilik, fundamentalistik va ekstremistik harakatlar avj olgan. Hozir nisbatan biroz tinchigan. Xulosa shuki, xristianlikning taolimoti mohiyati g’ayri ilmiy, mazmunan keskin ziddiyatli, shaklan xilma-xil, ko`p tarmoqli dindir. Faqat katolitsizmlarida regional tashkilotlar juda ko`p. Rusiyadagi pravoslaviya cherkoviga patrialxal sinod rahbarlik qiladi. Uning bosh rahnamosi hozir Aleksiy II dir. 3. Xristianlikda ham axloq masalalariga katta eotibor berilgan. Xozir ayniqsa shunday. Xristian isloxiyotchilari bu dindagi axloqiy meoyorlarni umuminsoniy deb daovo qilib, bu axloqning o`zini esa eng oliy darajali va insonparvar axloq deb ishontirishga zo`r berib o`rinadilar. Buning uchun ular 1- navbatda mexr- muxabbat xaqidagi g’oyani dalil qilib keltiradilar. Ayni paytda xristian iloxiyotchilari bu dindagilar gunoxiga botganliklari uchun xristian axloqini odamlar ongiga sindirish mumkin Download 105,08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling