Baxtiyor mengliyev


Mustaqil o‘zlashtirish uchun


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/144
Sana01.11.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1738753
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   144
Bog'liq
3 b.mengliyev-hozirgi o‘zbek tili (darslik)

Mustaqil o‘zlashtirish uchun 
Sukut ma’no ifodalaydimi? 
Muloqot jarayonida sukut alohida o‘rin tutadi va u ham 
“nimalarnidir” bildiradi. Muloqot jarayonida u situativ, sotsial va 
psixologik omillar bilan bog‘liq holda kommunikativ mazmun 
ifodalaydi. Darhaqiqat, sukutning muloqot jarayonida naqadar 
ahamiyatli ekanligini Sa’diy Sheroziy o‘z misralarida shunday 
bitgan: 
Oqillar nazdida gar o‘ltirish odobdir, 
Maslahat tashlaganda so‘zga ko‘rsatish himmat. 
Ikki narsa aqlga sig‘maydi agar bilsang, 
So‘zlash paytida sukut, keraksiz joyda suhbat. 
Sukut saqlash o‘ziga xos ijtimoiy qimmatga ega. Buni, 
masalan, dil rozini aytish, o‘tganlarni xotirlashda, xafa bo‘lish va 
arazlash, mensimaslik holatlarida, kesatiq va kinoya kabilarda 
ko‘ramiz. Sharq mutafakkiri Muhammad Sodiq Qashg‘ariy yaxshi 
kishilar odobi haqida bitilgan kitobida bu haqda shunday deydi: “ 
... (yaxshi kishi) o‘zini beadabona so‘zdin va fe’ldin yamon 
harakatdin va noxamvor (noo‘rin) sukunatdin saqlag‘ay.” 
Abdulla Qodiriyning “O‘tgan kunlar” romanidan olingan 
quyidagi parchada sukut tahqirlash mazmunini anglatadi:
“... Otabek bu cho‘ltoq supurgini tanidi va uning istehzolarini 
anglab, ma’nosiz bu savollarga javob berib o‘lturishdan sukutni 
xayrlik topdi. Go‘yo o‘zining bu sukuti bilan Musulmonqulga 
ma’nolik bir javob qilar edi. Musulmonqul bu sukutdan 
tahqirlandi, tutuni ko‘kka ko‘tarilar ekan baqirdi: 
Nega javob bermaysiz?!” 
140


Sukut, 
tabiiyki, 
asosan, 
so‘zlovchining 
tinglovchiga, 
tinglovchining so‘zlovchiga aylanish jarayoniga xos. Shuning 
uchun, o‘zbek nutq odobiga qo‘ra, o‘rinsiz yoki bema’ni savolga 
sukut bilan javob berish, uni eshitmaganga olish, suhbatni 
buzmaslik yuksak odob – hatto shoir Mirza Kenjabek talqinida 
ibodat – sanaladi: 
Ibodatdir biror zolim – jafokorga desang haq so‘z, 
Va nodonga sukut saqlash, sukuting ham ibodatdir. 
Turkman va kavkaz xalqlari odatiga ko‘ra, kelinlar ma’lum 
muddat (asosan, farzand ko‘rgunlaricha) qaynona va qaynotalariga 
gapirmaslik – hurmat ma’nosini ifodalashi sukut ifodalaydigan 
kommunikativ mazmunlardan biri – u tahqirlashning aksidir. 

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling