Baxtiyor mengliyev


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/144
Sana01.11.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1738753
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   144
Bog'liq
3 b.mengliyev-hozirgi o‘zbek tili (darslik)

farqlovchi sema – leksemalarning farqlanuvchi semalari
differensial sema 
relevant belgi – elementlarning farqlovchi belgisi; muhim 
belgi 
irrelevant belgi – elementlarning birlashtiruvchi belgisi; 
nomuhim belgi 
 
Adabiyotlar 
1. Mirtojiyev M. O‘zbek tili semasiologiyasi. – Toshkent: Fan, 
2007. 
2.Ne’matov H., Bozorov O. Til va nutq. −Toshkent: 
O‘qituvchi, 1993.
3.Ne’matov H., Rasulov R. O‘zbek tili sistem leksikologiyasi 
asoslari. – Toshkent: O‘qituvchi, 1995. 
4.Nurmonov A. Lingvistik belgi nazariyasi. – Toshkent: Fan, 
2008. 
5.Safarov Sh. Semantika. – Toshkent: “O‘zbekiston Milliy 
ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2013.
6.Sayfullayeva R., Mengliyev B., Boqiyeva G. Hozirgi o‘zbek 
adabiy tili. – Toshkent: Fan va texnologiyalar, 2010.
152


7.Сhomsky N. Language and mind. – Cambridje: Cambridje 
Univ. Press. 2006.
8.Wilkinson P.R. Thesaurus of Traditional English Metaphors. 
-London, New York: Routledge, 1992. 
9.Tulenov J., G‘afurov Z. Falsafa. – Toshkent: O‘qituvchi, 
1997. 
16-§. Leksemaning semantik ko‘lami
Tayanch tushunchalar 
sema, atash semasi, ifoda semasi, vazifa semasi, birlashtiruvchi 
belgi, farqlovchi belgi, relevant belgi, irrelevant belgi 
O‘zlashtiriladigan tushunchalar 
Hosila 
semema, 
metafora, 
sinekdoxa, 
metonimiya, 
vazifadoshlik 
 
Bir sememali va ko‘p sememali leksemalar. Formal 
tilshunoslik bir ma’noli va ko‘p ma’noli so‘zni farqlaganligi kabi 
nazariy leksikologiyada bir sememali va ko‘p sememali leksema 
ajratiladi. Bunda formal tilshunoslik, terminologik jihatdan izchil 
bo‘lmasa-da, so‘zning lison va nutqdagi o‘rniga rioya qiladi. 
Nazariy leksikologiya nuqtayi nazaridan nutqda qo‘llangan so‘z 
har doim bir ma’noli. Chunki so‘z leksemaning bir martalik 
ko‘rinishi bo‘lib, u leksemaga zid ravishda betakrorlik tabiatiga 
ega.
Leksema bir tushunchani ifodalasa, u bir sememali leksema 
deyiladi. Masalan, qalam leksemasi bir tushunchani ifodalaydi va 
shu sababli bir sememali leksema hisoblanadi. Bunda ularning 
omonimik munosabati e’tiborga olinmaydi. Ammo leksema nutqda 
ko‘chma 
ma’noda 
qo‘llanishda 
har 
xil 
tushunchalarni 
ifodalayverishi mumkin. Lekin ma’no va tushuncha orasidagi 
munosabat ijtimoiy shartlanganlik va barqarorlik kasb etmasa, 
leksemaning ko‘p sememaliligi haqida hukm chiqarib bo‘lmaydi. 
Masalan, Qashqirlar tog‘-toshlar aro izg‘ishardi gapidagi qashqir 
so‘zi jangari to‘dani tashkil etgan kishilarni ifodalamoqda. Ushbu 
qo‘llanishda qashqir so‘zi “tog‘da yashovchi o‘ta yirtqich bo‘ri” 
153


ma’nosini emas, balki “tog‘da uya qurgan yirtqich kishilar” 
ma’nosini ifodalamoqda va leksema ongimizda ushbu ma’no bilan 
emas, balki oldingisi bilan yashaydi. Demak, bu ma’no nutqiy 
bo‘lib, tushuncha bilan vaqtinchalik bog‘lanishga ega. 
Jamiyat taraqqiy etishi bilan nutqiy hosila ma’no vaqtincha 
ifodalagan tushunchasi bilan doimiy aloqadorlik kasb etib, bora-
bora ijtimoiylashib, qo‘llanishi barqaror tus olib boradi va hosila 
nutqiy ma’no lisoniylashadi. Natijada bir sememali leksema birdan 
ortiq sememali leksemaga aylanib boradi. 
Leksema ko‘p sememali bo‘lsa, har bir sememada boshqa-
boshqa tushuncha aks etgan sememalarda farqli semalar mavjud, 
har bir sememaning nutqiy voqelanishidagi qurshovi o‘ziga xos, 
har bir sememasi asosida bog‘lanuvchi birliklar paradigmasi 
turlicha bo‘ladi. Quyida bir leksemaning lisoniy mohiyati – 
sememalari tiklanishiga diqqat qilamiz.
Bosh leksemasi birdan ortiq paradigmatik va sintaktik 
qurshovda kelish imkoniyatiga ega. Birinchi qurshovda leksema 
ega, to‘ldiruvchi kabi vazifalarda keladi va harakat, holat kabilarni 
ifodalovchi otlar bilan birikib, ot + fe’l qurshovi hosilasi sifatida 
namoyon bo‘ladi: 1. Boshim lo‘qillab og‘riyapti. 2. Kirganimda 
boshini changallab o‘tirar edi. Bunda leksemaningtananing 
bo‘yindan yuqori qismi” sememasi voqelangan. Shuningdek, 
leksema, ushbu ma’nosi bilan qo‘l, oyoq leksemalari bilan 
birgalikda tana leksemasi sistemasi tarkibiga kiruvchi unsur 
hisoblanadi. Ayni paytda kalla leksemasi bilan sinonimik qator 
hosil qiladi. 
Bosh leksemasining ushbu ushbu sememasi asosida es, aql, 
hush leksemalari bilan sinonimik munosabat, ruh, jon leksemalari 
bilan paradigma hosil qiladi. Boshi kompyuter, boshi ishlaydi kabi 
sintaktik birikuvlar hosil qiladi.
Demak, leksemaning birinchi sememasi “Tananing bo‘yindan 
yuqori qismi”, 2-sememasi “odam miyasining xususiyati” 
mazmuniga ega. 
Bundan ma’lum bo‘ladiki, leksemaning sememamalir miqdori 
uning paradigmatik, ma’nodoshlik va sintagmatik munosabatlari 
asosida aniqlanadi. Leksemalarning semantik ko‘lamini bilish 
154


izohli lug‘atlarni tuzishda juda zarur. Mavjud izohli lug‘atlardagi 
so‘zlar ma’nolarining behad ko‘pligi (ba’zan 30 tagacha 
ma’nolarning ajratilishi) lug‘atlar tuzilayotgan paytlarda o‘zbek 
semasiologiyasi hali o‘zining leksema sememalarini izchil ajratish 
darajasida 
rivojlanmasligi 
bilan 
bog‘liq 
edi. 
O‘zbek 
tilshunosligining bugungi taraqqiyot darajasi mutlaqo yangi 
tipdagi, zamonaviy izohli lug‘atlarni tuzishni taqozo etmoqda. 
Har qanday leksema, xoh u bir sememali, xoh ko‘p sememali 
bo‘lsin, nutqda ko‘p ma’noli bo‘ladi. So‘z esa nutqda hamisha bir 
ma’noli. 

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling