Sintaksisda
Sintaksisda ham bunday qiziq ma’nolarni ko‘rish mumkin.
Masalan,
Salim uyga bordi gapida
bordi bir martalik harakatni
ifodalagan. Lekin uni ikki marta qo‘llasak-chi:
Salim uyga bordi,
bordi. Bordi so‘zi ikki marta qo‘llanganda, ikki marta takrorlangan
harakatni emas, ko‘p, tinimsiz harakatni ifodalaydi.
Lug‘atlarda
SICHQON Yer yuzida keng tarqalgan, xavfli kasalliklar
tarqatadigan
kichik kemiruvchi, sut emizuvchi hayvon. Rangi
haqida so‘z yo‘q, odatda, kulrang emasmi?
Qani mushuk bilan
aloqasi? Qorong‘ilikda “tiqir-tiqir” harakat qilishi-chi? Qolaversa,
sichqon so‘zining kompyuterning elementiga nisbatan qo‘llanishi-
chi?
Ko‘p ma’noli so‘z qancha ma’nogo ega bo‘lmasin, u bir so‘z
deymiz-u, lug‘atlarda uni bir ma’nosi bilan
ot turkumiga, boshqa
ma’nosi bilan sifat deymiz:
KASAL 1
ot Organizm me’yoriy holatini, faoliyatini buzuvchi
narsa; kasallik, dard. 2
sft. Organizmining me’yoriy holati, faoliyati
buzilgan, kasallikka yo‘liqqan; betob.
Do'stlaringiz bilan baham: