Baxtiyor mengliyev


Meva: olma – o‘rik – shaftoli – behi. Daraxt


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/144
Sana01.11.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1738753
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   144
Bog'liq
3 b.mengliyev-hozirgi o‘zbek tili (darslik)

Meva: olma – o‘rik – shaftoli – behi.
Daraxt: olma – o‘rik – shaftoli – behi. 
Daraxt giperonimi tur tushunchasini ifodalovchi leksema 
sifatida, birinchi navbatda, shu turning jinsini bildiruvchi so‘z bilan 
bog‘lanadi. Daraxt leksemasi uning jinsi nomi o‘rnida qo‘llanishi 
ham mumkin. Lekin giperonim giponim o‘rnida qo‘llanganda 
uning mohiyatini yorqin ifodalay olmaydi. Shu boisdan o‘z oldidan 
giponimni aniqlovchi sifatida qabul qiladi: o‘rik daraxti, shaftoli 
daraxti kabi. 
Giponim leksemaning sememasi giponim leksemalar uchun 
birlashtiruvchi sema bo‘lib xizmat qiladi. Masalan, daraxt 
giperonim leksemasining sememasi “tanasidan shoxlanuvchi 
o‘simlik” bo‘lib, “qizil, yashil yoki sariq rangli yong‘oqdan 
piyolagacha bo‘lgan hajmdagi sersuv meva beruvchi daraxt” 
sememasiga ega olma leksemasining “daraxt” semasi – daraxt 
giperonim leksemasi semasining sememalashgan ko‘rinishi. 
Giperonimning ma’nosi giponim leksemanikiga nisbatan 
kengroq va “xiraroq” (noaniqroq), giponim leksemaning ma’nosi 
esa giperonimnikiga nisbatan torroq va “yorqinroq”. Shu boisdan, 
aytish mumkinki, giperonimning ma’noviy mohiyati barcha 
giponimining ma’noviy mohiyati yig‘indisiga teng. 
Aytilganidek, daraxt mevali va mevasiz daraxtga bo‘linadi. 
Demak, borliqdagi bu bo‘linish giponimiya hodisasi sifatida tilda 
ham aks etadi. Lekin daraxtning mevali va mevasiz turini ataydigan 
alohida leksema o‘zbek tilida yo‘q. Demak, giponimning o‘rni 
bo‘sh bo‘lib, ular leksik lakuna (bo‘shliq) hosil qiladi. Leksik 
lakunani turli nutqiy nominativ birlik to‘ldiraverishi mumkin 
(Masalan: mevali daraxt va mevasiz daraxt so‘z birikmalari). 
Har bir gipo-giperonimik qator cheklanmagan miqdorda 
lug‘aviy lakunaga ega bo‘ladi. Bu bo‘shliq ayni bir turning turli 
belgisi bilan cheklanmagan miqdorda to‘lib borish imkoniyatiga 
ega. Masalan, 10 ta uzum nomini biluvchi odam uchun o‘zbek 
tilidagi 600 ta uzum navi nomining 590 tasi lug‘aviy lakuna 
174


hisoblanadi. Demak, lakunalar ijtimoiy ham (“mevali daraxt” va 
“mevasiz daraxt” tushunchasini ifodalovchi leksemalar), individual 
ham (mavjud leksemani ma’lum bir kishining bilmasligi) bo‘lishi 
mumkin. 

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling