Baxtiyor mengliyev


Semaning darajasiga ko‘ra turlari


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/144
Sana01.11.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1738753
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   144
Bog'liq
3 b.mengliyev-hozirgi o‘zbek tili (darslik)

Semaning darajasiga ko‘ra turlari. Sema darajasiga ko‘ra 
birlashtiruvchi (integral) va farqlovchi (differensial) semaga 
ajratiladi. Birlashtiruvchi sema birdan ortiq leksemadagi o‘xshash, 
bir xil semadir. Farqlovchi sema esa o‘xshash, ma’noviy yaqin 
leksemalardagi farqlanuvchi semalardir. Masalan, ota, ona, aka
opa, uka, singil leksemasidagi “qarindosh”, “qon-qarindosh”, 
“bevosita” semasi integral sema bo‘lsa, “mendan katta” semasi ota
ona, aka, opa leksemalarini o‘zaro birlashtiruvchi, ammo uka
singil leksemalaridan farqlovchi semalardir. “mendan kichik” 
semasi uka va singil leksemasini o‘zaro birlashtiruvchi, biroq 
oldingi leksemadan farqlovchi sema. Кo‘rinadiki, bir sema 
leksemani bir vaqtning o‘zida nima bilandir birlashtiruvchi, nima 
bilandir farqlovchi qarama-qarshi tabiatli mohiyatga ega. 
Birlashtiruvchi sema sistema hosil qiluvchi, sistemaga asos 
bo‘luvchi, farqlovchi sema esa sistemada tug‘iluvchi, paydo 
bo‘luvchi semadir.
Mantiqiy mushohada uchun 
Lingvistik tenglamani yeching: 
1. 
“bevosita”, “mendan katta”, “ayol”, “qon-qarindosh”, “1-
avlod” = X 
2. “bevosita”, “mendan katta”, “ayol”, “qon-qarindosh”, “1-
avlod” < X 
Semema semasini tartiblashda qator umumiy, birlashtiruvchi 
semadan boshlanib, xususiy, farqlovchi semaga qarab boradi. 
Masalan, ota leksemasining sememasi tarkibi quyidagicha beriladi: 
1) “shaxs”; 
2) “qarindosh”; 
3) “qon-qarindosh”; 
4) “bevosita”; 
12
Донских О.А. К истокам языка.–Новосибирск: Наука, 1988. 
150


5) “1-avlod”; 
6) “men”dan katta”; 
7) “erkak”; 
8) “umumuslubiy”. 
Chunki predmet shaxs va shaxs emasga, shaxs qarindosh va 
qarindosh emasga, qarindosh qon-qarindosh va nikoh qarindoshga, 
qon-qarindosh bevosita yoki bilvositaga, bevosita 1-avlodga yoki 
2-avlodga, 1-avlod mendan kattaga yoki mendan kichikka, mendan 
katta erkak yoki ayolga bo‘linadi. 
Sememeni semaga ajratish tilshunoslikda komponent tahlil
uzvli tahlil yoxud semik tahlil deb yuritiladi.

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling