Baxtiyor mengliyev


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/144
Sana01.11.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1738753
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   144
Bog'liq
3 b.mengliyev-hozirgi o‘zbek tili (darslik)

Leksik aljabr
[ko‘lam] – [katta] = [...] – [gulobi]
[yuz] – [bashara] = [...] – [josus] 
[afzal] – [abzal] = [...] – [tom]
[bosh] – oyoq = [...] – [tub] 
Nuqtalar o‘rniga tegishli so‘zlarni qo‘ying. 
Tilning lug‘aviy tarkibi bir xil emas. So‘zlar turli asosga ko‘ra 
ko‘plab turlarga ajratiladi. Masalan, qo‘llanish darajasiga ko‘ra 
umumiy iste’mol va chegaralangan (yoki xususiy) leksika, 
qo‘llanish davriga ko‘ra eskirgan so‘z, zamonaviy so‘z va 
neologizm, qo‘llanish doirasiga ko‘ra dialektizm, professionalizm
jargon kabi turlarga bo‘linadi. 
Leksikologiya til lug‘at tarkibining boyishini o‘rganganda 
uning 3 tipini ajratadi. Bulardan 2 tasi (yangi so‘z yasash, so‘zni 
yangi ma’noda qo‘llash) ichki boyish imkoniyati bo‘lsa, bittasi 
tashqi (so‘z o‘zlashtirish) imkoniyatdir. 
Lug‘aviy birlikning borliqqa munosabatini o‘rganish – 
leksikologiyaning muhim aspektidan biri. Bunda ularning kishi 
hayotiga, amal qilayotgan davrga munosabati ochiladi. Masalan, 
yaqin o‘tmishda savdogar so‘zida salbiy ottenka bo‘lgan bo‘lsa, 
bugungi kunda ijobiy bo‘yoqli so‘z sifatida keng iste’molda.
Amaliy leksikologiya leksikografiya (lug‘atchilik), tarjima, 
lingvopoetika va nutq madaniyatini o‘z ichiga oladi. Ularning har 
biri leksikologik nazariyani boyitadi. Masalan, tarjima qiyosiy 
leksikologiya uchun qimmatli materiallar beradi. 
Nazariy leksikologiya leksikada lisoniy va nutqiy jihatlarni 
farqlab, ularning sistemasiy munosabatlarini tadqiq qiladi. 
Leksikologiya o‘z o‘rganish predmeti tadqiqida umumlingvistik 
tadqiq usul – distributiv (so‘zning chegarasini belgilash
morfologik strukturasini aniqlash), substitutsiya (so‘zlar ma’noviy 
xususiyatlarini tahlil etish), komponent tahlil (leksema va so‘zlar 
ma’noviy tarkibini aniqlash), transformatsion va statistik 
metodlaridan foydalanadi. 

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling