Baxtiyor mengliyev


Mustaqil o‘zlashtirish uchun


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/144
Sana01.11.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1738753
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   144
Bog'liq
3 b.mengliyev-hozirgi o‘zbek tili (darslik)

Mustaqil o‘zlashtirish uchun 
Borliq tilda qanday aks etadi? 
Professor dars paytida talabalarga shunday savol berdi: “Barcha 
mavjudot Xudo tomonidan yaratilganmi?” Bir talaba dadil turib 
javob qildi: “Albatta, Xudo tomonidan yaratilgan.” “Xudo hamma 
narsani yaratganmi?” – deb so‘radi yana professor. “Xuddi 
shunday, janob”, – javob berdi talaba. Professor yana so‘radi: 
136


“Agar Xudo hamma narsani yaratgan bo‘lsa, demak, Xudo 
yomonlikni ham yaratgan ekan-da? Agar Xudo bor bo‘lsa, va, “biz 
qanday bo‘lsak, qilmishlarimiz ham shunga yarasha bo‘ladi” degan 
tamoyiliga ko‘ra, Xudo yomon ekan-da?” Talaba bu gaplarni 
eshitib jim bo‘lib qoldi. Professor talabalarga, “Xudoga ishonish 
bir afsona ekanini yana bir bor isbotladim”, degandek g‘urur ila 
boqdi.
Boshqa bir talaba qo‘l ko‘tarib, so‘radi: “Savol bersam 
maylimi, professor?” “Albatta”, – javob berdi professor. Talaba 
o‘rnidan turib, so‘radi: “Sovuqlik mavjudmi?” “Nima deganing bu? 
Albatta, mavjud. Nima, sen hech qachon sovqotmaganmisan?” 
Talabalar uning savoliga kulishdi. Yigit javob qildi: “Aslida, 
sovuqlik mavjud emas. Fizika qonunlariga binoan, biz sovuqlik deb 
ataydigan narsa, aslida issiqlikning yo‘qligidir. Mutlaq nol 
issiqlikning umuman yo‘qligi demakdir. Bunday haroratda butun 
modda inert bo‘lib qoladi. Xullas, sovuqlik mavjud emas. Biz bu 
so‘zni, issiqlik yo‘q holatni ta’riflash uchun o‘ylab topganmiz.” 
Talaba davom etdi: “Professor, qorong‘ilik mavjudmi?” “Albatta, 
mavjud.” “Siz yana nohaqsiz, janob. Qorong‘ilik ham mavjud 
emas. Qorong‘ilik aslida yorug‘likning yo‘qligidir. Yorug‘likni 
o‘rganishimiz mumkin, ammo qorong‘ilikni o‘rgana olmaymiz. Oq 
nurni turli ranglarga ajratib, har bir rang to‘lqinining har xil 
uzunliklarini o‘rganish uchun Nyuton prizmasidan foydalanishimiz 
mumkin. Biroq siz qorong‘ilikni o‘lchay olmaysiz. Oddiy yorug‘lik 
nuri qorong‘ilikni teshib kirib, uni yoritishi mumkin. Qorong‘ilik 
esa 
yorug‘likni 
to‘sa 
olmaydi. 
Biron-bir 
makondagi 
qorong‘ilikning miqdorini ayta olasizmi? Yo‘q, ayta olmaysiz. 
Chunki qorong‘ilikning o‘lchov birligi yo‘q. Yorug‘likning 
miqdorini esa o‘lchay olasiz. Shunday emasmi? Qorong‘ilik – 
yorug‘lik yo‘qligida nima sodir bo‘lishini ta’riflash uchun inson 
ishlatadigan tushuncha.” Nihoyat talaba professordan so‘radi: 
“Janob, yomonlik mavjudmi?” Bu safar, professor ishonchsizlik 
bilan javob berdi: “Menimcha, mavjud. Hali aytganimdek, biz uni 
har kuni ko‘ramiz: insonlar o‘rtasidagi shafqatsizlik, butun dunyo 
bo‘ylab sodir etilayotgan ko‘plab jinoyatlar. Bu misollar 
yomonlikning namoyon bo‘lishidan boshqa narsa emas-ku!” Bunga 
137


talaba quyidagicha javob qildi: “Yomonlik ham mavjud emas, 
janob. U ham qorong‘ilikka va sovuqqa o‘xshaydi. Yomonlik – bu 
yaxshilik yo‘qligini ta’riflash uchun inson o‘ylab topgan so‘z. 
Yomonlik yorug‘lik va issiqlik kabi mavjud emas. Yomonlik 
insonning yuragida Xudoga bo‘lgan muhabbatning yo‘qligi 
natijasidir. Yomonlik xuddi sovuqlikka o‘xshaydi – issiqlik 
bo‘lmaganida keladi, yoki qorong‘ilikka o‘xshaydi – yorug‘lik 
bo‘lmaganida mavjud bo‘ladi.” Professor o‘tirdi. U mag‘lub 
bo‘lgandi.
Bu yosh talaba Albert Eynshteyn edi
11


Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling