H. Ne’matov va R. Rasulovlar semema tarkibidagi semalarni ma’no xususiyatiga


Download 309.39 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana13.11.2023
Hajmi309.39 Kb.
#1771622
  1   2   3
Bog'liq
64ce79010710f 111



372
H.Ne’matov va R.Rasulovlar semema tarkibidagi semalarni ma’no xususiyatiga
umumiylik darajasiga ko‘ra farqlanishini inobatga olib, uning quyidagi turlarini
ajratishni ma’qul ko‘rishdi:
a) atash semalari (denotativ semalar);
b) ifoda, tasvir, qo‘shimcha ma’no semalari (konnotativ semalar);
v) vazifa semalari (funksional semalar).
Mualliflarning fikricha, “har bir semema tarkibida shunday semalar mavjuddir”. 
Aytish joizki, bu semalar atash ma’nosi, konnotativ va funksional semaga ega birliklar 
tarkibdagina farqlanadi. Ammo tildagi barcha so‘zlar ham bir vaqtda bu kabi semalarga 
ega bo‘lavermaydi. Darhaqiqat, ba’zi so‘zlar atash ma’nosini ifodalashdan tashqari, 
qo‘shimcha ma’no semalari, ya’ni konnotativ semaga ham ega bo‘ladi. Masalan, qiltiriq 
so‘zida konnotativ ma’no bir vaqtda shu so‘zning lug‘aviy ma’nosi orqali anglashilib 
turadi. Ammo ozg‘in so‘zida bu sema mavjud emas. Yoki yordamchi so‘zlarning atash 
semasiga ega emasligi, ularga faqat vazifa semasi daxldor ekanligi hammaga ma’lum. 
Demak, har bir semema tarkibida shunday semalar bir vaqtda mavjud bo‘lavermaydi.
Sinonimlarni belgilashga ham semik tahlilning tatbiq etilishi sinonimik 
qatorlarga birlashtirilayotgan leksik birliklar ma’nolaridagi aynanlik, umumiylik va 
farqlilikka aniqlik kiritish imkoniyatini yaratdi.
Xullas, o‘zbek tilshunosligida sinonimlarni belgilashda an’anaviy va zamonaviy 
qarashlar tubdan farq qiladi. Keyingi yillarda lug‘aviy sinonimlarni ularning leksik 
ma’nolari tarkibini semik tahlil qilish asosida belgilash keng tus oldi. Sinonimlarni 
belgilashga bunday yondashuv ularning mohiyatidagi aynanlik va farqlilik belgilarini 
ajratishda muhim ahamiyatga ega bo‘lmoqda.
A.Toshpo‘latov, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Qo‘qon davlat pedagogika instituti

Download 309.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling