Baxtiyor mengliyev


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/144
Sana01.11.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1738753
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   144
Bog'liq
3 b.mengliyev-hozirgi o‘zbek tili (darslik)

Tublashgan 
leksema. 
Tublashgan 
leksema 
shunday 
leksemalashgan yasama so‘zki, ularning yasalishini, tarkibini 
etimologik ma’lumotsiz aniqlab bo‘lmaydi. Masalan, sin fe’lining 
o‘zagi si, tingla fe’lining o‘zagi ding, to‘q so‘zi o‘zagining to‘ 
ekanligini til tarixi bo‘yicha chuqur ma’lumotga ega bo‘lmasdan 
bilib bo‘lmaydi. Tublashgan leksemalarning tarkibini aniqlash 
chuqur etimologik tadqiqotlarni taqozo etadi. O‘zbek tilidagi 
aksariyat leksemalar tublashgan leksemalardir. Tadqiqotchilarning 
fikrlariga ko‘ra, o‘zbek tilida bor-yo‘g‘i 150 tacha sof tub turkiy 
leksema mavjud. Boshqa leksemalar bir paytlar ma’lum bir qoliplar 
asosida yasalib, davr o‘tishi bilan tublashib ketgan. 
Demak, ma’lum bo‘ladiki, tilda leksema yasash hodisasi 
yo‘q. Balki yasama so‘zning, nutqiy hosilaning lisoniylashuvi, 
leksemalashuvi mavjud. 
Mantiqiy mushohada uchun 
1.Ushoq qand oq tuzga monand erur, Va lekin biri tuz, biri 
qand erur (Navoiy). Mutafakkirning ushbu fikridan tilshunoslikda 
qanday 
hodisalarni 
farqlashda 
metodologik 
asos 
sifatida 
foydalanish mumkin? 
2.So‘zlarimni qo‘ng‘iroqning tillari kabi Yuragimga urib-urib 
jaranglataman. Ushbu misralarda qanday mantiqiy xatolik 
mavjud? 
132


Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar 
1. Til leksikasi qanday yo‘llar bilan boyiydi? 
2. O‘zlashma so‘zlar qay tarzda lisoniylashadi? 
3. Tilning o‘z qatlam hisobiga boyishi deganda nimani 
tushunasiz? 
4. Ixtisoslashuv mohiyatini ayting va misollar keltiring. 
5. Soddalashuvni tushuntiring va misollar keltiring. 
6. Tublashishni tavsiflang va misollar keltiring. 

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling