Baxtiyor mengliyev


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/144
Sana01.11.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1738753
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   144
Bog'liq
3 b.mengliyev-hozirgi o‘zbek tili (darslik)

paradigmatik 
va 
sintagmatik 
munosabat asosida yashashi. Leksema til jamiyati a’zolari ongida 
boshqa leksema bilan o‘xshashlik qatori (paradigmalar) hosil 
qilgan holda mavjud bo‘ladi. Masalan, o‘g‘il leksemasi bir 
tomondan ota, ona leksemalari bilan, ikkinchi tomondan qiz 
leksemasi bilan paradigma hosil qilib yashaydi. Paradigmadagi bir 
a’zoning mohiyati unga paradigmadosh boshqa a’zoning 
mohiyatiga qiyosan olinadi, unga munosabatda bo‘ladi. Masalan, 
aka leksemasi uka, singil, opa leksemalari bilan paradigma hosil 
qilar ekan, bunda ularning umumiy belgisi bu leksemalarni bir 
paradigmaga solsa, farqli belgilari mustaqilliklarini ta’minlaydi. 
Lisoniy birliklar orasidagi bunday bir-biriga ishora qilib, eslatib 
turuvchi belgilar, munosabatlar assotsiativ munosabat ham 
deyiladi. 
aka 
leksemasining 
mohiyati 
uka 
leksemasining 
mohiyatiga qiyosan belgilanadi. Qiyos esa eslatish, eslash, yonma-
yon qo‘yish munosabatidir.
Leksemalar mohiyatida sintagmatik munosabat ham mujassam. 
Masalan, daftar leksemasi nutqda yirtmoq, yozmoq leksemalari 
bilan bir tomondan, morfologik shakl va so‘z yasovchi qo‘shimcha 
bilan ikkinchi tomondan birikuv hosil qiladi. Bu voqelanish 
leksemada imkoniyat sifatida mavjud. Aytilgan birlik bilan yuz 
bergan aloqa leksema mohiyatida imkoniyat sifatida yashirin. 
So‘zlovchi nutq jarayonida zarur bo‘lgan birlikni o‘xshash va 
farqli belgilari asosida paradigmadan tanlab, sintagmatik 
imkoniyati doirasida nutqda turli-tuman kombinatsiya hosil qiladi. 
Nutqda 
leksemaning 
mohiyati 
hech 
qachon 
to‘la-to‘kis 
voqelanmaganligi kabi sintagmatik imkoniyatning ham faqat zaruri 
voqelikka aylanadi. Zero, dialektika uqtirganidek, mohiyat bir 
hodisada 
bus-butun 
yuzaga 
chiqmaydi, 
imkoniyat 
to‘la 
voqelanmaydi. Nutqiy voqelanish uning bir zarrasi, xolos.
Leksema so‘zdan boyroq va kengroq. Biroq so‘z nutqda turli 
«begona» – bevosita leksemaga aloqador bo‘lgan lisoniy va 
9

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling