Kuz fasliga tavsifnoma Ob-havodagi o'zgarishlar
Qushlar va hasharotlar hayotidagi o'zgarishlar
Download 91.54 Kb.
|
1534913746 72315
Qushlar va hasharotlar hayotidagi o'zgarishlar.
Qish vaqtida o'simliklarning uyquga ketishi munosabati bilan bu davrda bolalarning diqqate'tiborini qushlar hayotiga va holatiga jalb etish mumkin. Dekabr oyida shahar va qishloqlarda, aholi yashaydigan punktlarda chumchuqlar, qarg'alar, zag'chalar va boshqa qishlaydigan parrandalar yig'iladi. Ular o'ralar, axlatxonalar, shuningdek, serqatnov yo'llarda ozuqa qidiradilar. Ovqatlanib bo'lishgach, bog' va hiyobonlarga uchib ketadilar. Daraxtlarning shoxlarida dam oladilar. So'ng, yana hovlimahovli uchib keladilar. Qorong'i tushishi bilanoq to'dato'da bo'lib uchib ketib, baland daraxtlarning shoxlariga qo'nib tunaydilar. Dekabr oyida shahar atroflaridan ko'kraklari oqqora rangli katta chittaklar uchib keladilar va Toshkent bog' va hiyobonlarini to'ldirib yuboradilar. Ular, daraxtlarning kavaklari va shoxlarida qishlagan hasharotlami topib yeydilar. Ular hasharotlarning yuz niinglarcha tuxumlarini ham tozalaydilar. Ba'zi vaqtlarda zyab liklar ham uchraydi. Quyoshli kunlarda qushlar ko'proq harai katchan, quvnoq bo'lishadi, bunga bolalarning diqqatini jalb etish kerak. Shahar atrofidagi joylarda bu vaqtda ko'pgina so'fito'rg'aylarni uchratish mumkin, ular dalalardagi yovvoyi o'tlarning urug'larini terib yeydilar. Shuningdek, bu vaqtda bog'lar va odamlar yashaydigan yerlarga yaqin kelib yashovchi zag'izg'onlami ham uchratamiz. Dekabr oyida qorayaloq va chittaklarning sayrashi eshitiladi. Bog'larda qizilquyruqlar (6rasm) paydo bo'ladi. Kamkam uchrasada, har o'n vilda bir marta sovuq qish vaqtida snegirlar (7rasm) paydo bo'lishadi. Ular sekinsekin hushtak chalib uchadilar. Bunda ota qushgina emas, balki ona qush ham sayraydi (ba'zi qushlarda esa ona qushlar sira sayramaydi). Doimiy qishlovchi qushlar bilan birgalikda ahyonahyonda jarqanotiarni uchratish mumkin. Bu qushlar tog' qoyalaridan shaharga tushib kelishadi va xoliroq yerdagi g'isht devorli binolarga joylashadilar. Qor yoqqan vaqtda bu qushlar och qolishadi va hatto ochlikdan o'la boshlaydilar. Ular birovning ovqat berishiga muhtoj bo'lib qoladilar. Shuning uchun bolalar bog'chalari hovlilarida qushlarni oziqlantirish maqsadida harturli inlaryasab qo'yish kerak. Bunday manzara bolalar bilan birgalikda qushlarning harakatlarini kuzatish imkoniyatini beradi. Qushlarni cho'chitib yubormaslik maqsadida inlar uchun tinch yerlarni tanlaydilar. Ularni daraxtlarga, uylarning devorlariga osib qo'yadilar, deraza tokchalariga o'rnatadilar. Donxo'rak yoki inlarda doimo ozuqa bo'lishi kerak. Qushlar bunday ozuqalarga ko'nikadilar va liar kuni ma'lum soatlarda uchib keladilar. Bolalar qushchalar to'g'risida g'amxo'rlik qiladilar, deyarli har kuni ularga ozuqa berib turadilar. Kuzatish vaqtida har turli qushlarning o'zlarini qanday tutayotganlarini, shuningdek, qaysi bir ozuqani manzur ko'rishlarini payqab olish mumkin. Hatto hasharotni zaharlovchi chittaklar ham qish faslida urug'liklarbilan oziqlanadilar. Yog' ularning asosiy ovqati bo'lib hisoblanadi. Qushlar gavjum bo'lishib, oziqovqat qidirishni davom ettiradilar. Kunduz kunlari to'dato'da qarg'alar, ko'kqarg'alar va go'ngqarg'alarning uchib yurishlarini ko'rish mumkin, shuningdek ko'pgina sa'avalar va g'urraklar ham uchib yurishadi. Bog'larda qorayaloqning qattiq qichqirishi ahyonahyonda eshitilib tursada, lekin uning sayrashi endi eshitilmaydi. Ko'pincha qorayaloqlar ariqlarning bo'ylarini kavlayotganliklarini, shuningdek, bog'lardagi na'mataklarning donini topib cho'qiyotganligini ko'rish mumkin. Ba'zan Toshkentning Salar va Qorasuv bo'ylarida jiblajibonlarni uchratish mumkin. Ular bahorda uchib kelib, bu yerda qishlash uchun qolishadi. Yanvar oyining boshlarida g'urraklarning g'urullashi eshitila boshlaydi. Yanvar oyining o'rtalarida esa g'urraklarning akatsiya daraxtlarining chiviqlaridan mayda tayoqchalar va quruq qobiqlardan uyalar qurishga kirishganliklarini bolalar bilan birgalikda kuzatish mumkin. Fevral oyida qushlar oziqlantirishga muhtoj bo'ladilar. Fevralning oxirida qushlar galasi qo'shaloqqo'shaloq bo'lib ajraladi. Keyinchalik ular uya qurish uchun shahardan chetdagi joyiarga uchib ketadilar. Chittaklar bahor oldi qo'shiqlarini «kuylaydilar». Fevral oyida g'urraklar tuxum ochib, 15 kun tuxum bosadilar. Tuxumdan chiqqan yosh g'urraklar o'z uyasida o'n kun qoladi. G'urrak bir yilda besh marta tuxum qo'yadi. G'urraklar kaptarlar singari biologik tomondan juda qiziq bo'ladilar. Ular sut emizuvchilarsingari qushchalarni boqish uchun o'zlaridan ozuqa moddasi ishlab chiqaradilar: bu ichki bezlardan ajralib chiqadi. P&a qush og'zini ochadi, qushchalar esa ozuqani cho'qib oladilar. Fevral oyining oxirlarida shaharlardan jiblajibonlar uchib kelishadi. Kechki payt shaharga yana ko'pgina zag'chalar va ko'kqarg'alar uchib kelishadi. Tunash uchun baland daraxtlaming shoxlanga qo'nayotganlarida ularning shovqinlari va qichqiriqlari eshitiladi. Biroq ular astasekin sovuq o'lkalarga uchib keta boshlaydilar. Bulutli kunlarda qorong'i tusha boshlashi bilan mayda ko'rshapalaklarni ko'rish mumkin. Bular barcha ko'rshapalaklar ichida eng kichigi hisoblanadi. Ularning qish faslida g'orlarda qishlovchi ko'pgina boshqa ko'rshapalaklardan farqi shundaki, ular yil bo'yi binolarning yoriqlarida yashaydi va haroratning ko'tarilishi bilan birinchi bo'lib uyg'onadi. Qorong'i tushishi bilanoq ovoz chiqarmasdan ucha boshlaydi hamda chivin, pashsha va boshqa jonivorlarni tutib yeydi. Yerda qishlagan tut kapalaklari fevral oyida kapalak qurtlari chiqaradi. Download 91.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling