turgan havoda suzish va muallaq turish vositasi” sememasiga ham
ega polisemantik leksemaga aylangan.
2.Aniq ma’noning mavhum ma’noga aylanishi natijasida
ixtisoslashuvga zid ma’noviy kengayish yuz berib, yangi
sememaning vujudga kelishi. Masalan,
otlanmoq leksemasining
dastlabki sememasi “otga minish” bo‘lib, bugungi kunda bu
semema o‘ta kuchsizlanib, leksema, asosan, “biror
joyga borish
uchun hozirlanish» sememasi bilan yashaydi.
Mustaqil o‘zlashtirish uchun
Gugurt uyni ham isitadi, yong‘in
chiqarishi ham mumkin
Disfemizm (qo‘pol ifoda)larning muloqot xulqini ifodalovchi
vosita sifatidagi roli o‘ziga xos. “Demokratiya”ning jadallashuvi
natijasida,
qolaversa,
1948-yil
10-dekabrda
BMT
bosh
Assambleyasi tomonidan inson huquqlari Deklaratsiyasida so‘z
erkinligi to‘g‘risidagi Qonunning qabul qilinishi natijasida G‘arb
OAV va boshqa axborot manbalarida disfemizmlardan foydalanish
ommalashib ketadi. Hatto endilikda uni o‘rganish,
tasnif qilish,
talqin va tahlil etish davr taqozosi sifatida qaralmoqda. Biroq
disfemizm
nafaqat
bo‘yoqsiz,
betaraf
ma’noni
buzish,
qo‘pollashtirish bilan, balki tabulashtirilgan mazmunning o‘zini
ochiq ifodalashi bilan ham xarakterlanadi. Sharq madaniyatida
bunday ifodalardan,
aksariyat hollarda, voz kechiladi. Masalan,
“Qur’on — maxluqdir" degan gap chiqib, ixtilof kuchayib, hatto
xalifalar odamlarni shu gapni aytishga
majburlashgacha ham
borishgan. Fitna jarayonida “mashhur ulamolar hammaning oldida
shu gapni aytsa, keyin xalq shunga ergashadi” degan maqsadda
buyuk olimlarni ham aytishga majburlashgan paytlar bo‘lgan.
Biroq Ahmad ibn Hanbal boshliq ulug‘ olimlar bunga ko‘nmay
turib olishgan. Urib-kaltaklab, qamab,
qiynashsa ham, bu gapni
aytishmagan. Shunda ba’zi olimlar bu gapni ishora bilan aytib,
vaziyatdan qutulib chiqib ketishgan. Ularning ichida imom
Shofe’iy rahmatullohu alayh ham bo‘lgan ekanlar.
U kishini
xalifaning oldiga olib kelib, hammaning oldida shu gapni aytishga
majburlashganda imom Shofe’iy:
161
– Qo‘lingda turgan narsani aytyapsanmi? – deb so‘raganlar.
– Ha, shuni, – deyishgan.
– Ha, u maxluq, – deganlar.
Shu javobidan keyin u zotni tinch qo‘yishgan. Aslida imom
Shofe’iy xalifaning qo‘lida turgan qog‘oz kitobga ishora qilganlar
va maxluq deganda Allohning kalomini emas, balki qog‘ozga chop
qilingan, muqovalangan kitobni nazarda tutganlar. Ko‘rinadiki,
zakiy alloma disfemik vositadan
unumli va mantiqli foydalanib,
o‘z e’tiqodiga putur yetkazishdan saqlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: