Reja: Til belgilar sistemasi sifatida va semiotika


Download 37.04 Kb.
bet1/3
Sana31.01.2024
Hajmi37.04 Kb.
#1818335
  1   2   3
Bog'liq
8-mavzu. Til belgilar sistemasi sifatida. Til sathlari va ularni-fayllar.org


Til sathlari va ularning birliklari.
Reja:

1. Til - belgilar sistemasi sifatida va semiotika.

2. Sistema va struktura tushunchasi

3. Sath tushunchasi va iyerarxik munosabat.

5.Til sathi birliklari o‘rtasidagi paradigmatik, sintagmatik va izomorflik munosabatlari.
Tayanch so’zlar:strukturalizm, sistema, struktura, iyerarxiya, semiotika, lingvosemiotika, paralingvistika, ifoda va mazmun, til sathlari, paradigmatika, sintagmatika, izomorfizm, invariant, variant, allofon, allomorf, alloleks, til birliklari va nutq birliklari.

1.Til - belgilar sistemasi sifatida

Til kishilar o`rtasidagi eng muhim aloqa vositasidir. U obyektiv borliqdagi ma`lum voqea-hodisa haqida axborot beruvchi asosiy vositadir. Bundan axborot berishning boshqa yo`llari ham borligi ma`lum bo`ladi. Masalan, yo`l harakatidan ma’lumot beruvchi vositalar va boshqalar. Bu jihatdan til ham axborot berish uchun xizmat qiladigan yuqoridagi vositalar sirasiga kiradi. Ularning hammasi uchun umumiy narsa, avvalo, o`zi haqida va shu bilan birga, borliqdagi boshqa ma`lum narsa-hodisalar haqida ma`lumot berishdir. Bunday vositalar belgilar deb nomlanadi.

Inson o`zini qurshab turgan olamni bilish jarayonida olam unsurlarini obrazlar orqali ongida aks ettiradi va bu ongda aks etgan olam unsurlari belgi orqali ifodalanadi. Axborotning har qanday moddiy ifodalovchilari belgi hisoblanadi.

Tilning belgilar sistemasi ekanligi uning asosiy xususiyati va universal tomonidir.

Olamdagi narsa va hodisalarning har biri o‘zaro chambarchas bog‘liq ichki guruhlarning bir butunligidan iborat bo‘lib, bunda har qaysi butunlik boshqa butunlik bilan uzviy munosabatda bo‘ladi. Buni hayvonot olami va o‘simliklar dunyosining o‘zaro va ayni paytda insoniyat bilan uzviy aloqalari, ularning bir-birisiz yashay olmasligidan ham ko‘rish mumkin.

Belgi haqidagi falsafiy nazariya o`zining uzoq tarixiga ega. Qadimgi elatlar narsaning mohiyati va ularning nomlanishi yuzasidan ilmiy bahslaridayoq yashirin holda belgi tushunchasiga asoslangan edilar.

Faylasuflar ta’sirida XIX asrdan boshlab tilning umumiy nazariyasiga bag`ishlangan deyarli barcha lingvistik asarlarda so`z ikki tomonlama xarakterga ega bo`lgan belgi sifatida talqin qilina boshladi. V.Gumboldt, A.Shleyxer, G.Shteyntal, L.Breal, A.Meye, F.Fortunatov, I.A.Boduen de Kurtene, N.Krushevskiy asarlarida so`zga belgi nuqtayi nazaridan yondashiladi. Lekin F.de Sossyur tilning belgilik tabiatini aniq-ravshan yoritib berdi. Hatto belgi nazariyasi bilan shug`ullanuvchi alohida fan


Download 37.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling