Semema
elementlar, ya’ni semalarning o‘zaro munosabatidan
tashkil topgan butunlik bo‘lib, bu jihatidan
kimyoviy moddalarni
eslatadi. Ma’lumki, kimyoviy moddalar molekula bo‘lib, ular
o‘ziga xos elementlar, ya’ni atomlardan tashkil topadi. Bu atomlar
miqdori yoki ularning o‘rni boshqasi bilan almashsa,
yangi
molekula – modda kelib chiqadi. Masalan, H
2
SO
4
(sulfat kislota)
va H
2
SO
3
(sulfid kislota) kabi.
Sememalar semalardan tashkil topadi. Masalan,
aka leksemasi
“bir avloddagi”, “qon-qarindosh”, “erkak”, “mendan katta”
semalaridan tashkil topgan bo‘lsa, ular bir butun holda “bir
avlodga
mansub, “men”ga nisbatan katta, erkak qon-qarindosh” sememasini
tashkil qiladi. Sema semema bilan qism-butun munosabatidagi
tashkil etuvchidir. U sememaning eng kichik ma’no bo‘lakchasi
bo‘lib, boshqa tarkibiy qismlarga bo‘linmaydi. Albatta, bu
tilshunoslikning hozirgi holatida shunday.
Tilshunoslikning
bugungi holati semani tarkibiy qismlarga bo‘lishga ehtiyoj sezgani
yo‘q.
Sememani semalarga ajratish amaliy ahamiyatga ega. Ma’nosi
yaqin, zid ma’noli yoki ma’nodosh leksemalarni farqlash va
izohlashda semalarga tayaniladi.
Shu boisdan tilshunoslik
semalarning mohiyatini ochish, semaning
turlarini ajratish va
farqlash bilan jiddiy shug‘ullanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: