Baxtiyor mengliyev


Mustaqil o‘zlashtirish uchun


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/144
Sana01.11.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1738753
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   144
Bog'liq
3 b.mengliyev-hozirgi o‘zbek tili (darslik)

Mustaqil o‘zlashtirish uchun 
Lisoniy strukturaning mukammal talqini 
Sharq (jumladan, arab/islom) lingvistik an’anasi va ilk 
taraqqiyot 
bosqichlarida 
deskriptiv 
lingvistika 
(Amerika 
strukturalizmi)dan mantiqiy va lingvistik hodisalarni farqlashda 
izchillik ancha kuchli edi – mantiq – hodisaning mazmun 
tomoniga, grammatika esa – asosan, shakl tomoniga tayanib ish 
ko‘rardi. Masalan, o‘rta asr arab va qadimgi hind lingvistik 
an’anasiga tayanib tuzilgan tavsiflar, odatda, hajman kichik va 
ixcham bo‘lib, asosan, shakllar paradigma (arablarda ixcham 
jadvallardan, hindlarda “sutr” – nazmga solingan qoida) laridan 
iborat edi. Bunday jadvallarda butun til nozikliklarini, qoida va 
mustasnolarni berishda qadimgi hindlar ham, o‘rta asr islom 
tilshunoslari ham shu darajada mahorat kasb etishgan edilarki, 
eramizdan oldingi davrlarda Panini tomonidan tuzilgan va hozirgi 
o‘lchovlarda varaq sathi 1/8 (0.25 foliant), soni 100 sahifa atrofida 
bo‘lgan “Sanskrit grammatikasi” Frans Bopp e’tirofiga ko‘ra, “u 
(Bopp)ning grammatikasidan mukammalroq va tugalroq bo‘lgan.” 
Vaholanki, F.Boppning “Sanskrit tili grammatikasi” foliantlardan 
iborat har biri kamida 200 betli besh jilddan iborat edi. Shuning 
uchun XIX asrda O‘rxun yozuvi sirini (deshifrovka qilib) ochgan, 
turk runik alifbosining birinchi ko‘rinishi kaliti va sharhini 
tayyorlagan daniyalik tilshunos Vilhelm Tomsen (1842-1927) 
“Tilshunoslik tarixi” kitobida Panini grammatikasi haqida shunday 
yozadi: “Hozirgi lotin harflari bilan berilganda 75-100 betlik risola 
126


hajmida bo‘ladigan Paninining asari shu kungacha jonli va o‘lik 
tillar tafsifi bo‘yicha yaratilgan grammatikalar ichida eng mufassali 
va to‘lig‘idir.” Albatta, daniyalik buyuk tilshunosning bahosi 
mubolag‘ali, lekin, bejiz va asossiz ham emas.
Arab lingvistik tavsiflari mukammalligining yorqin belgisi 
shuki, XX asrda Yevropada yaratilgan arab tili grammatikalari 
(jumladan, Karl Brokkelmann va N.V.Yushmanov asarlari) da o‘rta 
asrlarda tuzilgan shunday jadvallardan keng foydlaniladi. 
Arab va hind tilshunosliklarining yutuqlari va hozirgi 
grammatik talqinlarning munozaraliligi, xususan, bunda – arab va 
hindlarda tasnif va tahlil asosining bittaligi (faqat shaklga 
tayanishi) va hozirgi grammatik talqinlarda uning ikkitaligi (shakl 
va mazmunga tayanishi)da bo‘lishi ham mumkin. Shuning uchun 
zamonaviy tilshunoslikda goh mazmun (vazifa), goh shakl omilini 
birinchi o‘ringa qo‘yuvchi yo‘nalish va oqimlar shakllanib va 
rivojlanib turadi
10
.
Til leksikasining boyishida so‘z o‘zlashtirish, yangi so‘z yasash 
alohida rol o‘ynaydi. Biz nutqda ayrim so‘z yasash qoliplari 
asosida ko‘plab so‘zlar yasaymiz. Masalan, gulchi, gulli, gulla kabi 
so‘zlardagi yasovchi –chi, -li, -la qo‘shimchalar eng unumli, eng 
sermahsul so‘z yasovchi qo‘shimchalardandir. Ammo ular hosil 
qilgan so‘zlarning hammasi ham lug‘atlardan o‘rin olmagan. 
Masalan, qalamli, qog‘ozchi kabi so‘zlar lisoniylashmagan, ya’ni 
lisoniy sathdan o‘rin olmagan. Chunki nutqiy hodisalarning lisoniy 
sathdan o‘rin olishi ma’lum bir qonuniyatlarga bo‘ysunadi, bu 
hodisalar lisoniy sath qo‘yadigan talablarga javob bergandagina bu 
xazinadan joy olish huquqiga ega bo‘ladi.  
Demak, yasama so‘zlar lisoniy ham, sof nutqiy ham bo‘lishi 
mumkin. Paxtakor, ishchi, kitobchi, aqlli, daftarchi, sharsimon, 
uysimon so‘zlarini olaylik. Bu so‘zlarni ikki guruhga ajratamiz: 
1) paxtakorishchiaqllisharsimon
2) kitobchidaftarchiuysimon
10

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling