H. Ne’matov va R. Rasulovlar semema tarkibidagi semalarni ma’no xususiyatiga
MAJHUL NISBAT SHAKLINING PRAGMATIK IMKONIYATLARI
Download 309.39 Kb. Pdf ko'rish
|
64ce79010710f 111
- Bu sahifa navigatsiya:
- Keywords.
- Ключевые слова.
MAJHUL NISBAT SHAKLINING PRAGMATIK IMKONIYATLARI
Annotatsiya. Ushbu maqolada jonli muloqot jarayonida majhul nisbat shakllarining pragmatik ma’nolari yoritilgan. Kalit so‘zlar. Pragmatika, fe’l so‘z turkumi, majhul nisbat, nutqiy jarayon, kontekst, nutqiy vaziyat, so‘zlovchi shaxsi. Annotation. This article highlights the pragmatic meanings of the forms of passive participle in the process of live communication. Keywords. Pragmatics, verb group, passive voice, speech process, context, speech situation, speaker’s face. Аннотация. В данной статье выделены прагматические значения форм страдательного причастия в процессе живого общения. Ключевые слова. Прагматика, глагольная группа, страдательный залог, речевой процесс, контекст, речевая ситуация, лицо говорящего. Nisbat shakllarining gap semantikasiga ta’siri masalasi Alisher Navoiydan tortib prof. A.G’ulomovgacha bo‘lgan olimlarning diqqatini tortgan esa-da, [1,276] lekin bu 373 so‘zshakllarning pragmatikasi masalasi hamon tilshunoslarimiz tomonidan yetarlicha tahlil etilgani yo‘q. O‘zbek tilshunosligida ilk bor nisbat shakllarining aniq pragmatik vazifa bajarishi haqida M.Hakimov quyidagicha munosabat bildirgan. Nutq sub’ekti aniq bo‘lgani holda so‘zlovchi o‘z ichki maqsadini nutqda bayon qilish uchun aniq nisbat o‘rnida majhul nisbat shaklidan foydalanadi. Bunday usul individual o‘ziga xoslikni ifoda etishda muhim o‘rin tutadi. Birov olib ketsa, qaytib kela ber deb qo‘yilmagan ekan-da! Nega yig’lanadi? Yig’lanmasin! (A.Qahhor). Misol mazmunidan ko‘rinadiki, so‘zlovchi aniq nisbat qo‘shimchasini qo‘llash bilan “yig’lamang” deyishi mumkin edi, lekin bunda so‘zlovchining ijtimoiy ta’sir etish darajasi nutqda o‘z ifodasini topmay qoladi, shuning uchun aniq nisbat o‘rnida so‘zlovchi majhul nisbatdan foydalanadi.[2, 34] Nisbat shakllarining hurmat, kamtarlik, xushmuomala, qochiriq, piching, kinoya va shu kabi ma’nolarni kasb etishi kontekst, nutqiy vaziyat, so‘zlovchi shaxsi va nutq ishtirokchilarining umumiy bilimlari bilan aloqador ravishda yuzaga chiqadi. Masalan, Menga nima olindi? jumlasidagi so‘zlovchi nutqidagi oshkora va yashirin ma’nolarni aniqlashda kontekst, nutqiy vaziyat, so‘zlovchi shaxsi va nutq ishtirokchilarining umumiy bilish fondiga ehtiyoj tug’iladi. Shu o‘rinda so‘zlovchi aniq nisbat o‘rnida majhul nisbatni qo‘llash orqali pragmatik vaziyatni paydo qilmoqda (solishtiring: Menga nima olding? - Menga nima olindi?). Mashhur tilshunos olim A.Hojiyev ham majhul nisbat shaklining nutqiy jarayonda buyruqni kuchsiz tarzda ifodalashi, kamtarlik, xushmuomala, qochiriq (istehzo) va shu kabi ma’nolarda ham qo‘llanashini ta’kidlab o‘tgan: Qani, ichkari uyga kirilsin, oyim (Yashin). Masalaning hal bo‘lishiga oz qoldi- ku, endi mashinaga kamroq t u sh i l s a ham bo‘ladi (B. Rahmonov).[3] Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari uchun darslik sifatida foydalanilayotgan “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” darsligida ham nisbat shakllari va ularning uslubiy ma’nolari haqida quyidagicha fikrlar bayon qilinadi. Ba’zan bir nisbat ma’nosi o‘rnida boshqa nisbat shakllaridan foydalaniladi. Xususan, bosh nisbat ma’nosida birgalik nisbat shakllari ishlatilishi mumkin. Masalan, keldi – kelishdi, kelyapti – kelishyapti. Shuningdek, bosh nisbat ma’nosida majhul nisbat shakllaridan foydalaniladi: qildim o‘rniga qilindi, bajardim o‘rniga bajarildi, kiring o‘rniga kirilsin kabi. Bunday holat ma’lum uslub-emotsiional ma’no talabi bilan ro‘y beradi. Ko‘pincha, keyingi holat hurmat, kamtarlik ma’nolarini ifodalaydi.[4] Lisoniy birliklarni umumiylik va xususiylik asosida tadqiq etgan olima Sh.Shahobiddinovaning ta’kidlashicha, morfemalar nutqda so‘zlarga tirkalgan qo‘shimchalar sifatida voqelanadi va yuzlab matnlarda har bir qo‘shimcha yuzlab ma’noviy bo‘yoqlarga ega.[5, 58] Darhaqiqat, o‘zbek tilidagi har bir nisbat shaklining shu kungacha ustozlarimiz tomonidan o‘rganilgan sintaktik va semantik belgilariga qo‘shimcha ravishda pragmatik imkoniyatlarini yoritish hozirgi yosh tilshunoslarimiz oldida turgan dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling