Baxtiyor mengliyev
Download 1.62 Mb. Pdf ko'rish
|
3 b.mengliyev-hozirgi o‘zbek tili (darslik)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 13-§. Yasama so‘zlarning leksemalashuvi Tayanch tushunchalar
Glossariy
leksema – ma’lum bir til jamiyati a’zolari ongida tayyor, umumiy va majburiy, shakl va ma’no birligidan iborat, yaxlitlangan, borliqdagi harakat, narsa-predmet, belgi, miqdor kabilarni bildiruvchi tushunchalar va munosabatlarni ifodalaydigan, nutqda so‘zlarni va grammatik morfemalarni biriktiradigan lisoniy birlik. so‘z – leksemaning hamda so‘z yasash qoliplarining nutqda reallashgan aniq shakl va ma’noga ega bo‘lgan muayyan ko‘rinishi Adabiyotlar 1. Mirtojiyev M. O‘zbek tili semasiologiyasi. – Toshkent: Fan, 2007. 2.Ne’matov H., Bozorov O. Til va nutq. −Toshkent: O‘qituvchi, 1993. 3.Ne’matov H., Rasulov R. O‘zbek tili sistem leksikologiyasi asoslari. – Toshkent: O‘qituvchi, 1995. 124 4.Nurmonov A. Lingvistik belgi nazariyasi. – Toshkent: Fan, 2008. 5.Safarov Sh. Semantika. – Toshkent: “O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2013. 6.Sayfullayeva R., Mengliyev B., Boqiyeva G. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. – Toshkent: Fan va texnologiyalar, 2010. 7.Сhomsky N. Language and mind. – Cambridje: Cambridje Univ. Press. 2006. 8.Wilkinson P.R. Thesaurus of Traditional English Metaphors. -London, New York: Routledge, 1992. 9.Tulenov J., G‘afurov Z. Falsafa. – Toshkent: O‘qituvchi, 1997. 13-§. Yasama so‘zlarning leksemalashuvi Tayanch tushunchalar lison, nutq, lisoniy birlik, nutqiy birlik, leksema, so‘z, qolip, hosila O‘zlashtiriladigan tushunchalar lisoniylashuv, ixtisoslashish, soddalashish, tublashish Nutqiy yasama so‘zlarning lisoniylashuvi. Lisoniy birliklar, qanday bo‘lishidan qat’i nazar, nutqiy birliklar asosida shakllanadi. Shuningdek, tilshunoslarning lisoniy birliklarni ajratishi, tavsiflashi ham nutqiy birliklarga asoslangan holda kechadi. Masalan, [a] unli fonemasining mohiyati sifatida qaraluvchi “lablangan”, “quyi keng” belgilari nutqdagi (a) tovushlarini kuzatish, ulardagi har bir qo‘llanishda takrorlanadigan bir xil belgilar ajratib olinib, nutqdagi boshqa hodisalar – tovushlar, qo‘shimchalar, so‘zlar ta’sirida hosil bo‘ladigan, lekin doimiy bo‘lmagan, sharoit bilangina bog‘liq xususiyatlar e’tiborga olinmaydi. Masalan, tovushning cho‘ziq/qisqaligi, qattiq/yumshoqligi, yo‘g‘on/ingichkaligi, baland/pastligi kabi qator belgilar nutq sharoiti bilan bog‘liq o‘tkinchi xususiyatlardir. Ana shunday beqaror va o‘zgaruvchan jihatlar lisoniy birliklardagi umumiyliklarni tiklashda soqit qilinadi. 125 Shu tarzda lisoniy birlik tiklanadi. Barcha lisoniy birliklar mohiyatini ochish jarayoni shunday kechadi. Til taraqqiyoti davomida ming yillar davomida ham yangi fonema, morfema yoki qolip hosil bo‘lmaydi. Lekin tilning eng o‘zgaruvchan, borliq bilan eng zich bog‘langan leksika sathida yangi so‘zlar paydo bo‘lib, lisoniy sathdan peshma-pesh o‘rin olib boraveradi. Masalan, boshqa tildan o‘zlashayotgan so‘zlar qo‘llanish darajasi ma’lum me’yorga yetgach, lisoniylashadi. Mukammal lug‘atlar til lisoniy leksikasini o‘zida aks ettiruvchi xazinadir. Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling