Baxtiyor mengliyev


Bo‘sh vaqtda bajarish uchun


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/144
Sana01.11.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1738753
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   144
Bog'liq
3 b.mengliyev-hozirgi o‘zbek tili (darslik)

Bo‘sh vaqtda bajarish uchun 
MUSADDAS 
Subhidam max/murluqtin/ tortibon dar/di sare, 
Azmi dayr et/timki, ichgay/men sabuhiy/ sog‘are, 
Chiqti sog‘ar/ to‘ldurub ko/firvashi mah/paykare, 
Naqdi din o/lib ichimga/ soldi maydi/n ozare, 
Vahki, dinim/ kishvarin to/roj qildi/ kofire, 
Kufr eliga/ homi-yu di/n ahlig‘a yag‘/mogare. 
 
Demakim, nev/chun hayoting/din sanga yo‘q/ hosile, 
Ishqdin ol/lingda har dam/ mushkil uzra/ mushkile, 
Chun bilursen/, nevchun aylab/sen o‘zungni/ g‘ofile, 
Bo‘yla bo‘lg‘ay/ kimga yori/ bo‘lsa sendek/ qotile, 
Chobuke, ra’/noqade, no‘/shinlabe, xo/rodile, 
Mahvashe, nas/rin uzore/, gulruhe, siy/minbare. 
 
Ul quyosh ish/qidakim ko‘ng/lumga yo‘qtur/ toqate, 
Shomi zulfi/din agar jo/nimg‘a yetsa/ mehnate, 
Orazi meh/rig‘a qilsam/, mayl ermas/ hayrate 
Kim, erur har/ kimsakim, naz/zora qilsa/ soate, 
Zulfi ko‘zlar/ni qora qil/moqqa shomi/ furqate, 
Shomi furqat/ daf’ig‘a rux/sori mehri/ anvare. 
172


Ko‘hi darding/ za’fliq tan/ birla chektim/ muddate, 
Kim, visol um/mididin ko‘ng/lumda erdi/ quvvate, 
Emdi rahm et/kilki, yuzlan/mish ajoyib/ holate, 
Ne ko‘ngulda/ quvvate qol/mish, ne tanda/ sihhate, 
Ne qaror-u/ sabr-u ne to/b-u tavon, ne/ toqate, 
Ne ko‘ngul, ne/ jonu ne ru/h-u ravon, ne/ paykare. 
Alisher Navoiy 
Vazifa 
Leksik-semantik munosabatdagi leksemalarni va munosabat 
turlarini aniqlang. 
 
Giponimiya. Leksemalararo semantik munosabatning yana bir 
turi giponimiya (aniqrog‘i, gipo-giperonimiya), ya’ni tur-jins 
munosabati. 
Giponimik munosabatda giperonim (tur) va giponim (jins) 
farqlanadi. 
Giperonim jins belgisini bildirgan predmetning nomini 
ifodalovchi ko‘pgina ma’noni semantik jihatdan umumlashtiruvchi 
mikrosistemaning markaziy leksemasi, dominantasi sifatida 
namoyon bo‘luvchi lug‘aviy birlik. Giponim esa ma’lum jins 
turining nomini hamda o‘zining semantik tarkibida implisit tarzda 
jins ma’nosini ham ifodalovchi, semantik jihatdan giperonimga 
nisbatan boy bo‘lgan lug‘aviy birlik. 
Giponim va giperonim orasidagi aloqa mantiqiy asosga ega. Bu 
esa obyektiv borliqdagi umumiylik tushunchasi bilan bog‘liq. 
Masalan, daraxt giperonimi tur ma’nosini ifodalovchi leksema 
sifatida daraxtning barcha turini ifodalovchi leksemalarni leksik-
semantik munosabat asosida birlashtirib, leksik-semantik guruh 
hosil qiladi. Shu boisdan daraxt leksemasi giperonim sifatida 
giponimi bilan leksik-semantik aloqaga kirisha oladi. Masalan, 
daraxt – qayin, daraxt – terak, daraxt – dub, daraxt – archa
Giponimlar teng huquqli bo‘lib, giperonimga munosabati bir 
xil. O‘z navbatida, bu munosabat polisemiya va omonimiya 
hodisasi bilan ham bog‘lanadi. Masalan, o‘zbek tilidagi daraxt 
nomi dastlab ikki guruhga bo‘linadi: mevali daraxt va mevasiz 
daraxt. Mevali daraxt o‘z mevasining nomi bilan ataladi. Shuning 
173


uchun bu leksema ko‘p ma’noli bo‘lganligi bois bir tomondan 
meva, ikkinchi tomondan daraxt giperonimi bilan semantik 
munosabatga kirishadi:

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling