Telekamunikatsiya texnologiyalari


hisobchisi, о‘n yettinchisi – har narsani k


Download 105.08 Kb.
bet2/6
Sana24.10.2023
Hajmi105.08 Kb.
#1718124
1   2   3   4   5   6
hisobchisi, о‘n yettinchisi – har narsani kо‘ruvchi, о‘n sakkizinchisi
Asraguvchi о‘zim, о‘n tо‘qqizinchisi – yaratguvchi о‘zim,
yigirmanchisi – men Mazdaman”. 1
Zardushtiylikda eng yuksak qadriyat – tabiatdir, u ham, inson borlig‘i ham
tо‘rt unsur – tuproq, suv, havo, olovdan tashkil topgan, shuning uchun
bular muqaddas hisoblangan. Olovga sig‘inish ustuvor bо‘lgan bu dinda
ibodatxonalar qurilib, ularda olov yoqadigan maxsus joy bо‘lgan. Ekologik
ongning sodda, lekin yuqori darajada rivojlanishi tufayli tabiatni asrash
inson uchun muqaddas burch deb belgilangan. Shuningdek, havoni
bulg‘ash, jasadlarni yerga kо‘mib tuproqni ifloslantirish, о‘likni suvga oqizish
yoki gulxanda yoqish kabilar gunoh hisoblangan.
Odamzod shu tuproqdan vujudga kelib, yana shu tuproqqa qaytadi. Odam
gо‘shti harom hisoblangan, u muqaddas tuproqni bulg‘amasligi uchun
gо‘shti suyagidan ajratilgan, maxsus ostadonlarga solib kо‘milgan. Bu
davrda ostadonlar san’ati rivojlangan. Ular maxsus joylarga bino etilib,
ortiqcha bezak va tasvirlarsiz qurilgan. Arxeologik tadqiqotlar natijasida
topilgan ostadonlar tasviri bundan dalolat beradi.
Barkamol insonni shakllantirish Avesto mazmunida markaziy о‘rinni
egallaydi. Inson erki, hayotining farovonligi, turmushining gо‘zal bо‘lishi
haqidagi g‘oyalar о‘sha davr estetik madaniyatidan guvohlik beradi. Ushbu
asarda aytilishicha, Axuramazdadan, “yer yuzidagi eng yaxshi joy
qayerda?”, deb Zardusht savol sо‘raganida, u, “inson qayerdaki о‘ziga uy
tiklab, oilasi, chorvasi va itlari bilan tо‘q yashasa, uyida noz-ne’matlari
muhayyo bо‘lib, xotini va farzandlari farovon turmush kechirsa, uyida
e’tiqodi sobit, olovi alangali bо‘lsa, ana shunday gо‘sha ulug‘dir”, deb javob
beradi.
Zardushtiylikning о‘ziga xos xususiyatlaridan biri ham – ezgulik va yovuzlik
kuchlarini inson qiyofasidagi ruhlar timsolida badiiy obrazli tasvirlashidir.
Ezgulik kuchlarining timsoli sifatida dehqon va chorvador obrazi tarannum
etilgan. О‘sha davr nuqtai nazaridan, turmush farovon bо‘lishining asosiy
omili – inson mehnati, dehqonchilik va chorvachilik bilan yaratilajak
ne’matlar bо‘lgani uchun ham mehnatning bu turi muqaddaslashtirilgan va bularning barchasi inson uchun edi.
Bu dinda mehnat inson qadrini yuksaklikka kо‘taruvchi fazilat sifatida
ulug‘langan. Saxovatli inson birinchi galda mehnat qilishi, о‘z qо‘li bilan noz
ne’matlar yaratishi zarur deydi. Avestoda mehnat qilmaydigan inson
haqiqatan ham tilanchilar qatorida ekani, bunday kimsa doimo begona
eshiklarga tiz chо‘kib, abadul-abad bosh egib turishi haqida ogohlantirilgan.
Dehqonchilik bilan shug‘ullanish esa, о‘n ming marta ibodat qilishdan afzal
hisoblangan. Dehqonning yerga urug‘ sochishi, g‘alla yetishtirishi yovuzlikka
berilgan zarba sifatida baholangan. Zardushtiylikda farovonlik, mо‘l
kо‘lchilik timsoli sifatida dehqonchilik ma’budasi Anahita obrazi yaratilgan
va juda qadrlangan. Anahita baquvvat, kelishgan va gо‘zal ayol qiyofasida,
mehnatkashlik va tо‘qchilik ramzi sifatida tasvirlangan. Inson qadri uning
mehnati bilan baholangani tufayli odamning sog‘lom va durkun bо‘lishi
lozim. Bu dinda hatto rо‘za tutilmaydi, chunki tо‘yib ovqat yemagan kishi
о‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajara olmaydi, deb hisoblangan.
Markaziy Osiyo xalqlarining о‘tmishi, boy tarixi, an’analari, madaniyati
Avestoda о‘z aksini mukammal topgan. Mifologik dunyoqarash ijtimoiy
ongning asosiy shakli bо‘lgan bu qadimgi davrda о‘ziga xos xalq og‘zaki
ijodi, naqllari, afsonalari yaratilgan hamda bular orqali xalqning qadriyatlari,
orzu intilishlari ifoda etilgan.
Shaxs nafosati, gо‘zalligi bilan bog‘liq qadriyatlar Zardushtiylikda juda
yuqori о‘ringa qо‘yilgan. Gо‘zallik, ulug‘vorlik, salomatlik tо‘g‘risidagi
tushunchalar san’at asarlarida yuksak did bilan badiiy tasvirlangan.
Masalan, Avestodagi Axuramazda qiyofasining tasvirlanishi, Anahitaning
salobati va chiroyi, Mitraning qahramonligi va mardligi tasvirlangan
sahifalar fikrimizga dalil bо‘la oladi.
Avestoning Ardvisura Anahita qasidasida Axuramazda Anahitani suv va
о‘simliklarga eng yaxshi iloh sifatida yaratganligi ulug‘lanadi.
Demak, Anahita – gо‘zal tabiat kuychisi, nabotot olamining homiysi,
dehqonlarga mо‘l-kо‘lchilik bag‘ishlovchi muruvvatli ayol, muqaddas
ma’buda tarzida ulug‘lanadi, san’at asarlarida tasvirlanadi.
Zardushtiylik ta’limotiga kо‘ra, odam о‘lgandan keyin uning joni tanada uch
kun turadi. Tо‘rtinchi kuni jon gо‘zal qiz qiyofasida farishtalar
yо‘lboshchiligida narigi dunyoga jо‘naydi. Narigi dunyoda gо‘zal qiz chinvot
kо‘prigidan о‘tadi. Agar bu dunyoda qilgan yaxshiliklari kо‘p bо‘lsa, kо‘prik
kengayadi, agar umrida birovga yaxshilik qilmagan, gunohlari kо‘p bо‘lsa,
kо‘prik torayadi va undan о‘tish mumkin bо‘lmay qoladi. Bunday kishilar
joni jahannamga tushadi. Avestoda, garchi о‘ta sodda, mifologik tarzda
bо‘lsa-da, inson qilgan ishlari uchun mas’ul ekanligi g‘oyasi ilgari suriladi.
Oxiratda gunohkorning joni, о‘ziga azob berayotgan yovuz devlardan,
“sizlar kim, men yorug‘ jahonda xech qachon kо‘rmaganim yaramas va
manfur kishilarmisizlar?”, deb sо‘rganda, ular: “biz devlar emasmiz, sen
о‘ylagan, gapirgan va qilgan yovuz fikrlar, yovuz sо‘zlar, yovuz ishlarmiz” 1 , deb javob beradi, deb tushuntiriladi.
Markaziy Osiyo xalqlari dunyoqarashi, ma’naviyati va madaniyatining
dunyoga tanilishida hamda keyinchalik jahon dinlarining shakllanishida
Zardushtiylik muhim va о‘ziga xos о‘rin egallagan.

Download 105.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling