Baxtiyor mengliyev
Download 1.62 Mb. Pdf ko'rish
|
3 b.mengliyev-hozirgi o‘zbek tili (darslik)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustaqil o‘zlashtirish uchun Ifodalarning evfemik imkoniyati
Vazifadoshlik
– semema vujudga kelishining asosiy yo‘llaridan biri. Vazifadoshlik asosida semema vujudga kelishi ham, metaforada bo‘lgani kabi, o‘xshashlikka asoslanadi. Biroq metaforada tashqi ko‘rinishdagi o‘xshashlikka asoslanilsa, vazifadoshlikda bajariladigan vazifaning o‘xshashligi asosida yangi ma’no vujudga keladi. Masalan, dastlab kamonning paykoni o‘q deb atalgan. Miltiq kashf etilgach, uning porox to‘ldirilgan pistonli gilzasi ham paykonniki kabi vazifani bajarganligi bois o‘q deb ataladi. Rus tilidagi pero (pat) so‘zi ham shunday ma’noviy taraqqiyotga ega. Ma’lum bo‘ladiki, vazifadoshlik asosida vujudga kelgan hosila ma’no nafaqat mustaqil semema darajasiga yetadi, balki o‘ziga asos bo‘lgan bosh, asosiy sememadan ham ko‘ra faollashib, qo‘llanish doirasi kengayib ketadi. Masalan, ilgari ko‘mir so‘zi “ko‘mib yondirish yo‘li bilan o‘tindan tayyorlangan yoqilg‘i” sememasiga ega edi. Bugungi kunda bu semema tarixiylashib, u “yer qatlamida tabiiy yo‘l bilan hosil bo‘lgan qattiq va qora rangli yoqilg‘i” hosila sememasi bilan tilimizda yashaydi. Mustaqil o‘zlashtirish uchun Ifodalarning evfemik imkoniyati Sharqda muloqot madaniyati nafaqat nutqda, balki yozma manbalarda ham o‘zning kuchli ifodasiga ega bo‘lgan. Qur’on oyatlarida ham bu hodisa (ya’ni tabu (aytish noqulay so‘z) o‘rnida qo‘llangan “yumshoq” ifoda – evfemizm) mavjudligi kuzatiladi. Arab tilidagi ma’oriz atamasi evfemizm tushunchasiga to‘la mos keladi. Ma’oriz muloqot madaniyati muhitida “ishora qilib gapirish” ma’nosida tushuniladi. Aytilishi noqulay bir so‘z o‘rniga boshqa so‘zni ishlatib, asl maqsadni ochiq aytmay, “to‘n kiydirib” 159 gapirish ta’rifini olgan bu so‘z ba’zan ta’riz ham deyiladi. Ular – o‘zakdosh. Shunday Hadisi sharif bor: “Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘z safarlaridan birida edilar. Sarbon xirgoyi boshladi. Shunda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Muloyim bo‘l! Hoy Anjasha! Billurlarni ehtiyot qil!” dedilar”. Hadisning mazmuni shunday. Rasululloh vidolashuv haji safariga ketayotganlarida sarbon – karvonni boshlab ketayotgan tuyakash xirgoyi qilib qolibdi. Bu arab karvonboshilariga xos odat bo‘lib, karvondagi tuyalar o‘sha xirgoyining maromiga qarab qadam tashlashga o‘rganar ekan. Sarbonning xirgoyisiga qarab, tuyalar tezroq yoki sekinroq yurishi ham mumkin. Rasululloh billurlar deb shu karvonda birga ketayotgan onalarini nazarda tutganlar. Karvondagi ayollar xavdaj deb nomlangan chodir tutilgan, egarning ustiga mahkamlangan maxsus o‘rindiqda yurardilar. Tuya tez yurganda xavdajlar qattiq silkinib, ayollarga biroz noqulaylik tug‘diradi. Shuning uchun Rasululloh sallallohu alayhi vasallam sarbonga tuyalarni shoshirmaslikni buyurib, buni ta’riz, ya’ni go‘zal ibora bilan ifodalagan. Ko‘rinadiki, evfemizmlarning qo‘llanishi muloqot madaniyati darajasini ko‘rsatuvchi hodisalardan bo‘lib, unga muloqot madaniyati ko‘zgusi orqali munosabatda bo‘lish lozim. Eslatib o‘tish joizki, аyrim hollarda metafora va vazifadoshlik, metonimiya va sinekdoxa hodisalari orasiga qat’iy chegara qo‘yib bo‘lmaydi. Shuning uchun tilshunoslikda metafora va vazifadoshlikni birlashtirib, metafora, metonimiya va sinekdoxani birlashtirib, metonimiya sifatida qarash kerakligi haqidagi fikrlar ham mavjud. Ma’lum bo‘ladiki, leksema semantikasidagi lisoniy o‘zgarish quyidagi natijalarga olib keladi: Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling