Baxtiyor mengliyev


Leksema nutqiy ma’nosining ixtisoslashuvi natijasida


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/144
Sana01.11.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1738753
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   144
Bog'liq
3 b.mengliyev-hozirgi o‘zbek tili (darslik)

1.Leksema nutqiy ma’nosining ixtisoslashuvi natijasida 
yangi sememaning vujudga kelishi. “Qushning ikki yonida 
harakatlanib uchish vositasi” sememasigagina ega bo‘lgan qanot 
leksemasi bugungi kunda “samolyotning ikki yonidan chiqib 
160


turgan havoda suzish va muallaq turish vositasi” sememasiga ham 
ega polisemantik leksemaga aylangan. 
2.Aniq ma’noning mavhum ma’noga aylanishi natijasida 
ixtisoslashuvga zid ma’noviy kengayish yuz berib, yangi 
sememaning vujudga kelishi. Masalan, otlanmoq leksemasining 
dastlabki sememasi “otga minish” bo‘lib, bugungi kunda bu 
semema o‘ta kuchsizlanib, leksema, asosan, “biror joyga borish 
uchun hozirlanish» sememasi bilan yashaydi. 
Mustaqil o‘zlashtirish uchun 
Gugurt uyni ham isitadi, yong‘in
chiqarishi ham mumkin 
Disfemizm (qo‘pol ifoda)larning muloqot xulqini ifodalovchi 
vosita sifatidagi roli o‘ziga xos. “Demokratiya”ning jadallashuvi 
natijasida, 
qolaversa, 
1948-yil 
10-dekabrda 
BMT 
bosh 
Assambleyasi tomonidan inson huquqlari Deklaratsiyasida so‘z 
erkinligi to‘g‘risidagi Qonunning qabul qilinishi natijasida G‘arb 
OAV va boshqa axborot manbalarida disfemizmlardan foydalanish 
ommalashib ketadi. Hatto endilikda uni o‘rganish, tasnif qilish
talqin va tahlil etish davr taqozosi sifatida qaralmoqda. Biroq 
disfemizm 
nafaqat 
bo‘yoqsiz, 
betaraf 
ma’noni 
buzish, 
qo‘pollashtirish bilan, balki tabulashtirilgan mazmunning o‘zini 
ochiq ifodalashi bilan ham xarakterlanadi. Sharq madaniyatida 
bunday ifodalardan, aksariyat hollarda, voz kechiladi. Masalan, 
“Qur’on — maxluqdir" degan gap chiqib, ixtilof kuchayib, hatto 
xalifalar odamlarni shu gapni aytishga majburlashgacha ham 
borishgan. Fitna jarayonida “mashhur ulamolar hammaning oldida 
shu gapni aytsa, keyin xalq shunga ergashadi” degan maqsadda 
buyuk olimlarni ham aytishga majburlashgan paytlar bo‘lgan. 
Biroq Ahmad ibn Hanbal boshliq ulug‘ olimlar bunga ko‘nmay 
turib olishgan. Urib-kaltaklab, qamab, qiynashsa ham, bu gapni 
aytishmagan. Shunda ba’zi olimlar bu gapni ishora bilan aytib, 
vaziyatdan qutulib chiqib ketishgan. Ularning ichida imom 
Shofe’iy rahmatullohu alayh ham bo‘lgan ekanlar. U kishini 
xalifaning oldiga olib kelib, hammaning oldida shu gapni aytishga 
majburlashganda imom Shofe’iy:
161


– Qo‘lingda turgan narsani aytyapsanmi? – deb so‘raganlar.
– Ha, shuni, – deyishgan. 
– Ha, u maxluq, – deganlar. 
Shu javobidan keyin u zotni tinch qo‘yishgan. Aslida imom 
Shofe’iy xalifaning qo‘lida turgan qog‘oz kitobga ishora qilganlar 
va maxluq deganda Allohning kalomini emas, balki qog‘ozga chop 
qilingan, muqovalangan kitobni nazarda tutganlar. Ko‘rinadiki, 
zakiy alloma disfemik vositadan unumli va mantiqli foydalanib
o‘z e’tiqodiga putur yetkazishdan saqlangan. 

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling