Baxtiyor mengliyev


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/144
Sana01.11.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1738753
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   144
Bog'liq
3 b.mengliyev-hozirgi o‘zbek tili (darslik)

Mantiqiy mushohada uchun 
1.Nega yozma nutqda beixtiyor dorixona, sinov daftarchasi
shifoxona (kasalxona)bekat so‘zlarini yozamiz-u, og‘zaki nutqda 
apteka, zachyotka, bolnitsa, ostanovka so‘zlarini aytamiz? 
Sabablari nimada?
2.Jarohat va yara so‘zlari o‘zaro sinonimmi yoki uyadoshmi? 
Lug‘atlardan foydalanib javob berish ham mumkin. 
Til leksikasida yangi so‘zlarning hosil bo‘lishi turli yo‘llar 
bilan sodir bo‘ladi: 
1) yangi so‘z yasalishi: 
2) so‘zning yangi ma’no kasb etishi
3) bir turkumdan boshqasiga o‘tish.  
Mazmun plani nuqtayi nazaridan til leksikasi farqlanadi: 
108


1) 
mustaqil so‘zlar (atash vazifasini bajaradi) va nomustaqil 
so‘zlar (bunday vazifaga ega emas); 
2) 
mavhum so‘zlar (umumlashma ma’nolarni ifodalaydi) va 
aniq so‘zlar (muayyan tushunchalarni ifodalaydi). Mustaqil va 
nomustaqil so‘zlar tizimida ham uzluksizlik mavjud. Unga ko‘ra, 
mustaqil so‘zlar nomustaqil so‘zlarga aylanadi yoki ularning 
vazifasini muvaqqat bajaradi; 
1) 
sinonimlar (bir tushunchani turli tomondan ifodalaydi); 
2) 
antonimlar (zid tushunchalarni ifodalaydi); 
3) 
giponimlar (tur-jins tushunchalarini ifodalaydi); 
Ifoda plani nuqtayi nazaridan omonimlar, omograflar, 
omofonlar, paronimlar farqlanadi.
Til leksikasida uslubiy xoslanish alohida ahamiyatga ega.
Til 
leksikasida 
frazeologizmlar 
alohida 
o‘rin tutadi. 
Frazeologizmlar leksikalizatsiya hodisasining yorqin namunasi. 
So‘z birikmalari ma’nolari ixtisoslashib, bir so‘z ma’nosiga teng 
ma’no ifodalashga o‘tadi. Iboralar shaklan so‘z birikmasiga 
o‘xshaydi, lekin til leksikasiga mansub bo‘ladi.
Leksikani qayd etuvchi soha leksikografiya bo‘lib, uning 
nazariy va amaliy, an’anaviy va zamonaviy ko‘rinishlari mavjud.

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling