Baxtiyor mengliyev


Leksema semantik imkoniyatining torayishi


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/144
Sana01.11.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1738753
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   144
Bog'liq
3 b.mengliyev-hozirgi o‘zbek tili (darslik)

 
Leksema semantik imkoniyatining torayishi. Leksema 
sememasining biror tomondan ixtisoslashuvi boshqa sememaning 
butkul so‘nishiga olib keladi. Masalan, keng qamrovli tushunchani 
ifodalovchi leksemalarning qamrovi torayib ketadi. Bu, ayniqsa, 
turdosh otning atoqli otga aylanishida, so‘zning terminologik 
mohiyat kasb etishida yaqqol ko‘zga tashlanadi. 
Mantiqiy mushohada uchun 
Bir kishi yo‘lovchi avtomobilni to‘xtatib: 
– Aka, qayoqqa ketyapsiz, men falon joyga bormoqchi edim
olib ketmolmaysizmi, iltimos, – dedi. 
Olib ketardim, endi olib ketmayman, – dedi haydovchi va 
mashina yeshigini shartta yopib, jo‘nab ketdi. 
Hadovchi nega ranjidi? 
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar 
1.Hosila semema qanday vujudga keladi? 
2.Metaforaga ta’rif bering. 
3.Sinekdoxaning mohiyatini tavsiflang. 
4.Metonimiya nima? 
5.Sinekdoxa va metonimiyaning umumiy va xususiy jihatlari 
haqida gapiring. 
6.Vazifadoshlikni tavsiflang. 
7.Sinekdoxa va vazifadoshlikning umumiy va xususiy jihatlari 
haqida gapiring. 
 
162


Test 
1.Polisemantik leksema ma’nolarini farqlovchi omil: A) 
sinonimik va antonimik qator B) uyadoshlik va graduonimik qator 
C) variantdoshlik va omonimik qator D) ko‘chish usuli. 
2.Bir predmetdagi tashqi belgining boshqa bir predmetdagi 
xuddi shunday belgiga o‘xshashligiga ko‘ra so‘z ma’nosining 
ko‘chimi qanday nomlanadi? A) metonimiya B) sinekdoxa C) 
vazifadoshlik D) metafora.
3.Bandangman, xudoyimsan jumlasidagi xudoyim so‘zi qanday 
ko‘chim hisoblanadi? A) metonimiya B) metafora C) kinoya D) 
vazifadoshlik. 
4.Men otamga qarayman, parvarish qilaman gapida qaramoq 
so‘zida qanday ko‘chim mavjud? A) metonimiya B) metafora C) 
kinoya D) vazifadoshlik.
5. Metafora yo‘li bilan ma’nosi ko‘chgan leksemani aniqlang. 
A) Samolarga ucharman, yulduzlarni qucharman B) Qahraton qish 
keldi C) Tuyog‘imiz ko‘paysa ko‘paydiki, kamaygani yo‘q D) 
To‘g‘riga zavol yo‘q.
6.Bitta shu tayoq bilan oltita bolani boqdim. Ushbu gapdaga 
ma’no ko‘chish yo‘lini toping. A) leksemalar o‘z ma’nosida 
qo‘llangan B ) metonimiya C) metafora D) vazifadoshlik.

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling