Baxtiyor mengliyev


-§. Leksema sememasining tarkibi


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/144
Sana01.11.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1738753
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   144
Bog'liq
3 b.mengliyev-hozirgi o‘zbek tili (darslik)

15-§. Leksema sememasining tarkibi
 
Tayanch tushunchalar 
nomema, sonema, semema 
O‘zlashtiriladigan tushunchalar 
sema, atash semasi, ifoda semasi, vazifa semasi, birlashtiruvchi 
belgi, farqlovchi belgi, relevant belgi, irrelevant belgi 
Sema haqida. Har qanday butunlik qismlarga bo‘linganligi 
yoki qismlardan tashkil topganligi kabi leksemaning mazmuniy 
tomoni – sememasi o‘ziga xos elementlardan – semalardan tashkil 
topadi. Sema termini grek tilidan o‘zlashgan bo‘lib, “belgi”, 
“ramz”, “ishora” degan ma’nolarni bildiradi.
143


Semema elementlar, ya’ni semalarning o‘zaro munosabatidan 
tashkil topgan butunlik bo‘lib, bu jihatidan kimyoviy moddalarni 
eslatadi. Ma’lumki, kimyoviy moddalar molekula bo‘lib, ular 
o‘ziga xos elementlar, ya’ni atomlardan tashkil topadi. Bu atomlar 
miqdori yoki ularning o‘rni boshqasi bilan almashsa, yangi 
molekula – modda kelib chiqadi. Masalan, H
2
SO
4
(sulfat kislota) 
va H
2
SO
3
(sulfid kislota) kabi. 
Sememalar semalardan tashkil topadi. Masalan, aka leksemasi 
“bir avloddagi”, “qon-qarindosh”, “erkak”, “mendan katta” 
semalaridan tashkil topgan bo‘lsa, ular bir butun holda “bir avlodga 
mansub, “men”ga nisbatan katta, erkak qon-qarindosh” sememasini 
tashkil qiladi. Sema semema bilan qism-butun munosabatidagi 
tashkil etuvchidir. U sememaning eng kichik ma’no bo‘lakchasi 
bo‘lib, boshqa tarkibiy qismlarga bo‘linmaydi. Albatta, bu 
tilshunoslikning hozirgi holatida shunday. Tilshunoslikning 
bugungi holati semani tarkibiy qismlarga bo‘lishga ehtiyoj sezgani 
yo‘q.
Sememani semalarga ajratish amaliy ahamiyatga ega. Ma’nosi 
yaqin, zid ma’noli yoki ma’nodosh leksemalarni farqlash va 
izohlashda semalarga tayaniladi. Shu boisdan tilshunoslik 
semalarning mohiyatini ochish, semaning turlarini ajratish va 
farqlash bilan jiddiy shug‘ullanadi. 

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling