Baxtiyor mengliyev


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/144
Sana01.11.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1738753
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   144
Bog'liq
3 b.mengliyev-hozirgi o‘zbek tili (darslik)

Mantiqiy mushohada uchun 
1.Bormoq va ketmoq fe’llari qaysi semasi asosida birlashib, 
qaysi semasi bilan farqlanadi? 
147


2.Muhabbat va sevgi leksemalarida farqlovchi sema qaysi? 
3.So‘zum munda qolur, Borurman o‘zum (Yugnakiy) 
misrasidagi bormoq fe’lining semik tarkibini aniqlang. 
Semema semalari o‘zaro dialektik munosabatda va teskari 
mutanosiblikka ega. Sememani uchburchakka qiyoslasak, har bir 
turga mansub sema uning bir burchagini tashkil qiladi. 
Uchburchakda bir burchakning kattalashishi boshqalarining 
kichrayishi hisobiga yuz berganligi kabi sememadagi bir semaning 
kuchayishi boshqa semaning kuchsizlanishi evaziga sodir bo‘ladi. 
Masalan, mustaqil leksemada atash semasi kuchaysa, ifoda semasi 
kuchsizlashadi, ifoda semasi kuchaysa, atash semasi kuchsizlanadi. 
Masalan, ko‘chma ma’noli leksemalarda atash semasi kuchsizlanib, 
ifoda semasi kuchaygan bo‘ladi. Leksema nutqda voqelanganda 
ham uning atash semasi o‘z o‘rnini ma’lum darajada ifoda semasi 
voqelanishiga bo‘shatib beradi. Masalan, bo‘ri leksemasi odamga 
nisbatan qo‘llanganda undagi “hayvon”, “itsimonlar oilasiga 
mansub”, “yovvoyi” atash semalari kuchsizlanib, “yirtqich”, 
“vahshiy”, “qonxo‘r” ifoda semalari kuchaygan holda yuzaga 
chiqadi. 
Mustaqil leksema yordamchi so‘z vazifasida qo‘llanganda 
undagi atash va ifoda semasi kuchsizlanib, vazifa semasi esa 
kuchayib voqelanadi. 
Mustaqil o‘zlashtirish uchun 
Ko‘hna Sharqda tillar va so‘zlarning paydo bo‘lishi haqida 
Sharqda tilning taraqqiyot qonunlari, tillarning, so‘zlarning 
paydo bo‘lishi talqiniga doir bir necha nazariyalar yuzaga kelgan. 
Tabiiy nazariya, ijtimoiy kelishuv nazariyasi, izhor nazariyasi
ilhom nazariyasi shular jumlasidan.
Tabiiy nazariya (tovushga taqlid nazariyasi). Sharq filologlari 
VIII asrda so‘zlarning tashqi tovush tomoni bilan mazmuni 
o‘rtasidagi o‘xshashlikni keng muhokama qilishgan. Ibn Jinniyning 
guvohlik berishicha, bu bilan dastlab Xalil ibn Ahmad 
shug‘ullangan. Shu an’ana ta’sirida A’bad ibn Sulaymonning 
fikrlari rivojlandi. Bu nazariya bo‘yicha so‘z – insonning tabiiy 
148


tovushlarga bo‘lgan moyilligi, ularga taqlid qilishi natijasida 
yuzaga kelgan. Bu “tabiiy (tabiat) nazariya” islom ruknlariga ancha 
erkin munosabatda bo‘lgan mazhab va yo‘nalish vakillari 
(jumladan, namoyandalari Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon 
Beruniy, Ibn Sino, Ahmad Farg‘oniy kabi olimlar bo‘lgan 
mutazalliylar) tomonidan ilgari surilgan va rasmiy islomiy – izhor 
(ilohiy ne’mat) nazariyasiga zid edi.

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling