Baxtiyor mengliyev
Download 1.62 Mb. Pdf ko'rish
|
3 b.mengliyev-hozirgi o‘zbek tili (darslik)
Yelena Polonskaya
8 Manbani o‘rganishning har ikki bosqichi ham birday muhim, ikkinchisini birinchisisiz, birinchisini ikkinchisisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ularni bir-biridan uzish, qarama-qarshi qo‘yish mumkin emas. Bilishning ikki zaruriy bosqichi ham cheklangan. Ya’ni empirik bilim nazariy xulosalar uchun material bo‘lib xizmat qiladi. Nazariy bilim empirik dalillarsiz asossiz. Shuning uchun nemis shoiri Hyote “Nazariya quruq yog‘ochdir” deya nazariy bilimning empirik dalillardan uzilganligiga e’tiborni tortadi. Bilishning ikki zaruriy bosqichi o‘zbek tilshunosligi taraqqiyotida ham o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladi. O‘zbek tilshunosligi (XX asrning 20-yillaridan 80-yillarigacha) amaliy bosqichni bosib o‘tdi. Bu davrda amalga oshirilgan ishlar quyidagilardan iborat edi: 1) tilning sathlarini, tilshunoslikning bo‘limlarini aniqlash; 2) har bir sathga doir birliklarni chegaralash; 3) birliklarning sezgi a’zolariga ta’sir qiladigan alomatlarini yoritish. Masalan, fonetikada hozirgi o‘zbek tilidagi 6 ta unli, 24 ta undosh aniqlanib, ularning bevosita sezgi a’zolariga ta’sir qiluvchi xossalari (nutq a’zolarining harakati, tovushlarning eshitilishi, cho‘ziq/qisqaligi, baland/pastligi, kuchli/kuchsizligi kabilar) o‘rganildi. Biroq har bir tovushning mohiyati, ya’ni substansiyasiga bu zohiriy belgilar qay darajada daxldor degan muammo keyinchalik – nazariy o‘rganish jarayonida – fonemalarning variant-invariantlik muammosi ostida tadqiq qilindi. Har bir tovushning mohiyati nazariy bosqichda ochib berildi. Bunday holatni morfologiyada ham kuzatish mumkin. Bunda so‘z turkumlari, har bir turkumga xos grammatik shakllar aniqlandi. Grammatik shaklning zohiriy belgilari – so‘zlarga qo‘shilish, ularni biriktirish jarayonidagi aniq sezilib turuvchi ma’no va vazifalari – nutqiy xususiyati tadqiq qilindi. Masalan, har bir kelishikning 20 dan 50–60 tagacha ma’nosi ajratilib, tavsiflandi. Bu ma’nolarni yanada ko‘paytirish mumkin edi, zero hodisalar cheksizdir. Quyidagi misollarga diqqat qiling: Gulnoraning kitobi Gulnoraning opasi 9 Gulnoraning uyi Gulnoraning yig‘isi. Bunda fahmiy (empirik) yondashuv qaratqich kelishigining “qarashlilik”, “mansublik”, “egalik”, “bajaruvchi” kabi ma’nolarini farqlashni taqozo qiladi (qatorni yana davom ettirish va ma’nolar sonini ko‘paytirish mumkin). Bular – zohiriy ma’nolar, nutqiy hodisalar. Empirizmda mohiyatga tomon bundan chuqurroq borish talab qilinmaydi. Nazariy o‘rganishda kelishikning har bir qo‘llanishidagi farqlardan “ko‘z yumilib”, ular zamiridagi umumiy jihat qidiriladi. Keltirilgan kelishikli birikmalardagi farqlarning (kitob), (opa), (uy), (yig‘i) va boshqa so‘zlar ta’sirida ekanligini nazariy yo‘l bilan aniqlaydi hamda shu asosda qaratqich kelishigining mohiyatini ochadi. Nazariy o‘rganish jarayonida til hodisalarida zohiriy (nutqiy) va botiniy (lisoniy) jihat izchil farqlanadi. Har bir birlik yondoshlari bilan o‘zaro munosabatda o‘rganiladi, ular bir sistema sifatida qaraladi. Masalan, yuqoridagi misollarning birinchisida (Gulnoraning kitobi) qaratqich kelishigining “qarashlilik”, ikkinchisida (Gulnoraning opasi) “mansublik” nutqiy (xususiy) ma’nolari voqelangan. Biroq qaratqich kelishigi shaklining barcha qo‘llanishi uchun umumiy jihat – “oldingi so‘zni keyingi so‘zga tobelash” ma’nosi bevosita sezgi a’zolari yordamida anglashilmaydi, balki ong bilan idrok etiladi, shuning uchun u lisoniy ahamiyatga ega. Bu umumiylik yuqoridagi misollarda “Gulnora so‘zining opa so‘ziga qaratuvchilik munosabatini ifodalashi”, “Gulnora so‘zining kitob so‘ziga qaratuvchilik munosabatini ifodalashi” tarzida bevosita kuzatishga chiqqan, sezgi a’zosi bilan his qilinadigan qiymat kasb etib xususiylashgan. Empirik yondashuvda har bir birlik alohida-alohida tekshiriladi. Masalan, a unlisini boshqa unlisiz, biror zamon yoki kelishik shakli esa boshqasidan ajratib, uzib o‘rganiladi. Nazariy o‘rganish bosqichida esa ular o‘z sistemadoshi (o‘zi bilan bir sistemaga kiruvchi) bilan yaxlitlikda tahlil etiladi. Har bir birlik, deylik, biror unlining, boshqa sistemadoshi, ya’ni boshqa unli bilan o‘zaro munosabatida namoyon bo‘ladigan belgisi nazariyotchi tishunos uchun belgilovchi ahamiyat kasb etadi. Bitta unlini ajratib olib 10 o‘rganish empirik o‘rganish deyiladi. Бир unlini boshqa unlilar qurshovida o‘rganish nazariy o‘rganish, sistem yondashuv deb ataladi. Nazariy tilshunoslik har qanday birlikning mohiyati uning boshqa sistemadoshlariga munosabatini chuqur tahlil qilish bilan ochiladi, degan metodologiyaga tayanadi. Masalan, o unlisining mohiyati uning boshqa unlilar bilan o‘xshash va farqli tomonlarini aniqlash asosida ochiladi. Biror til birligining boshqa til birligiga o‘xshash va farqli jihatlari bo‘ladi. Bu munosabat deyiladi. Masalan, bir unlining boshqa unlilarga o‘xshashi va ulardan farqlanishi munosabat termini bilan baholanadi. Yoki bosh kelishik shaklining boshqa kelishiklarga o‘xshashligi va farqlanishi “bosh kelishikning boshqa kelishiklarga munosabati” deb tushuntiriladi. Munosabatlardan uzib baholangan narsa haqidagi bilimlar mavhum va ziddiyatli bo‘ladi. Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling