Kuz fasliga tavsifnoma Ob-havodagi o'zgarishlar


Download 91.54 Kb.
bet1/7
Sana28.09.2023
Hajmi91.54 Kb.
#1688851
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1534913746 72315


Bolalarni yil fasllari bilan tanishtirish


Reja:

1.Kuz fasliga tavsifnoma
2. Qish fasliga tavsifnoma

Kuz fasliga tavsifnoma
Ob-havodagi o'zgarishlar. Kuzda harorat astasekin pasayib boradi, buning natijasida o'simlik va hayvonot dunyosi hayotida o'zgarish hamda susayish ro'y beradi (o'simlik barglari sarg'ayadi, to'kiladi, ba'zi qushlar uchib ketib, boshqalari uchib keladi va hokazo).
Sentabr kuz faslining birinchi oyidir, biroq O'zbekistonda sentabr oyida ham yoz faslidagidek issiq boiadi. Sentabr oyida havo issiq bo'lib, kechalari harorat +7 darajagacha tushib ketadi. Kunduz kunlari esa +20+25 darajagacha ko'tariladi.
Oktabr odatdagidek kuz oyi hisoblanadi. Bu oyda oikamiz quvoshli, issiq va quruq bo'ladi, kunning birinchi yarmida harorat +7+10 daraja bo'ladi, kunduz kunlari +15+23 darajaga, ba'zi hollarda esa +27 darajagacha ko'tariladi.
Ana shunday juda issiq vaqtlarda o'simliklar, ayniqsa gunafsha, dastargul va boshqalar 2 marta gullaydi.
Hayvonlar dunyosida ham bahorgi hodisalarning takrorlanishini ko'rish mumkin: g'urraklarg'urullay boshlaydi, to'rg'aylar sayraydi, qurbaqalar qurullaydi, ba'zi bir hasharotlarda esa kuzgi urchish boshlanadi.
Oktabr oyining ikkinchi yarmida harorat odatda pasayadi, ertalab +3+5 daraja bo'lib, kunduz kunlari esa +16+20 dara­jagacha ko'tariladi. Uzoq yillik tajriba shuni ko'rsatadiki, o'simliklarning katta qismini va ayniqsa, qishloq xo'jalik o'simliklaridan paxta, kartoshka, pomidor, bodring va boshqalarni sovuq uradigan ayozlar o'lkamizda taxminan 12—18oktabrlarda bosh­lanadi.
Sovuq tushishi — bu haroratning qisqa vaqtli pasayishi bo'lib, yer qatlamlari va yer yuzasining ustki qatlamlari nol darajadan pastroq bo'ladi. Ana shunday dastlabki ayozlar kuz faslining boshlanganidan dalolat beradi. Shimoliy kenglikdan sovuq shamol esa boshlashi bilan sovuqlar boshlanadi. Sovuq darajasi joyning relyefiga va tuproqning issiqligiga bog'liq bo'ladi.
Odatda, sovuq tushganining dastlabki kuni kunduzi, ba'zi hollarda esa tunda havoning bulutli bo'lishi kutiladi. Agar, kechasi osmon bulutsiz boisa, yer ustki qatlamlarining parlanishi natijasida yerning yuza qatlami muzlaydi. Bunday sovush yer qatlamlariga tegib, havoning haroratini yanada ko'proq pasaytiradi. Sovuqning dastlabki to'lqinlari o'zi qoplagan barcha hududni ozgina muzlatadi, u faqatgina past joylarga tarqaladi va birikki kun davom etadi. Agar havo to'lqinining harorati nol darajadan past bo'lsagina muzlash barcha hududga yoyilishi mumkin. Shunda tuproq va o'simliklaming ustki qatlamlariga ertalabki shudring tushadi.
Ba'zi vaqtlarda oktabr oyida kuchli va sovuq shamollar aralash yomg'irlar ham yog'ib o'tadi. Bunday paytlarda tarbiyachi bolalarning diqqat e'tiborini daraxtlarning katta shoxlari va ingichka novdalarning tebranishiga jalb etadi.
Noyabr qishga o'tish oyi hisoblanadi. Odatda noyabr oyida o'lkamizda obhavo qulay bo'lmaydi: goh yomg'ir, goh qor yog'adi, kun goho iliq, goho sovuq bo'lib turadi.

Download 91.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling