Baxtiyor mengliyev


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/144
Sana01.11.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1738753
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   144
Bog'liq
3 b.mengliyev-hozirgi o‘zbek tili (darslik)

Mantiqiy mushohada uchun 
Afandi “Dengizga qaragan o‘ta shinam xonaga bitta ziyoli 
kishini ijaraga qo‘yaman” degan e’lon bo‘yicha manzilni topib, 
hujjatlari asosida uni uch sutkaga rasmiylashtirdi. Ertalab uy sohibi 
xabar olgani keldi, xonada yana ikki kishini ko‘rib, afandiga e’tiroz 
bildirdi. Shunda afandi e’lon asosida uning e’tiroziga javob berdi. 
Xona sohibi barmog‘ini tishlab qoldi. 
E’londa so‘z qo‘llash bilan bog‘liq qanday mantiqiy xatolik bor 
edi? 
 
Hosila sememaning vujudga kelish yo‘llari. Har qanday 
leksema paydo bo‘lish paytida bir sememali bo‘lgan. Tilda 
o‘xshash va o‘zaro bog‘liq tushunchalarni ifodalash zaruriyati har 
bir yangi narsa yoki tushunchani ifodalash uchun yangi leksema 
“kashf qilmay”, mavjud leksemalardan foydalanishni taqozo qiladi. 
Bu tilda amal qiluvchi tejam qonuniyati bilan bog‘liq. Shunday 
qilib, leksema birinchi sememasi asosida boshqa narsa va 
hodisalarni ham ifodalay boshlaydi. Bunda uning yangi 
paradigmatik, 
ma’nodoshlik 
va 
sintagmatik 
munosabatlari 
shakllanadi va barqarorlashadi va shu asosda, yangi sememalar 
shakllanadi. Ular leksemaning bosh sememasiga nisbatan hosila 
semema maqomiga ega bo‘ladi.
Hosila semema bir necha yo‘l bilan vujudga keladi: metafora
metonimiya, sinekdoxa va vazifadoshlik kabi. Quyida ularning har 
biriga alohida-alohida to‘xtalamiz. 
155


Metafora (gr. metaphora – ko‘chirish) narsa va hodisalar 
mohiyatidagi o‘xshashlik asosida biror leksemaning o‘z xususiy 
ifodalanmishidan boshqa narsa va hodisalarni atash uchun 
ishlatilishi. 
Formal va substansial tilshunoslikda metafora nisbatan 
farqlanadi. Tilni metaforasiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ular turli-
tuman va sanoqsiz. Formal tilshunoslik barcha metaforik 
ma’nolarni 
tahlil 
etaversa, 
substansial 
tilshunoslik 
faqat 
barqarorlashgan, lisoniy tabiatga ega bo‘lgan metaforik ma’nolar 
ustida ishlaydi. Substansial yondashuv metaforik ma’no talqinida 
ham lison va nutqning izchil farqlanishiga qat’iy rioya qiladi 
hamda metaforik sememaga UMIS sifatida munosabatda bo‘ladi. 
Metaforik semema hosil bo‘lishi uchun quyidagilardan biri 
sabab bo‘ladi: 
1) bir leksema boshqa leksemaga nisbatan so‘zlovchining ifoda 
maqsadiga ko‘proq mos va muvofiq bo‘ladi va shuning uchun 
birinchisi o‘rnida ikkinchisi qo‘llanadi; 
2) biror denotatning ifodalovchisi bo‘lmaydi va ma’lum bir 
leksema boshqa denotatni ham ifodalash uchun qo‘llanadi. 
Demak, birinchi holda ko‘chirilayotgan leksema denotatning 
ikkinchi atamasi bo‘lsa, ikkinchi holda birinchi atamasidir. 
Masalan, quyi leksemasi anglatadigan ma’noni etak leksemasi 
qulayroq va to‘laroq ifodalaganligi bois tog‘ning quyi tomoniga 
nisbatan etak leksemasi ishlatilgan. O‘zbek tilida dengizdagi o‘ziga 
xos jo‘g‘rofiy o‘rinning nomi bo‘lmaganligi bois qo‘ltiq leksemasi 
unga nisbatan ham qo‘llanadi. 
Metafora hodisasi asosan, ot turkumi doirasida, qisman fe’lda 
uchraydi: Qush uchdi. Samolyot uchdi qurilmalarining ikkinchisida 
uchmoq fe’li ifodalagan harakat qushning havodagi qanotlarini 
silkitib qilgan parvoziga o‘xshaydi. Shu boisdan uchmoq fe’li 
ifodalagan keyingi semema metaforikdir. 
Metafora hosila semema hosil qilishning keng tarqalgan usuli 
sifatida badiiy uslubning, nutqning eng muhim vositasidan 
hisoblanadi. Tilning go‘zalligi va jozibadorligini ta’minlashda 
metaforalar muhim rol o‘ynaydi. Shu boisdan jahon tilshunosligida 
metaforani o‘rganuvchi soha (metaforalogiya) alohida yo‘nalish 
156


sifatida shakllangan. O‘zbek tilshunosligida metaforalarning 
o‘rganilishi hali ancha sust kechmoqda. Bu tilshunosligimizning 
istiqbolli yo‘nalishlaridan biri maqomiga ko‘tariladi.
Metaforik hosila ma’no nutqda juda ko‘p uchraydi. Ammo 
ularning lisoniylashgani – sememaga aylangani nisbatan kam. 
Qanot (samolyot), uchmoqog‘iz (qop) kabi leksemalarning ushbu 
hosila ma’nosi metaforik semema. 
Metaforik yo‘l bilan hosil bo‘lgan semema davrlar o‘tishi bilan 
o‘ziga xos atash semalari kasb etishi natijasida bosh sememasidan 
uzoqlashib, mustaqil holga kelishi, omonimik tabiatga ega bo‘lishi 
mumkin. Masalan, adabiyotshunoslik termini sifatidagi fojia 
ifodasi umumiste’mol qo‘llanishdagi fojia so‘zidan ma’noviy 
jihatdan uzilib, ularning nomemalari omonimik munosabatga ega 
bo‘lgan. 
Shuningdek, 
jo‘g‘rofiy 
termin 
bo‘lgan 
qo‘ltiq 
umumiste’moldagi qo‘ltiq leksemasining omonimiga aylangan.

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling