Baxtiyor mengliyev


Leksikologiya va uning turlari


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/144
Sana01.11.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1738753
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   144
Bog'liq
3 b.mengliyev-hozirgi o‘zbek tili (darslik)

Leksikologiya va uning turlari. Leksikologiya (ot. grek. 
lexikos – so‘zga oid va logos – ta’limot) tilning lug‘at tarkibini, 
leksikasini o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limi. Leksema va so‘z 
serqirra bo‘lganligi bois leksikologiyaning ham turlari juda ko‘p. 
 
111


Mustaqil o‘zlashtirish uchun 
Leksema o‘rganish obyekti va uning qirrasi o‘rganish 
predmeti sifatida 
O‘rganish predmeti 
Tilshunoslikning qaysi 
bo‘limi, yo‘nalishlarida 
o‘rganiladi 
Leksemaning kelib chiqishi va 
rivojlanishi 
Diaxronik leksika 
Leksemaning 
tilning 
muayyan 
davrdagi xususiyati 
Sinxronik leksika 
Leksemaning boshqa leksemalar 
bilan paradigmatik munosabatlari 
Struktural leksika 
Leksemaning 
tabiatdagi 
ifodalovchilari bilan aloqalari 
Naturalistik leksika 
Ma’lum 
bir 
tildagi 
leksemani 
qarindosh bo‘lmagan boshqa tildagi 
leksema bilan qiyoslash 
Tipologik leksika 
Bir tildagi leksemani shu til bilan 
qarindosh 
bo‘lgan 
boshqa 
til 
materiallari bilan qiyoslash 
Qiyosiy leksika 
Leksemaning 
inson 
ruhiyatiga 
ta’siri, uni qabul qilish va hosil 
qilish xususiyatlari 
Psixolingvistik leksika 
Leksemaning jamiyatga ta’siri, nutq 
jarayonidagi 
o‘ziga 
xosliklari, 
ularning ijtimoiy ahamiyati 
Sotsiolingvistik leksika 
Leksemaning bir til hududida 
tarqalish xususiyatlari 
Areal leksika 
Leksemaning leksikografik talqini 
Leksikografiya 
Leksemaning xususiyatlari juda ko‘p bo‘lib, uni o‘rganuvchi 
leksikologiya turlarini ko‘plab keltirish mumkin.
Struktur yondashuvda so‘z leksikologik nazariyasining asosiy 
vazifasi, uning alohidaligi va o‘ziga xosligi mezonini tiklashdir. 
Birinchi holatda so‘z so‘z birikmasi bilan qiyoslanib, uning tugal 
shakllanganlik va alohidalik belgilari ochiladi. So‘zning nutqdagi 
112


analitik shaklining lisoniy asosi yoritiladi. Ikkinchi holatda 
so‘zning turli grammatik shaklidan hosil qilingan lisoniy 
invariantini tiklash xususida so‘z boradi. Shu munosabat bilan 
grammatik shakl olgan leksema – so‘zshakl tushunchasi 
muayyanlashtiriladi. Shuningdek, leksemaning turli nutqiy – 
fonetik, morfologik, leksik-semantik variantlari o‘rganiladi. 
Lug‘aviy birlikning semantik tahlilida, ular (lug‘aviy birliklar) 
leksik semantika – semasiologiya tadqiq manbayiga aylanadi. 
Bunda so‘zning tushuncha (signifikat) va borliqdagi atalmish 
(denotat)ga munosabati o‘rganiladi. Semasiologiyada so‘zning 
semantik xususiyati – bir ma’nolilik va ko‘p ma’nolilik, umumiy 
va xususiy, mavhum va muayyan, bosh va hosila, to‘g‘ri va 
ko‘chma ma’nolari tekshiriladi. Bunda asosiy e’tibor so‘zning 
semantik strukturasiga, so‘z ma’nolari tipi va ularni ajratish 
mezoniga, so‘z ma’nolarining o‘zgarishi va taraqqiyoti, so‘zning 
ma’nosini yo‘qotishi va grammatik formantga aylanishi – 
desemantizatsiya hodisasiga qaratiladi. 
Funksional 
yondashuvda 
so‘zning 
nutqda 
voqelanish 
jarayonidagi roli, shuningdek, boshqa lisoniy sath birliklari 
voqelanishiga, ular umumiy ma’nolarining parchalanishiga 
qo‘shgan «hissasi» tekshiriladi. Masalan, odamcha so‘zida odam 
leksemasi -cha morfemasining «kichraytirish-kamsitish» ma’nosini 
qizcha so‘zidagi «kichraytirish-erkalash» ma’nosidan farqlagan, 
morfologik sath birligi bo‘lgan -cha morfemasining «kichraytirish» 
umumiy ma’nosini parchalab, uning birini ikkinchisidan ajratgan. 
Leksikologiya leksikaga til sistemasidagi ichki sistema sifatida 
qaraydi. Shuningdek, o‘zaro ma’noviy umumiylikka ega bo‘lgan 
lug‘aviy birlik yanada kichik, ichki sistemacha sifatida qaraladi. 
Shu asosda katta va kichik, ichki sistemalarning pog‘onali, bir-
birini tashkil etuvchilik munosabati ochiladi. Masalan, olma, o‘rik, 
nok kabi ho‘l meva nomi bir sistemani tashkil etadi. Sabzavot nomi 
boshqa bir sistemani tashkil qiladi. Ular yuqoriroqda yana 
birlashadi – kichik sistemachalardan tashkil topgan «meva-
sabzavot nomi» sistemasini tashkil qiladi va umumlashtirish 
yuqoriga qarab davom etaveradi. 
113



Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling