Baxtiyor mengliyev


Mustaqil o‘zlashtirish uchun


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/144
Sana01.11.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1738753
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   144
Bog'liq
3 b.mengliyev-hozirgi o‘zbek tili (darslik)

Mustaqil o‘zlashtirish uchun 
Sotsialingvistikami, sotsiolingvistika? 
“Kiyimlar” do‘konida ishlaydigan kishining besh yoshli o‘g‘li 
bir kuni shunday deb qoldi: “Men hammani birday yaxshi 
ko‘raman, ammo oyijonimni esa bir razmer ko‘proq!” 
Tahririyatda ishlaydigan ota o‘g‘li bilan parkka aylanishga 
chiqqanda shunday dedi: “Dadajon, karuselning muharririga 
ayting, bizni tezroq qo‘ysin!”
Ma’lum bo‘ladiki, ota-ona, oila kichik “jamiyat”, undagi muhit 
bolaning nutqi, leksikoniga ham ta’sir qiladi. Hatto kattalar ongli 
yoki ongsiz ravishda shunday xususiyatga ega bo‘ladilar. 
Ijtimoiy muhitning tilga va nutqqa ta’siri tilshunoslikning ikki 
xil sohasi tomonidan o‘rganiladi. 
Ijtimoiy muhitning umuman tilga ta’siri sotsialingvistika 
tomonidan o‘rganilsa, uning alohida shaxs yoki kishilar guruhiga 
ta’siri sotsiolingvistika tomonidan tekshiriladi. Ikki soha nomi bir 
tovush (a/o) bilan farqlanadi. Ko‘pchilik bu ikki terminni 
chalkashtiradi. 
“Sof” lingvistika til hodisalarini “quruq”, tashqi muhit 
ta’sirlaridan xoli o‘rganadi. Masalan, so‘zning tovush qobig‘i, 
undagi fonetik xususiyatlar, ma’nosi, ma’nodoshlari, birikuvchilari 
va h. Sotsialingvistika davr va jamiyatning tilga ta’siri bilan 
shug‘ullanar ekan, masalan, vazir so‘zining o‘zbek tili leksik 
qatlamida o‘z vaqtida nega eskirganligi, bugungi kunda uning yana 
faollashish sabablari yoki -lar ko‘plik qo‘shimchasining ortiqcha 
qo‘llanish holatlari sodir bo‘lganligi (o‘nta o‘quvchilar kabi) 
sabablari bilan qiziqadi. 
168


Sotsiolingvistika ijtimoiy guruh va qatlam nutqidagi jargon va 
slenglar bilan maxsus shug‘ullanadi. Masalan, svetnaya mast (“toj 
guli”), bosyak (“past tabaqa”), malyutka (“yosh”), shirmach 
(“kissavur”) kabi ifodalarning qo‘llanish doirasi kabilar shular 
jumlasidan. 

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling