Baxtiyor mengliyev


Mustaqil o‘zlashtirish uchun


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/144
Sana01.11.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1738753
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   144
Bog'liq
3 b.mengliyev-hozirgi o‘zbek tili (darslik)

Mustaqil o‘zlashtirish uchun 
Ilk qadam 
1954-yilda Jorjtaun universiteti (AQSH) olimlari qiziq bir 
tajriba o‘tkazishdi. Ular EHM (elektron hisoblash mashinasi)ga 
matnni bir tildan boshqa tilga tarjima qilish topshirig‘ini 
“o‘rgatishdi”. To‘g‘risi, o‘shanda mashina matndagi bittagina 
so‘zni tarjima qila oldi. Lekin mashinaning inson tilini “egallashi” 
sari ilk qadam qo‘yilgan edi. bugungi kunda kompyuter tarjimasini 
“mashinasi tarjimasi” deyilishi bu ishni amalga oshiruvchi texnika 
dastlab mashina (EHM) bo‘lganligi bilan bog‘liq. 
Leksikaning ochiqligi va dinamikligi unga tarixiylik nuqtai 
nazaridan munosabatda bo‘linganda, yaqqol ko‘zga tashlanadi. 
Masalan, ayrim so‘zlar passivlashib qolgan bo‘lsa, ayrimlari til 
“muzeyi” eksponatlari javonlaridan o‘rin olgan. Agar til muzeyi 
tashkil qilinadigan bo‘lsa, undan bugungi kunda unutilib 
borayotgan ardam, emgak, o‘klalmoq kabi so‘zlar anglatgan 
ma’nolari va qo‘llanish o‘rinlari hamda darajasi bilan o‘z aksini 
topgan bo‘lur edi. Bugungi kunda tilimiz leksikasining ko‘plab 
so‘z va iboralari o‘zining ana shunday virtual yoki moddiy 
saqlanish usullariga ehtiyoj sezmoqda.
107


Leksik birliklar to‘satdan “g‘oyib bo‘lmaydi”, u avval sezilarli 
ravishda passivlashadi, keyinchalik arxaizm va istorizmlarga 
aylanib boradi. Leksikaga yangi kirib kelayotgan so‘zlarning tilga 
singishi ham sekinlik bilan kechadi. Chetdan so‘z qabul qilish
jarayoni o‘ziga xos qonuniyatlarga ega bo‘lib, kirib kelayotgan 
so‘zlar tilning ichki talablariga javob berishi kerak. Ulardan 
ayrimlarini keltiramiz: 
1) farqlanish. Til, avvalo, yozma va og‘zaki nutqqa ayricha 
talablarni qo‘yadi. Masalan, dorixona so‘zi yozma nutqqa
o‘zlashma apteka esa og‘zaki nutq uchun xos. Lekin ikkalasi ham 
me’yoriy hisoblanadi. 
2) qulaylik. O‘zbek tilida oblast va viloyat, plan va reja
programma va dastur so‘zlaridan ikkinchilari, qaysi tilga 
mansubligidan qat’i nazar, talaffuz va imlo jihatidan qulay. 
Shuning uchun til qulay variantni tanlaydi
3) zamonaviylik. Imlo qoidalarida, tilning muosir izohli va 
imlo lug‘atlarida u yaratilayotgan davr ruhi aks etishi katta 
ahamiyatga ega. Masalan, bek so‘zini polkovnik, beklarbegi 
birikmasini polkovnik, qozi so‘zini sudya so‘zlari olishi yangi 
zamon talabidir. 

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling