Baxtiyor mengliyev


Glossariy  undosh fonema


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/144
Sana01.11.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1738753
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   144
Bog'liq
3 b.mengliyev-hozirgi o‘zbek tili (darslik)

Glossariy 
undosh fonema – tarkibida shovqin ishtirok etadigan fonema 
lab undoshi – artikulyatsiya o‘rni lab bo‘lgan undosh 
til undoshi − artikulyatsiya o‘rni til bo‘lgan undosh 
bo‘g‘iz undoshi − artikulyatsiya o‘rni bo‘g‘iz bo‘lgan undosh 
jarangli undosh – tarkibi ovoz va shoqindan iborat undosh 
jarangsiz undosh − tarkibi shoqindan iborat undosh 
portlovchi undosh – kuchli to‘siqqa uchraydigan undosh
sirg‘aluvchi undosh – kuchsiz to‘siqqa uchraydigan undosh 
portlovchi-sirg‘aluvchi undosh – bir tomondan kuchli, 
ikkinchi tomondan kuchsiz to‘siqqa uchraydigan undosh 
korrelyativ belgi − ziddiyatda turgan fonemaning birida bor
ammo ikkinchisida mavjud bo‘lmagan belgi
korrelyativ bo‘lmagan belgi − ziddiyatda turgan fonemaning 
har birida mavjud belgi 
105


UCHINCHI FASL 
LEКSIК–SEMANTIK SATH 
 
11-§. Leksika, leksik-semantik sath va leksikologiya
 
Tayanch tushunchalar 
til, lison, nutq, sath, lisoniy sath, nutqiy sath, til, tilshunoslik, 
tilshunoslik bo‘limlari
O‘zlashtiriladigan tushunchalar 
leksik-semantik sath, leksikologiya, morfema, leksema
 
Leksika. Leksika termini grekcha lexikos (“so‘zga oid”) 
leksemasi hosilasidir. Leksika deganda, tilning barcha so‘zlari, 
lug‘at tarkibi nazarda tutiladi. Leksika termini tilning alohida 
so‘zlar qatlamiga ham (maishiy leksika, poetik leksika, ish yuritish 
leksikasi kabi), bir ijodkor tomonidan qo‘llangan barcha so‘zlarga 
nisbatan ham (Navoiy leksikasi, Tog‘ay Murod leksikasi) yoki 
biror asar haqida ham (“So‘z haqida so‘z”) qo‘llanilishi mumkin. 
Til leksikasi tilshunoslikning leksikologiya, semasiologiya va 
onomasiologiya sohalari o‘rganish manbayi hisobalanadi. Leksika 
bevosita 
yoki 
bilvosita 
borliqni 
ifodalaydi, 
jamiyatdagi 
o‘zgarishlarni, xalqning moddiy hayoti va ma’naviy olamini aks 
ettiradi, yangi predmet, hodisa, jarayon va tushunchalarni ifodalash 
uchun yangi so‘zlar bilan muttasil to‘lib boradi. O‘zida eskirish va 
yangilanishni to‘la aks ettiradi. Iste’mol darajasi susaygan birliklar 
esa leksikadan butunlay chiqib ketmaydi. Moddiy ishlab 
chiqarishning har xil sohalari muntazam rivojlanib, yangi 
yo‘nalishlar bilan boyib borishi, fan va texnikaning tinimsiz rivoji 
yangidan yangi maxsus so‘zlar – termin va terminologik 
qatlamlarni vujudga keltiradi va rivojlantiradi. Bunda e’tiborlisi 
shundaki, umumiste’mol so‘zlarning ayrimlari terminologik tabiat 
kasb etsa, ayrim terminlar o‘z ifodalanmishining kundalik 
turmushda qo‘llanish darajasiga bog‘liq ravishda umumiste’mol 
xususiyat kasb etib boradi. Jamiyatda umumiy ta’limning rivoji 
ham tilning o‘rta saviyali sohiblarida til terminоlogik tizimining 
xalqchillashuviga olib keladi. 
106


Til 
leksikasida 
jamiyatning 
ijtimoiy 
qatlamlanishi 
(professional, yosh, jins va h.) o‘z aksini topadi. Shunga ko‘ra, til 
leksikasi har xil sotsial dialektlarga xoslanishi jihatdan 
tarmoqlanadi: jargon, argo, sleng. Til leksikasining sotsial 
xoslanishi sotsial dialektologiya, sotsiolingvistika, psixolingvistika 
kabilar tomonidan o‘rganiladi. Leksikada til egalarining turli 
hududiy dialektlarga mansubligi, xususan, hududiy sifatlar o‘z 
ifodasini topadi. Tilning hududiy variativligi dialektologiya 
tomonidan o‘rganiladi. Dialektal so‘zlar umumadabiy leksikani 
to‘ldiruvchi eng muhim ikki vositadan biri sanaladi. 
Adabiy nutqda qo‘llanilib, hali unga to‘liq singmagan, mahalliy 
kolorit, hududiy bo‘yoq yaqqol sezilib turgan sheva so‘zlari 
“dialektizmlar” deyiladi. Tog‘ay Murod, Shukur Xolmirzayev, 
Nazar Eshonqul asarlarida dialektizmlarning yorqin namunalarini 
ko‘ramiz.

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling