Mavzu: Grammatika. Grammatik ma’no ifodalovchi vositalarni mantdan aniqlash. So’z tarkibini tekshirish va morfemalarni aniqlash. Matndagi sintaktik bog’lanish vositalarni aniqlash


Download 48.46 Kb.
Sana22.05.2020
Hajmi48.46 Kb.
#109099
Bog'liq
6-amaliy mashg'ulot Nureddinova Royya


6- amaliy mashg’ulot

Mavzu: Grammatika. Grammatik ma’no ifodalovchi vositalarni mantdan aniqlash. So’z tarkibini tekshirish va morfemalarni aniqlash. Matndagi sintaktik bog’lanish vositalarni aniqlash.

Javoblar:

1) Grammatika (yun. grammatike, gramma soʻzidan – harf, yozish) – tilshunoslikning tilning grammatik tuzilishini, yaʼni soʻzlarning shaklga ega boʻlish qonuniyatlarini, shuningdek, soʻz birikmalari va gaplarni tuzish qonuniyatlarini oʻrganadigan boʻlimi.


2) Grammatik kategoriya - 1) maxsus koʻrsatkichlar yordamida soʻzlarning oʻzgarish, birikish va gap hosil qilish qoidalariga asoslangan umumgrammatik tushuncha. Grammatik kategoriya grammatikaning qaysi sohasiga oidligiga koʻra morfologik va sintaktik kategoriyaga boʻlinadi. Sintaktik kategoriyalar morfologik kategoriyaga teng boʻlmaydi. Masalan, bizning oila - toʻq oila. Bu jumlada morfologik jihatdan toʻrt soʻz, uch xil soʻz turkumi bor (olmosh, ot va sifat, ot), sintaktik jihatdan esa faqat ikki boʻlak - ega va kesim mavjud.
3) Otlaming birlik va ko’plik shakllarida ishlatilishi grammatik son kategoriyasi deyiladi. Son kategoriyasi otlaming muhim morfologik belgilaridan bo’lib birlik va ko’plik shakllari asosida son kategoriyasi vujudga keladi. Otlarning birligi biror vositasiz ifoda etiladi. Ya’ni otning ko’plikni bildiruvchi -lar qo’shimchasi mavjud bo’lmagan holati birlikdir: kiyim, uy, ovqat, o’quvchi, kitobxon, murabbiy kabi.

Otlaming ko’pligi -lar qo’shimchasi bilan ifodalanadi: o’quvchilar, kitoblar kabi. Ko’plikning -lar qo’shimchasi orqali ifodalanishi morfologik usul bilan ifodalangan ko’plikdir. Bundan tashqari otlarda ko’plikni hosil qiluvchi boshqa vositalar ham mavjud. El, olomon, xalq kabi o’zi birlikda bo’lib, mazmunan ko’plikni bildiradigan so’zlar ham mavjud. Bunday ko’plik lug’aviy – semantik usul bilan hosil bo’lgan ko’plikdir.

Otlarning ko’pligi miqdor bildiruvchi so’zlarni otlardan oldin keltirish bilan ham hosil qilinadi: bir talay ish, bir necha kun kabi. Ko’plikning bunday ifodalanishi sintaktik usul bilan ifodalangan ko’plikdir. Sintaktik ko’plik otlardan oldin sonlarni: o’n kishi, yuz xonadoni, olmoshlarni qancha ish, shuncha odam, necha kun keltirish bilan ham hosil bo’ladi.

Masalan, Ikromjon qishloqda shuncha odam borligini bilmas ekan. (S.A.) Shuningdek, ot oldidan so’zlarni takrorlash orqali sintaktik ko’plik hosil bo’ladi: savat-savat meva, uzoq-uzoq yo'l. Otasining har qadamida allaqanday kishilar bilan uzoq-uzoq so'zlashuvidan zerikardi. (A.Q.)

Lug’aviy semantik va sintaktik usul bilan ifodalangan ko’plik so’zning morfologik tuzilishi bilan bog’lanmagan holda, morfologik ko’plik so’zning tuzilishi bilan bog’liq. Shuning uchun -lar qo’shimchasi bilan hosil bo’ladigan ko’plik so’zlarning ma’no xususiyati bilan bog’liqdir. Shu bilan birgalikda -lar qo’shimchasi o’zbek tilida ko’plikni hosil qiluvchi yetakchi vositadir. Biroq, bu qo’shimcha barcha otlarga qo’shilavermaydi, yoki qo’shilganda ham doimo ko’plik ma’nosini ifoda etavermaydi.

-lar qo’shimchasining barcha otlarga qo’shilmasligi hamma otlarning ham grammatik ko’plikda qo’llana olmasligini ko’rsatadi. Donalab sanalmaydigan otlarga -lar qo'shimchasi qo’shilganda ko’plikni emas, balki narsa - predmetning turini hilini anglatadi. Shunga ko’ra -lar qo’shimchasi ko’plikdan tashqari yana quyidagi ma’nolarni ifodalaydi.

1. Donalab sanab bo’lmaydigan predmet nomlariga qo’shilganda ularning turli – tumanligini, har hilligini bildiradi: tuzlar, sutlar, bug’doylar, yog’lar, unlar, qirqmalar (qovun turi). Tilimi tilingni mingtilim qilgan, qirqmalar bog’ladi yukin qovg’aga. (G'. G'.)

2. Mavhum otlarga qo’shilganda, shu otdan anglashilgan ma’no kuchayadi. Masalan: Ming turlik xayollarga borib qaytdi. (A. Qod.) Qizlar undan-bundan uzoq gaplashishdi, orzularga berishdi. (O.)

3. Predmetlarning noaniq bo’lgan ko’p miqdorini ifodalaydi. Suhbatlar goh qizib, goh davom etardi. (O.) Biz bo’lajak adiblar, turmushning botqoq yerlarinigina emas, undan chiqish yo’llarini ham ko’rsatishimiz mumkin. (A. Q.)

4. Qarindoshlik ifodalovchi otlarga egalik qo’shimchalaridan keyin qo’shilib hurmat ma’nosini ifodalaydi: otamlar, onamlar kabi.

5. Shaxsni anglatuvchi so’zlarga qo’shilib, piching, kesatish va hurmat ma’nolarini anglatadi. O’zimning bu xizmatim evaziga bir mukofat olish muddaosida bo’lmaganimdan va nimaiki janoblari yo’lida mashaqqat chekkan bo’lsam... (A. Qod.) Yangi podsho Nizomiddin hazratlarining el-yurtga osh berishi va ochlarga non ulashishi haqidagi xabarni butun shaharga tarqatdilar. (P.Q.)

6. Payt, vaqt bildiruvchi so’zlarga qo’shilib, taxmin ma’nosini ifodalaydi. Masalan: Shu gapdan bir hafta chamasi keyin va chorlar kutishning beshinchi kunlari edi. (A. Qod.)

7. Juft predmetlarini bildirgan so’zlarga qo’shilganda ko’plikni emas, balki ularning ikkitaligini ta’kidlash ma’nosini ifodalaydi: ko’zlar, quloqlar, qoshlar, lablar, torlar kabi. Masalan: Tanburning mo’jizakor torlaridan quyilgan musiqa mavjud havoni to’ldirdi. (O.) Beka begimning ko’zlaridagi tikanlar sal kamayganday bo’ldi. (P.Q.)

8. Kishi organizmi a’zolariga qo’shilganda ta’kid kuchayadi: yuraklar, tillar, burunlar.

9. Atoqli otlarga qo’shilganda umumlashganlik, o’xshaganlik ma’nolari anglashiladi. Ajoyib naslsiz, sizdagi talant. Amular, Sirlarning mazmunidan mo'l. (G'.G'.)

10. Aniq va mavhum otlarga qo’shilib, hurmat, izzat ma’nolarini ifodalaydi. Xotiralariga malol kelmagay, hazrat. (O.) Qadamlariga hasanot, ko’p xursand bo’ldik.(O.)
4) Shaxs kategoriyasi ish-harakatning biror shaxsga munosabatini bildiradi. Masalan: I shaxs ish-harakatining so’zlovchi tomonidan bajarilishini, II shaxs ish-harakatining suhbatdosh tomonidan bajarilishini bildiradi. Ba’zi tillarda shaxs-son boshqa so’z turkumlari orqali ham ifodalanadi. Masalan: Biz ishchimiz.
5) So’zlarning gapda bir-biriga bo’lgan munosabatlarini kerakli shakllarda ifodalagan grammatik hodisaga kelishik kategoriyasi deyiladi. Kelishik kategoriyasi har bir tilga xos ma’lum grammatik vositalar orqali gapdagi so’zlarning bajarayotgan vazifasini aniqlab beradi. Turli so’z shakllarini o’z ichiga olgan morfologiya sintaksis bilan bir bo’lib tilning kommunikativ vazifasini bajaradi.
6) Tilning grammatik vositalari

So’z o’zgartirish va so’z yasash qoidalari va grammatik konstruksiyalarni tuzishda qo’llanadigan usullari majmuini tilning grammatik vositalari deb yuritiladi. Bu tartib – qoidalar yig’indisi tilning grammatik (aniqrog’i morfologik) turini aniqlashda yordam beradi. Jahondagi tillar grammatik vositalarning qaysi birini ko’proq qo’llashi va bu vositalardan qaysinisi shu tilda borligi bilan farqlanadi. Turkiy tillari affiksatsiyaning ko’p qo’llanishi bilan ajralib tursa, vyetnam tilida affiksatsiya deyarli yo’q, xitoy tilida juda kam uchraydi.



Grammatik ma’nolarni ifodalashda ishtirok etuvchi vositalar barcha tillarda bor, lekin ularning miqdori chegaralangan, bu vositalar qatoriga affiksatsiya, ichki fleksiya, reduplikatsiya, so’zlarni qo’shish, urg’u, intonatsiya, yordamchi so’zlar, so’z tartibi va suppletivizm kiradi. Ularning har birini alohida ko’rib chiqamiz.


Affiksatsiya

so’zning o’zagiga yoki asosiga turli affikslarni (prefiks, infiks, suffiks, fleksiya yoki qo’shimchalar) qo’shish yordamida grammatik ma’noni ifoda qilish vositasidir. Turkiy tillarda, xususan o’zbek tilida prefiks faqat boshqa tillardan o’tgan so’zlarda uchraydi. Masalan, o’zbek tilida tojik tilidan olingan be- (bemalol, beminnat kabi), bo- (boadab), ba’zan ba- shaklida (badavlat) prefikslari ko’p qo’llanadi. O’zbek tilida -gina suffiksi erkalash va kichraytirish ma’nolarini ifodalaydi: yaxshigina, kichkinagina, shiringina kabi. Kelishik qo’shimchalari, ko’plik qo’shimchasi va fe’l shakli, zamoni va hokazo qo’shimchalar grammatik ma’noni ifodalashda keng qo’llanadi. Affiksatsiya ingliz, nemis, fransuz va boshqa tillarda ko’p tarqalgan.

Ichki fleksiya

so’zning o’zagi ichida unlilarning o’zgarishi yoki tovushning yo’qolishi. Turli grammatik vositalarni hosil qilishda va yangi so’zlar yasashda ichki fleksiya ishtirok etadi. Ichki fleksiya tashqi fleksiyadan, ya’ni so’z o’zagining oxiridagi grammatik ko’rsatkichlardan, masalan, son va kelishik kategoriyalari qo’shimchalaridan farq qiladi. Ichki fleksiya semit tillariga, xususan, arab tiliga xosdir. Masalan, k-t-b o’zagidan (“yozmoq”) ichki fleksiya vositasida kataba (“u yozdi”), kutuba (“u yozilgan”), kotibun (“yozuvchi”, “hattot”), kitabun (“yozilgan”). Ichki fleksiya yordamida kelishik shakllari yasaladi. Rus tili ichki fleksiyaga boy bo’lib, unda unlilarning almashinuvi ko’p uchraydi. Masalan, лежать, лёжа, ложиться, ходить, хождение, ход, ходячий kabi.


Reduplikatsiya

(lotin tilidagi reduplicare“ikkilantirmoq”) – so’z, uning o’zagi yoki boshlang’ich bo’g’inini qaytarish vositasida grammatik ma’noni ifodalashdir. U juda ko’p tillarda mavjud. Qaytarish yo’li bilan so’zlarning ma’nosi kuchayishi mumkin: ko’m-ko’k, qop-qora, sap-sariq kabi. Indonez tilida so’zlarni qaytarish vositasida ko’plik ifoda etiladi: sudara“o’rtoq”, sudara-sudara (sudara2) – “o’rtoqlar”, malaya tilida orang“inson, kishi”, orang-orang“insonlar, kishilar” kabi.

Qo'shish

so’zlarni va ularning elementlarini yangi so’z yasash uchun biriktirishdir. Masalan, o’zbek tilida gultojixo’roz, karnaygul, ishlabchiqarish, ishyoqmas kabi so’zlar ikki yoki uch so’zning qo’shilishidan yasalgan. Odatda bunday so’zlarni qo’shma so’zlar deb ataladi. Ba’zi qo’shma so’zlarning ikkinchi qismi turli affikslarni qabul qiladi va o’zgarishlarga uchraydi: hokimiyat, saryog’ (sariq yog’ birikmasining qisqargani), bugun – bul kun birikmasining qisqargani) va h.k. Ko’pgina qo’shma so’zlar va so’z birikmalari qisqartma so’zlar shaklida qo’llanadi: AQSH, mexmat (mexanika-matematika fakulteti), O’zMU, OAK (Oliy Attestatsiya Komissiyasi) kabi.


Yordamchi so'zlar

sirasiga shunday so’zlar kiradiki, ular gapda biror bo’lak vazifasini bajarmaydi, lekin gapning mustaqil bo’laklari bo’lib kelgan so’zlarning grammatik ma’noni ifodalashiga yordam beradi. Yordamchi so’zlar biror narsani atamaydi, ya’ni nominativ funksiyani bajarmaydi. Yordamchi so’zlarga artikl, predlog (rus, ingliz, nemis va boshqa tillarda), yuklama, yordamchi fe’llar va bog’lovchilar kiradi. Artikl otning belgisi bo’lib, uning turlanishi, qaysi rodga tegishli ekanini ko’rsatadi. Masalan, nemis tilida der, das, die artikllarining qo’llanishi otlarning rodiga bog’liq. Otning turlanishiga ko’ra nemis tilida artiklning shakli o’zgarishi mumkin:

bosh kelishik – der Mensch (odam)

qaratqich kelishigi – des menschen

tushum kelishigi – dem menschen

chiqish kelishigi – den Menschen




So’z tartibi

so’zlarga yangi ma’no beruvchi va gapning mazmunini o’zgartiruvchi vositadir. Gaplarda so’z tartibi ayniqsa affiksatsiya kuchsiz bo’lgan tillarda, jumladan, ingliz va fransuz tillarida katta ahamiyatga egadir. Ingliz tilida ot va sifatlardagi affikslar unchalik farqlanmasligi tufayli ularning gapdagi o’rniga ko’ra farqlash mumkin. Masalan, the arrived peoplekelgan odamlar (sifat), the people arrivedOdamlar keldi (fe'l). The arrived are the touristsKelganlar sayohatchilardir (ot).

Gapda so’zlarning tartibiga ko’ra gap bo’laklari va bu so’zlarning o’zaro aloqasi aniqlanadi. Hind-evropa tillarida so’z tartibi erkin hisoblanadi, ya’ni ko’pincha gapdagi so’zlarning o’rnini almashtirish mumkin. Masalan, The boys walked slowly up the hillBolalar vodiy tepasiga sekin chiqdilar. Slowly the boys walked up the hillSekin bolalar vodiy tepasiga chiqdilar. Up the hill slowly walked the boysVodiy tepasiga sekin bolalar chiqdilar. Bu misolni o’zbek tiliga tarjimasidan ko’rinib turiptiki, bu tilda ham so’z tartibi erkin hisoblanadi. Bu, ayniqsa, she’rlarda yaqqol namoyon bo’ladi. Ba’zi tillarda, xususan, hind, xitoy, vyetnam, indonez tillarida gapda so’z tartibini o’zgartirish katta ahamiyatga ega bo’lib, bu tillarda affiksatsiya grammatik ma’noni ifodalash vositasi sifatida qo’llanilmaydi. Affiksatsiya kuchli bo’lgan tillarda gapda so’zlar tartibi unchalik ahamiyatli emas. Gapda so’z tartibining o’zgarishi stilistik va mantiqiy jihatdan ahamiyatli bo’lishi mumkin.



Urg'u

so’zlarning grammatik ma’nosini farqlay oluvchi vosita bo’lib hizmat qilishi mumkin. Hind-evropa tillarida so’zlar va so’z shakllari urg’uning o’rniga ko’ra grammatik ma’nolari bilan farqlanadi. Masalan, rus tilida мукáun, мýкаazob, рукú (roditelniy padedj, yedinstvenniy chislo) qo'lрýки (imtnitelniy padedj mnojestvinniy chislo). Ingliz tilida `presentsovg’a, présenthozir bo’lmoq, im`portimport (ot), to ímportimport qilmoq. German, turkiy, hind tillarida urg’u so’zlarning grammatik ma’nolarini ifoda qilishda kamroq qo’llanadi. Masalan, o’zbek tilida olmá (meva)ólma (fe'lning buyruq shakli), atlás (mato)atlas (xarita kitob) kabi urg’uning o’rniga ko’ra farqlanuvchi so’zlar juda kam.


Intonatsiya

uning asosiy komponenti bo’lgan melodiya (ohang) grammatik ma’noni ifodalashda xizmat qiladi. Masalan, U keldi (tushuvchi ohang – darak gapda), U keldi? (ko’tariluvchi ohang – so’roq gapda), U keldi! (ancha baland ohang – undov gapda) va so’zlovchining his-hayajon, ehtirosini ifodalovchi past yoki baland ohang qo’llanishi mumkin. Musiqiy ohangga ega bo’lgan tillarda (xitoy, tay, vyetnam, koreys) ohang grammatik ma’noni farqlashda ko’proq xizmat qiladi. Masalan, Alyaskadagi takelama qabilasi tilida “hi1a” so’zi tushuvchi ohang bilan aytilsa “qo’shiq”, ko’tariluvchi ohangda talaffuz etilsa, “qo’shiq aytmoq” (fe’l) ma’nosini ifodalaydi.

7) Morfologiyada soʻzning grammatik turkumlari va morfologik kategoriyalar, soʻz shakllari, sintaksisda esa soʻz shakllarining gap tarkibida oʻzaro birikish yoʻllari, ran va uning kategoriyalari, gapning tuzilish turlari bayon qilinadi.


8) Agglyutinativ tillar (lot. agglutino – qo‘shilish) – so‘z o‘zagi yoki negiziga qo‘shimchalar qo‘shilishi (ulanishi) natijasida yangi so‘zlar hosil bo‘luvchi tillar. Agglyutinativ tillarda so‘zning o‘zak yoki asosini o‘zgartmagan holda qo‘shimchalar qo‘shish bilan ma’lum so‘z va shakl yasaladi, har bir qo‘shimcha muayyan ma’no va vazifa bilan qatnashadi. Masalan, uch-uvchilari-mizga. Turkiy tillar (xususan, o‘zbek tili), fin-ugor tillari agglyutinativ tillar hisoblanadi.
9) Flektiv tillar – grammatik, baʼzan leksik maʼnolar fleksiya yoʻli bilan ifodalanadigan tillar; lingvistik tipologiya, tillarning morfologik tasnifidagi asosiy tushunchalardan biri. Flektiv tillar tushunchasi 1809 yilda nemis olimi F. Shlegel tomonidan fanga kiritilgan. U som tillari, gruzin tili va baʼzi hindevropa tillarini Flektiv tillar qatoriga kiritadi. Flektiv tillar 2 ta, odatda, oʻzaro kesishuvchi ichki va tashqi fleksiyali guruhlarga boʻlinadi.

Tashqi fleksiya (fuziya – asos bilan affiksni ajratish, farklash qiyin boʻlgan holat), affikslardan farqli ravishda, koʻp maʼnolilik (masalan, "rukoy" shaklidagi "oy" morfemasi bir paytning oʻzida jins (jenskiy), son (birlik) va kelishik (tvoritelniy) maʼnolarini ifodalaydi), shuningdek, asos bilan mahkam bogʻlanganlik xususiyatlari bilan ajralib turadi. Ichki fleksiyada morfema tarkibidagi unlilarning shartlanmagan urin almashinuvi grammatik maʼnoga ega boʻladi: nemis tilida geht – bormoqda, ging – bordi, der Gang – borish; arab tilida qatala - (u) oʻldirdi, qutila – oʻldirilgan, qattol – oʻldiruvchi. Ichki fleksiya mexanizmi, ayniqsa, feʼl morfologiyasida, som tillarining feʼl turkumida yaqqol namoyon boʻladi. Fleksiya tilda aksar hollarda maʼno ifodalashning boshqa vositalari bilan birikkan holda boʻladi.


10) Sintaksis (yun. syntaxis - tuzilma, tartib, birikma) - 1) nutq birliklarini shakllantirishning muayyan tillar uchun xos boʻlgan vositalari va kridalari majmui; 2) grammatikaning soʻzlarni soʻz birikmalari va gaplarga, sodda gaplarni esa qoʻshma gaplarga birikish usullarini oʻrganuvchi, soʻz birikmalari va gaplarning tuzilishi, maʼnosi, oʻzaro taʼsirlashuvi hamda vazifalarini tadqiq etuvchi boʻlimi. "Sintaksis" termini soʻz birikmalari va gaplarni hamda ularning tilda qoʻllanishini qamrab oluvchi grammatik qurilish maʼnosini ifodalash uchun ham ishlatiladi. Tilning grammatik qurilishida sintaksis juda katta ahamiyatga ega, chunki uning tarkibiga bevosita kishilarning muomala muloqot jarayonini amalga oshirishga yordam beruvchi sodda gap va qoʻshma gap kabi til birliklari kiradi. Sodda gap muayyan voqea - hodisani, qoʻshma gap voqea - hodisalar orasidagi aloqa munosabatni, gap boʻlagi esa voqea - hodisa unsurlarining vazifalarini ifodalaydi.
Topshiriqlar:
1-variant: Matnni o’qing, gaplarni sintaktik tahlil qiling.

Ota-bobolarimiz, momolarimiz bizga yoshligimizdanoq ozodalik, pokizalik, saranjom – sarishtalik, halollik va harom-xarish haqida yetarli tushunchalar, ma’lumotlar berib, ularni imkoniyat darajasida o‘ziga xos pand-u nasihatlar bilan ongimizga singdirishga uringanlar. Eng asosiysi, bu borada o’zlari betakror ibrat namunasini ko’rsatishgan. Axir, qush inida ko’rganini qiladi deb, bejiz aytishmagan. Mana, ulardan bizgacha yetib kelgan ibratomuz pand-u nasihatlardan ayrim namunalar: “Bolam, ariqdan oqayotgan suvga aslo tuplama, axlat tashlama, gunohi azim bo’ladi”; “Nonning uvog’ini oyoqosti qilma, toptama, ko’zing ko’r bo’lib qolishi mumkin”; “Ostonasi saranjom – sarishta joyda farishta bo’ladi”; “Uyingni ozoda, pokiza saqlayman desang, ostonangni ozoda tut”; “Onangni otangga bepardoz ko’rsatma” va shu kabilar.


Ota-bobolarimiz, momolarimiz – ega; bizga – vositali to’ldiruvchi; yoshligimizdanoq – payt holi; ozodalik, pokizalik, saranjom – sarishtalik, halollik va harom – xarish haqida – vositali to’ldiruvchi; yetarli – sifatlovchi aniqlovchi; tushunchalar, ma’lumotlar – vositasiz to’ldiruvchi; berib – fe’l kesim; ularni – vositasiz to’ldiruvchi; imkoniyat darajasida – miqdor – daraja holi; o’ziga xos – sifatlovchi aniqlovchi; pand-u nasihatlar bilan – vositali to’ldiruvchi; ongimizga – vositali to’ldiruvchi; singdirishga – vositali to’ldiruvchi; uringanlar – fe’l kesim.

Eng asosiysi – kirish so’z; bu borada – vositali to’ldiruvchi; o’zlari – ega; betakror – sifatlovchi aniqlovchi; ibrat namunasini – vositasiz to’ldiruvchi; ko’rsatishgan – fe’l kesim.

Axir, qush inida ko’rganini qiladi deb – vositasiz to’ldiruvchi; bejiz – ravish holi; aytishmagan – fe’l kesim.

Mana – kirish so’z; ulardan – vositali to’ldiruvchi; bizgacha – vositali to’ldiruvchi; yetib kelgan – sifatlovchi aniqlovchi; ibratomuz – sifatlovchi aniqlovchi pand-u nasihatlardan – vositali to’ldiruvchi; ayrim – sifatlovchi aniqlovchi namunalar – ot kesim.


2-variant: Matnni o’qing. So’zlarni asos va qo‘shimcha qismlarga ajrating. Ular haqida fikr yuriting.

U butun nutqini Istiqlolga muhabbat uyg’otishga qaratdi:

— Istiqlol! Mustaqillik. “Ollohga ming qatla shukurlarkim, bu kunlarga ham yetishdik. Ko’chalarda jar solib: “Suyunchi!”, “Suyunchi!” deb uyma-uy yuradigan zamon keldi!

Muxtoriyat!..Oh-o!.. Bunga yetmoq niyatida ne-ne kurashlar bo’lmadi? Ne-ne asl farzandlarimiz jonlarini fido qilib, qurbon bo’lib ketmadilar. Istiqlolning bu qadar jon fido qilgulik ne sehri, ne mo’jizasi borki, asrlardan buyon insoniyat Istiqlol uchun, hatto bir quloch yeri bor xalqlar ham jon olib, jon berib kurashgan. Axir, bizning Turon yurtimiz go’zallikda ham, boylikda ham Xudoning marhamati yozilgan bir zamin emasmidi? Yillar bo’yi talanmadimi? O’zimiz qaytadan ega bo’lganimizga shukurlar! Muborak bo’lsin!

Alisher Navoiy “Oltin qafas” deb karomat qilganlaridek, qafasda parvoz bo’lmaydi! Qafasdagi qushning sudraluvchi jonivordan ne farqi bor, axir!

Yurt bosqinlari bizning qanotimizni qayirdi. Vaholanki, xalqimizning jahonga parvoz qilarli qanoti bor emasmi? Endi qayrilish bilmasin bu qanot? Iloho, omin!

(Shukrullo. «Tirik ruhlar»)

U butun nutqini Istiqlolga muhabbat uyg‘otishga qaratdi:

nutq – asos; -i, -ni sintaktik shakl yasovchi qo’shimcha.

istiqlol – asos, -ga sintaktik shakl yasovchi qo’shimcha.

uyg‘ot – asos; -ish lug’aviy shakl yasovchi qo’shimcha; -ga sintaktik shakl yasovchi qo’shimcha.

qara – asos; -t lug’aviy shakl yasovchi qo’shimcha; -di sintaktik shakl yasovchi qo’shimcha.

Istiqlol! Mustaqillik. «Ollohga ming qatla shukurlarkim, bu kunlarga ham yetishdik. Ko‘chalarda jar solib: «Suyunchi!», «Suyunchi!» deb uyma-uy yuradigan zamon keldi!

mustaqil – asos; -lik so’z yasovchi qo’shimcha.

Olloh – asos; -ga sintaktik shakl yasovchi qo’shimcha.

shukur – asos; -lar lug’aviy shakl yasovchi qo’shimcha; -kim aniqlov bog’lovchisi.

Muxtoriyat!..Oh-o!.. Bunga yetmoq niyatida ne-ne kurashlar bo‘lmadi?

bu – asos; -ga sintaktik shakl yasovchi qo’shimcha.

yet – asos; -moq lug’aviy shakl yasovchi qo’shimcha.

niyat – asos; -i, -da sintaktik shakl yasovchi qo’shimcha.

kurash – asos; -lar lug’aviy shakl yasovchi qo’shimcha.

bo’l – asos; -ma lug’aviy shakl yasovchi qo’shimcha; -di sintaktik shakl yasovchi qo’shimcha.



Ne – ne asl farzandlarimiz jonlarini fido qilib, qurbon bo’lib ketmadilar.

farzand – asos; -lar lug’aviy shakl yasovchi qo’shimcha; -imiz sintaktik shakl yasovchi qo’shimcha.

qil – asos; -ib lug’aviy shakl yasovchi qo’shimcha.

bo’l – asos; -ib lug’aviy shakl yasovchi qo’shimcha.

ket – asos; -ma, -lar lug’aviy shakl yasovchi qo’shimcha; -di sintaktik shakl yasovchi qo’shimcha.

Istiqlolning bu qadar jon fido qilgulik ne sehri, ne mo’jizasi borki, asrlardan buyon insoniyat Istiqlol uchun, hatto bir quloch yeri bor xalqlar ham jon olib, jon berib kurashgan.

istiqlol – asos; -ning sintaktik shakl yasovchi qo’shimcha.

qil – asos(ibora); - gulik lug’aviy shakl yasovchi qo’shimcha.

sehr – asos; -i sintaktik shakl yasovchi qo’shimcha.

mo’jiza – asos; -si sintaktik shakl yasovchi qo’shimcha.

asr – asos; -lar lug’aviy shakl yasovchi qo’shimcha; -dan sintaktik shakl yasovchi qo’shimcha.

inson – asos; -iy, -at so’z yasovchi qo’shimcha.

yer – asos; -i sintaktik shakl yasovchi qo’shimcha.

xalq – asos; -lar lug’aviy shakl yasovchi qo’shimcha.

ol – asos; -ib lug’aviy shakl yasovchi qo’shimcha.

ber – asos; -ib lug’aviy shakl yasovchi qo’shimcha.

kurash – asos, -gan sintaktik shakl yasovchi qo’shimcha.



Axir, bizning Turon yurtimiz go‘zallikda ham, boylikda ham Xudoning marhamati yozilgan bir zamin emasmidi?

biz – asos; -ning sintaktik shakl yasovchi qo’shimcha.

yurt – asos; -imiz sintaktik shakl yasovchi qo’shimcha.

go’al – asos; -lik so’z yasovchi qo’shimcha; -da sintaktik shakl yasovchi qo’shimcha.

boy – asos; -lik so’z yasovchi qo’shimcha, -da sintaktik shakl yasovchi qo’shimcha.

Xudo – asos, -ning sintaktik shakl yasovchi qo’shimcha.

marhamat – asos, -i sintaktik shakl yasovchi qo’shimcha.

yoz – asos, -il, -gan lug’aviy shakl yasovchi qo’shimcha.



Yillar bo’yi talanmadimi? O’zimiz qaytadan ega bo’lganimizga shukurlar! Muborak bo’lsin!

yil – asos; -lar lug’aviy shakl yasovchi qo’shimcha.

tala – asos; -n, -ma lug’aviy shakl yasovchi qo’shimcha, -di sintaktik shakl yasovchi qo’shimcha, -mi yuklama.

o’z – asos; -imiz sintaktik shakl yasovchi qo’shimcha.

bo’l – asos; -gan lug’aviy shakl yasovchi qo’shimcha; -imiz, -ga sintaktik shakl yasovchi qo’shimcha.

shukur – asos; -lar lug’aviy shakl yasovchi qo’shimcha.

bo’l – asos; -sin sintaktik shakl yasovchi qo’shimcha.

Alisher Navoiy «Oltin qafas» deb karomat qilganlaridek, qafasda parvoz bo‘lmaydi!

qil – asos; -gan, -lar, -dek lug’aviy shakl yasovchi qo’shimcha; -i sintaktik shakl yasovchi qo’shimcha.

qafas – asos; -da sintaktik shakl yasovchi qo’shimcha.

bo’l – asos; -ma lug’aviy shakl yasovchi qo’shimcha; -di, -y sintaktik shakl yasovchi qo’shimcha.



Qafasdagi qushning sudraluvchi jonivordan ne farqi bor, axir!

qafas – asos; -dagi lug’aviy shakl yasovchi qo’shimcha.

qush – asos; -ning sintaktik shakl yasovchi qo’shimcha.

sudra – asos; -l, -uvchi lug’aviy shakl yasovchi qo’shimcha.

jonivor – asos; -dan sintaktik shakl yasovchi qo’shimcha.

farq – asos, -i sintaktik shakl yasovchi qo’shimcha.



Yurt bosqinlari bizning qanotimizni qayirdi.

bos – asos; -qin so’z yasovchi qo’shimcha; -lar lug’aviy shakl yasovchi qo’shimcha; -i sintaktik shakl yasovchi qo’shimcha.

biz – asos; -ning sintaktik shakl yasovchi qo’shimcha.

qanot – asos; -imiz, -ni sintaktik shakl yasovchi qo’shimcha.

qayir – asos; -di sintaktik shakl yasovchi qo’shimcha.

Vaholanki, xalqimizning jahonga parvoz qilarli qanoti bor emasmi?

xalq – asos; -imiz, -ning sintaktik shakl yasovchi qo’shimcha.

jahon – asos; -ga sintaktik shakl yasovchi qo’shimcha.

qil – asos; -arli lug’aviy shakl yasovchi qo’shimcha.

qanot – asos; -i sintaktik shakl yasovchi qo’shimcha.

Endi qayrilish bilmasin bu qanot? Iloho, omin! (Shukrullo. «Tirik ruhlar»)

qayir – asos; -il, -ish lug’aviy shakl yasovchi qo’shimcha.

bil – asos; -ma lug’aviy shakl yasovchi qo’shimcha; -sin sintaktik shakl yasovchi qo’shimcha.
3-variant: Matnni o’qing. Qo’shimchalarning turlarini aniqlang va izohlang.

Donolar yig’ilishib, dunyoda nima aziz ekanligidan bahs – munozara qilibdilar.

Hayot aziz, — dedi bir donishmand, — Hayot bor ekanki, barcha mavjudot bor. Non aziz, — debdi ikkinchisi, — agar nondek mo’tabar noz – ne’mat bo’lmasa, hayot ham, tirik mavjudot ham bo’lmaydi.

Davrada turli – tuman aziz narsalar aytilaveribdi-yu, oxiri eng keksa dono hakim bahsga bunday deb xulosa yasabdi: “Hayot otliq shirin ne’mat ham, jonli va jonsiz jamiki mavjudot ham, nondek aziz oziqalar ham — hammasi dunyoning yagona aqlli xilqati — inson uchun yaratilgan. Xulosa shuki, dunyoda inson aziz, insondan buyuk va mo’tabar xilqat yo’q”.

Davradagi donolar keksa hakimning fikrini: “Haq gap, chin gap”, — deb tasdiq etibdilar.
Lug’aviy shakl yasovchi qo’shimcha – l.sh.y.q

Sintaktik shakl yasovchi qo’shimcha – s.sh.y.q

So’z yasovchi qo’shimcha – s.y.q

Donolar (-lar – l.sh.y.q); yig’ilishib (-il,-ish,-ib – l.sh.y.q); dunyoda (-da s.sh.y.q); ekanligidan (-ligi – l.sh.y.q, dan – s.sh.y.q); qilibdilar (-ib,-di – s.sh.y.q, -lar – l.sh.y.q); dedi (-di – s.sh.y.q); mavjudot (-ot – s.y.q); debdi (-b,-di – s.sh.y.q); ikkinchisi (-inchi – s.sh.y.q, -si – s.sh.y.q); nondek (-dek – l.sh.y.q); bo’lmasa (-ma – l.sh.y.q, -sa – s.sh.y.q), mavjudot (-ot – s.y.q); bo’lmaydi (-ma – l.sh.y.q, -y, -di – s.sh.y.q); davrada (-da – s.sh.y.q); turli (-li – s.y.q); narsalar (-lar – l.sh.y.q); aytilaveribdi-yu (-il,-a – l.sh.y.q, -ib, -di – s.sh.y.q); bahsga (-ga – s.sh.y.q); bunday (-day – l.sh.y.q); yasabdi (-b, -di – s.sh.y.q); otliq (-liq – s.y.q); jonli (-li – s.y.q); jonsiz (-siz – s.y.q); mavjudot (-ot – s.y.q); nondek (-dek – l.sh.y.q); oziqalar (-lar – l.sh.y.q); hammasi (-si – s.sh.y.q); dunyoning (-ning – s.sh.y.q); aqlli (-li – s.y.q); xilqati (-i – s.sh.y.q); yaratilgan (-il – l.sh.y.q, -gan – s.sh.y.q); dunyoda (-da – s.sh.y.q); insondan (-dan – s.sh.y.q); davradagi (-dagi – s.sh.y.q); donolar (-lar – l.sh.y.q); hakimning (-ning – s.sh.y.q); fikrini (-i, -ni – s.sh.y.q); etibdilar (-ib,-di – s.sh.y.q, -lar – l.sh.y.q).


4-variant: Gaplarni o’qing. So’z yasovchi hamda shakl yasovchi qo’shimchalarni aniqlab, ularning agglutinativ xususiyatlarini izohlang.

Kitob bilan abadiy do’st tutining. Orangizdan qil ham o’tmasin.

Xorijiy tillarni qunt bilan o’rganing.

Vatan tarixini biling. Uni har xil murtad talqinlardan, tuhmat va axlatlardan tinimsiz tozalang. Shavkatli tariximizni zamonaviy, mahobatli tarixiy ishlar bilan boyitishga harakat qiling.

Kamtarga kamol — manmanga zavol. Takabburlik qilmang. Xokisor bo’lishga harakat qiling. Kibrlanmang. Maqtasa, Sizni boshqalar maqtasin. Siz esa olqishlarni eshitmang.

G’azablanmang. G’azab sizni to’g’ri izdan chiqarib yuboradi. Har qanday holatda ham sokin bo’lishga intiling.

Dilozor bo’lmang. Dilozordan Xudo bezor. Odamlar bilan shunday gaplashingki, ular yana Sizga intilsinlar. Siz bilan suhbatlashishni havas qilsinlar.

Ota – ona, qavm – qarindosh, yor – birodarlarning ahvolidan doim xabar olib turing. Ota – onaning duosini olib qolishga oshiqing. Savob ishlar orasida eng zaruri shu.

(G‘aybulla al-Salom)

So’z yasovchi qo’shimchalar: abadiy (-iy xoslikni bildiradi), xorijiy (-iy xoslikni bildiradi), tinimsiz (-im – ot yasovchi qo’shimcha, -siz – sifat yasovchi qo’shimcha), shavkatli (-li – sifat y.q, belgiga egalikni bildiradi), zamonaviy (-viy – sifat y.q, xoslikni bildiradi), boyitishga (-i – fe’l y.q), kibrlanmang (-lan – fe’l y.q), g’azablanmang (-lan – fe’l y.q), gaplashingki (-lash – fe’l y.q), suhbatlashishni (-lash – fe’l y.q).

Sintaktik shakl yasovchi qo’shimchalar: tutining (-ing – buyruq mayli), o’tmasin (-sin – buyruq mayli), tillarni (-ni – tushum kelishigi), tarixini (-i – egalik qo’shimchasi, -ni – tushim kelishigi), talqinlardan (-dan – chiqish kelishigi), tariximizni (-imiz – egalik q, - ni – tushum kelishigi), boyitishga (-ga – jo’nalish kelishigi).
5 – variant: Matnni o’qing. Yasama so’zlarni aniqlang, ularning yasalish holatlarini izohlang.

Mening bolalik yillarim Farg’ona vodiysining Yaypan, Nursuq, Qudash, Buvayda, Tolliq, Olqor, Yulg’unzor, Oqqo’rg’on degan qishloqlarida o’tgan. O’ttizinchi yillarning o’rtalarida, bolaligimni o’ylaganimda chalakam – chatti tush ko’rganday bo’lar edim: dumli yulduz chiqqan edi; Babar (Bobur bo’lsa kerak) degan yigitni otqorovul miltiq bilan otganda o’lmagan edi, shunda otqorovul odamlarga yuzlanib: “Yopiray, bunaqa battol o’g’rini birinchi marta ko’ryapman, men unga o’q uzibman-u, kiprik qoqmadi-ya!” — degan edi.

Zehnimda shunga o’xshash qalqib yurgan xotiralardan tashqari, qalqimasdan toshdek cho’kib yotgan xotiralar hali hisobsiz ekanidan uzoq vaqt bexabar ekanman. Bundan meni Anton Pavlovich Chexov domla xabardor qildilar.

Bundan o’ttiz yil burun men u kishining 22 tomlik to’plamini qo’limdan qo’ymay o’qib chiqdim. Shunda alomat bir hodisa yuz berdi: shu bilan muhtaram ustod menga go’yo muborak ko’zoynaklarini berdilar-u: “Ma, buni taqib, o’z xalqingning o’tmishiga nazar sol!” — dedilar.

(Abdulla Qahhor)

Bolalik (-lik otdan ot yasagan); Oqqo’rg’on (kompazitsiya usulidan yasalgan, sifat+ot); bolaligimni (-lik otdan ot yasagan); o’ylaganimda (-la otdan fe’l yasagan); otqorovul (kompazitsiya usulidan yasalgan, ot+ot); toshdek (-dek otdan ravish yasagan); hisobsiz (-siz otdan sifat yasagan); bexabar (be- otdan sifat yasagan); xabardor (-dor otdan sifat yasagan); xabardor qildilar (qo’shma fe’l, fe’l+fe’l); ko’zoynaklarini (kompazitsiya usulidan yasalgan, ot+ot).


6 – variant: Gaplarni o’qing. So’zlarning qaysi so’z turkumiga kirishini aniqlang va izohlang.

Kamolotga intilmagan xalq, xalq emas. Xalqni aldab bo’lmaydi. Xalq hamma narsani biladi. Millatni sevmoqlik — baxt, kurashib yashamoq — saodat (Azim Suyun). Ma’rifatli xalqlarning haqiqiy jasorati Vatan yo’lida qurbon bo’lishga tayyor ekanliklarida aks etadi. Kimning ishi bo’lsa aqliga payvand, hayotda hech qachon u yemaydi pand. So’zni ko’nguldan chiqarmaguncha tilga keltirma va har nekim ko’ngulda bor — tilga urma (Navoiy). Bilim, ma’rifat, albatta, yaxshi axloq bilan bezatilmog’i lozim (Abu Nasr Forobiy). Bilim qaytarish va takrorlash mevasidir (Abu Rayhon Beruniy). Ilm qog’ozga chizish va yozish bilan emas, balki uqmoq va o’qimoq bilandir.

(Zamaxshariy)

O’z tilini unutgan xalqning

Bog’larida o’sgan gullarin

Chirmab uxlar zaharli ilon.

O’z tilini unutgan xalqning

Osmonida porlamas quyosh —

Nur o’rnida to’kiladi tosh.

O’z tilini unutgan xalqning

Uyqusida aslo orom yo’q —

Tegib turar kuragiga o’q.

O’z tilini unutgan xalqning

Mozorida ajdodlar qabri

Uzra qo’yar bolalar tikan.

(Xurshid Davron)


Kamolotga(ot) intilmagan(fe’l) xalq(ot) xalq(ot) emas(to’liqsiz fe’l). Xalqni(ot) aldab bo’lmaydi(fe’l). Xalq(ot) hamma narsani(olmosh) biladi(fe’l). Millatni(ot) sevmoqlik(ot) — baxt(ot), kurashib(fe’l) yashamoq(fe’l) — saodat(ot). Ma’rifatli(sifat) xalqlarning(ot) haqiqiy(sifat) jasorati(ot) Vatan(ot) yo‘lida(ot) qurbon bo’lishga(fe’l) tayyor(sifat) ekanliklarida(to’liqsiz fe’l) aks etadi(fe’l). Kimning(olmosh) ishi(ot) bo’lsa aqliga(ot) payvand(bo’lsa payvand – fe’l), hayotda(ot) hech qachon(olmosh) u(olmosh) yemaydi pand(fe’l). So’zni(ot) ko’nguldan(ot) chiqarmaguncha(fe’l) tilga keltirma(fe’l) va(bog’lovchi) har nekim(olmosh) ko’ngulda(ot) bor(modal so’z) — tilga urma(fe’l). Bilim(ot), ma’rifat(ot), albatta(modal so’z), yaxshi(sifat) axloq(ot) bilan(ko’makchi) bezatilmog’i(fe’l) lozim(modal so’z). Bilim(ot) qaytarish(fe’l) va(bog’lovchi) takrorlash(fe’l) mevasidir(ot). Ilm(ot) qog’ozga(ot) chizish(fe’l) va(bog’lovchi) yozish(fe’l) bilan(ko’makchi) emas(to’liqsiz fe’l), balki(bog’lovchi) uqmoq(fe’l) va(bog’lovchi) o’qimoq(fe’l) bilandir(ko’makchi).

O’z(olmosh) tilini(ot) unutgan(fe’l) xalqning(ot)

Bog’larida(ot) o’sgan(fe’l) gullarin(ot)

Chirmab(fe’l) uxlar(fe’l) zaharli(sifat) ilon(ot).

O’z(olmosh) tilini(ot) unutgan(fe’l) xalqning(ot)

Osmonida(ot) porlamas(fe’l) quyosh(ot) —

Nur(ot) o’rnida(ot) to’kiladi(fe’l) tosh(ot).

O’z(olmosh) tilini(ot) unutgan(fe’l) xalqning(ot)

Uyqusida(ot) aslo(yuklama) orom(ot) yo’q(modal so’z) —

Tegib turar(fe’l) kuragiga(ot) o’q(ot).

O’z tilini unutgan xalqning

Mozorida(ot) ajdodlar(ot) qabri(ot)



Uzra(ko’makchi) qo’yar(fe’l) bolalar(ot) tikan(ot).
Download 48.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling